International Conference on Developments in Education




Download 249.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.12.2022
Hajmi249.26 Kb.
#33170
1   2   3   4   5
Bog'liq
Daryolar, akang kuchaydi, 1649221771, Windows operatsion tizimining oddiy va serverli sistemalarini kompyuterga o\'rnatish, A-4, Гущина-О.-А.-Сравнения-в-кольце-целых-чисел, Xosmas integrallar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Aminjonov Muzaffar, 6-маър (1), sasa, 5-6-7-8-9-10-11-sinf-tarix-testlar-22, 1303334
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org April 
30
th
 2022 
75 
ko‘rinishi zarur. Agar narvon alohida bo‘laklardan yig‘ilgan bo‘lsa, belgi har bir bo‘lagiga 
bosiladi. 
Izolyasiyalovchi arqonlarda yoki ularga bog‘langan sinov muddati to‘g‘risidagi belgilarda
aniq ko‘rinadigan «Faqat kuchlanish ostida ishlatish uchun» yozuvi bo‘lishi lozim. 
Izolyasiyalovchi qisqichlar. Izolyasiyalovchi qisqichlar saqlagichlar bilan ishlash uchun, 
izolyasiyalovchi qoplamalar va to‘siqlarni o‘rnatish, hamda olish va shunga o‘xshash ishlarni 
bajarishda qo‘llaniladi. Izolyasiyalovchi qisqichlar o‘rniga, zaruriy hollarda universal kallakli 
izolyasiyalovchi shtangalarni qo‘llash lozim. 
Qisqichlar ishchi (qisqich tishlari), izolyasiyalovchi qism va dastakdan tashkil topgan. 
Izolyasiyalovchi qisqichning o‘lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. 
1-jadval
Izolyasiyalovchi qisqichlarning minimal o‘lchamlari 
Elektr uskunalarining nominal kuchlanishi, 
(kV) 
Uzunligi, (mm) 
Izolyatsiyalovchi qism 
dastagi 
1 kV gacha 
Cheklanmaydi, qo’llashga qulay holda 
belgilanadi 
6 kV dan 10 kV gacha 
450 
150 
10 kV dan yuqori, to 35 KV gacha 
750 
200 
Elektr o‘lchovchi qisqichlar. Elektr o‘lchovchi qisqichlarga qo‘yilgan umumiy texnik talablar, 
«Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» da keltirilgan. 
Elektr o‘lchovchi qisqichlar, elektr uzatish tarmoqlarida ularning yaxlitligini buzmasdan 
tarmoqdagi tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchash uchun ishlatiladi. 
10 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan elektr o‘lchovchi qisqichlar 
ishchi, izolyasiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil topgan. Qisqichning ishchi qismi ochilib 
yopiladigan magnit o‘tkazgichdan, chulg‘amdan va olib qo‘yiladigan yoki ichiga o‘rnatilgan 
o‘lchov asbobidan tashkil topgan. 
Izolyasiyalovchi qismi va dastagi esa, elektr izolyasiyalovchi materialdan tayyorlangan, hamda 
minimal uzunligi 380 mm, dastaginiki 130 mm bo‘lishi lozim. 
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarining zanjirlarida o‘lchovchi qisqichlar bilan 
foydalanilganda, chiqariladigan asboblarni ishlatish, shuningdek, o‘lchov chegarasini tok 
o‘tkazuvchi qismlardan qisqichlarni olmay turib almashlab ulash man qilinadi. O‘lchash ishlari 
olib borilayotganda, qisqichni osilib turgan holda ushlash lozim. 
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘llaniladigan qisqichlar, ishchi 
qismdan (ajratgichli magnit o‘tkazgich, chulg‘am va o‘lchov asbobidan), hamda bir vaqtning 
o‘zida izolyasiyalovchi qismli tayanch va dastak vazifalarini bajaruvchi korpusdan iborat. 
Kuchlanish ko‘rsatgichlari. Kuchlanish ko‘rsatgichini ishlatishdan oldin uning ishga 
yaroqliligi, maxsus asboblar bilan yoki yaqin yerda joylashgan va oldindan kuchlanish ostidagi 
tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirish bilan tekshiriladi (1-rasm). 
Kuchlanish ko‘rsatgichini ishlatish jarayonida, uni tok o‘tkazuvchi qismlar lampasida 
nurlanish paydo bo‘ladigan masofaga qadar yaqinlashtirish kerak. Yaqinlashtirilgan vaqtda, 
lampada nurlanish paydo bo‘lmagan hollardagina, asbobni tok o‘tkazuvchi qismga bevosita 
tekkizish mumkin. 
Kunduzgi yorug‘lik vaqtida, ochiq taqsimlovchi uskunalarda, havo elektr uzatish tarmoqlarida 
va hokazolarda ishlash jarayonida lampa nurlanishini yaxshi kuzatish uchun ular oftobdan 
to‘suvchi moslamalar bilan taʼminlanishi lozim. 



Download 249.26 Kb.
1   2   3   4   5




Download 249.26 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education

Download 249.26 Kb.
Pdf ko'rish