• KIMYOVIY QUTBLANISH .
  • Elektrod qoplamalarining tayyorlanishi va ishlatilish joylari reja kirish




    Download 410.5 Kb.
    bet2/5
    Sana08.05.2023
    Hajmi410.5 Kb.
    #57536
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ELEKTROD QOPLAMALARINING JOYLARI
    Ishanxodjayeva O.A., turizm nazariya va amaliyot, БМИ буйича талабаларга маълумотлар, Operatsion tizim 2 amal

    Qutblanish

    • Qutblanish
    • Elektroliz jarayoniga turli xil omillar ta‘sir ko’rsatadi. Shulardan biri qutblanish jarayoni bo’lib, u uch xil bo’ladi, ya‘ni elektrod qutblanish, kimyoviy qutblanish va konsentratsiyaviy qutblanish.
    • Elektrod qutblanish. Elektrolitga tashqi manbadan elektr oqimi yuborilganda qatodga elektron kelishi sababli uning potentsiali manfiylashadi, anoddan elektronlar ketishi sababli uning musbat potentsiali oshadi, ya‘ni elektrodlar qutblashadi.
    • Elektrolitdan elektr oqimi o’tganda, elektrodning elektr holati – uning potentsiali, qo’sh elektr qavati zaryadining zichligi o’zgaradi. Bu xodisaga elektrodning qutblanishi deyiladi.
    • Ikkala elektroddagi potentsial siljishlar yig’indisi qutblanish EYUK ni beradi. Elektrkimyo sanoatida elektrodga juda katta elektr oqimi beriladi, natijada qutblanish EYUK ham katta bo’ladi.
    • Elektroliz vaqtida elektrolitli vanna galvanik elementga aylanadi va uning elektrodlari orasida tashqi elektr manbaiga qarshi yo’nalgan potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. Bu xodisaga elektrolitik qutblanish yoki qisqacha qutblanish deyiladi. Elektroliz vaqtida elektrolitli vannaning elektrodlari orasida hosil bo’lgan elektr yurituvchi kuchga qutblanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Shuning uchun elektroliz vaqtida zanjirdagi elektr oqimining kuchi:
    • bo’ladi. (14.1.)
    • bu yerda, Еq – qutblanish elektr yurituvchi kuchi.

    KIMYOVIY QUTBLANISH.

    • Sulfat kislota eritmasiga platinadan yasalgan ikki elektrod tushirilib tashqaridan elektr oqimi yuborilsa, katoddagi potentsial vodorodning muvozanat potentsiallaridan oshganidan so’ng katodda vodorod ajralib chiqa boshlaydi, anodda esa kislorod ajraladi.
    • Elektrodlarda ajralib chiqayotgan bu gazlar platina elektrodga adsorbilanib, gaz elektrodlar – kislorod hamda vodorod elektrodni hosil qiladi. Natijada sulfat kislota eritmasiga tushirilgan platina plastinkalarda kislorod hamda vodorod elektrodlardan iborat quyidagi galvanik element vujudga keladi:
    • Pt (H2)- |H2SO4|+O2(Pt)

    Download 410.5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 410.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrod qoplamalarining tayyorlanishi va ishlatilish joylari reja kirish

    Download 410.5 Kb.