• Zaryadlovchi manba
  • Glossariy
  • Yuqori kuchlanishli manba




    Download 0.97 Mb.
    Sana24.10.2023
    Hajmi0.97 Mb.
    #90408
    Bog'liq
    Taqdimot 111111
    Operatsion Tizimlar” fanidan laboratoriya ishi 1 Mavzu Buyuruql, 2-presentation Hardware and trends of their development, 2-topshiriq (1), Tolanov-SH.E

    Yuqori kuchlanishli manba. Zaryadlovchi manba.

    Yuqori kuchlanishli manba

    • Elektr energiyasini uzatilishi yoki taqsimlanishi maqsadida bir-biriga ulangan asbob-uskunalar va qurilmalar hisoblanadi. Umumiy maqsadlarga moʻljallangan Elektr tarmogʻi elektr stansiyalar bilan isteʼmolchilarni havo liniyalari va kabelli elektr uzatish liniyalari orqali bogʻlaydi, hududiy jihatdan tarqoq isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan markazlashgan usulda taʼminlaydi. Elektr uzatish liniyalari bilan bogʻlanmaydigan Elektr tarmoqlari ham boʻladi. Qanday maqsadlarga moʻljallanganligiga qarab, ular taʼminlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga, yaʼni elektr energiyasini kichik elektr stansiyalardan shahar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar isteʼmolchilarga uzatuvchi va taqsimlovchi tarmoqlarga; kuchlanishi boʻyicha ikki guruhga, yaʼni kuchlanishi 1 kV gacha va undan yuqori boʻlgan tarmoqlarga boʻlinishi mumkin.
    • Bundan tashqari, tok turiga qarab, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok Elektr tarmogʻiga, foydalanilishiga koʻra, havo liniyali va kabelli; tuzilishi boʻyicha halqali va radial; ishlash rejimi boʻyicha ochiq va berk turlarga boʻlinadi. Elektr tarmogʻi tarkibiga YEOr tokni oʻzgartiruvchi, elektr energiyasini taqsimlovchi va tarmoq ish rejimini boshqaruvchi elektr stansiyalari kiradi. Oʻzgaruvchan tok Elektr tarmoqlari keng tarqalgan. Oʻzbekistonda bunday Elektr tarmoqlari uchun 12,24,36, 48,60, 127, 220, 380, 660 V li; 3, 6, 10, 20, 35, 110, 150, 220, 330, 500, 750, 800, 1000 kV li nominal kuchlanishlar qabul qilingan. Oʻzgarmas tok Elektr tarmoqlari, asosan, shaharlar, qisman temir yoʻl elektr transporti va baʼzi elektrkimyoviy korxonalarni elektr bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanishi 220 V gacha boʻlgan. Elektr tarmoqlar kichik quvvatli isteʼmolchilar (uy-roʻzgʻor yoritish asboblari, elektr apparatlar va boshqalar) ni, 380 V dan 10 kV gacha boʻlgan Elektr tarmoqlar yuqori quvvatli elektr dvigatellar ishlatiladigan isteʼmolchilarni energiya bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanish 6 kV dan yuqori boʻlgan Elektr tarmoqlardan elektr energiyani qabul qilib, keyin kuchlanishni pasaytirib tarqatishda foydalaniladi.

    Zaryadlovchi manba

    • Elektrotexnikada — akkumulyatorlar va kondensatorlar batareyasini zaryadlash uchun oʻzgarmas tok beruvchi agregat; zaryadlash generatori yoki toʻgʻrilagichli transformator, taqsimlash qurilmasidan iborat. Akkumulyator 3. q. Davriy zaryadlash, uzluksiz va uzlukli zaryadlash, qoʻshimcha hamda qayta zaryadlashda qoʻllaniladi. Akkumulyator batareyalari zaryadlash toki sigʻimi va kuchlari tengligi alomatlari boʻyicha alohida guruxlarga yigʻiladi. Davriy zaryadlashda batareyalar ikki guruhga boʻlinadi va 3. q. Ulardan bitta guruhini zaryadlaydi. Uzluksiz zaryadlashda ham nafuzka tarmogʻi taʼminlanadi, ham akkumulyatorlar batareyasi zaryadlanadi. Uzlukli zaryadlashda esa 3. q. Muayyan vaqtning bir qismida nagruzkani taʼminlab, akkumulyatorlar batareyasini zaryadlaydi, vaqtning boshqa qismida kichik nagruzkada zaxirada boʻladi; bunda nagruzka zanjirini akkumulyatorlar batareyasi taʼminlaydi
    • Kondensator 3. q. kondensatorlarni normal rejimda zaryadlaydi. Toʻgʻrilagich 3. q. bir fazali kam quvvatli boʻlib, akkumulyatorlar batareyasini zaryadlashda kuchlanish transformatorning ikkilamchi chulgʻamidan toʻgʻrilab olinadi; 2) portlatuv i shl ari da 3. q. zaryad boʻshligʻini portlatuv moddalari (PM) bilan toʻldiradigan mexanizm yoki mashina. Ikki guruhga: tarkibida nitroefirlar yoki geksagenlar boʻlmagan patronlashgan PM bilan zaryadlash va granula (donador)langan PM bilan zaryadlash xillariga boʻlinadi. Birinchi guruhi yaxshi takomillashmaganligi va qimmatligi tufayli ishlatilmaydi. Ikkinchi guruhi konlar, shaxtalar, quduqlarni zaryadlashda qoʻllaniladi.

    Glossariy

    • Kondensator (lotincha: condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. Kondensatorning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i Kondensatorda suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt Kondensatorda suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi.
    • Akkumulyator (lotincha: accumulator — toʻplovchi) — keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr A. Elektr toki taʼsirida kimyoviy ener-giyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr A. Musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida po-tensiallar farqi hosil boʻladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.

    Glossariy

    • Elektr energiyasi — lotincha „electricus“ soʻzidan (qadimgi yunoncha „ἤλεκτρον“) olingan boʻlib, zaryadlangan erkin elektron zarralarining oʻzaro taʼsiri va tartibli harakati natijasida yuzaga keladigan hodisalar majmui hisoblanadi.
    • Elektr tokini uzatish — elektr st-yasidan elektr energiyasini muayyan masofaga elektr uskunalari va qurilmalari yordamida yetkazib berish. Elektr tokini uzatish u. Qurilmalariga kuchlanishni kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar, tayanchlarga tortiladigan simli va yerga koʻmiladigan kabelli elektr uzatish liniyalari, avariyaga qarshi va himoyalash avtomatika apparatlari kiradi.
    • Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi.

    Download 0.97 Mb.




    Download 0.97 Mb.