Jismlarning elektr qutblanishi




Download 29.26 Kb.
bet7/10
Sana22.05.2023
Hajmi29.26 Kb.
#63289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Elektrodinamika asoslari-fayllar.org
cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii, Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
Jismlarning elektr qutblanishi. Kahrabo tayoqcha elektrlanganda
manfiy zaryad oladi. Unda qanday qilib u zaryadlanmagan zarrani o‘ziga 
tortadi?
Demak, zarra ham qandaydir usul bilan zaryadlanib qolgan bo‘lishi 
kerak. Zarra ham har qanday dielektrik kabi tayoqning elektr maydonida
qutblanadi. Zarraning tayoqchaga yaqin joyida bog‘langan musbat zaryadlar
uzoq joyida esa manfiy zaryadlar paydo bo‘ladi. Zarraning umumiy zaryadi esa
nolga teng bo‘lib qolaveradi. Zarraning musbat zaryadlari manfiy zaryadlariga 
nisbatan tayoqchaga yaqin bo‘lgani uchun ham zarraning manfiy zaryadlangan
tayoqchaga tortilishi kuzatiladi. 
Ikkita bir xil jismli zaryadlangan jismlarning bir-birlariga tortilishlari ham
shunday ro‘y beradi.

Agar ulardan birining zaryadi ikkinchisinikidan juda katta bo‘lsa, kichik zaryadli jism shunday kuchli


qutblanishi mumkinki induksiyalangan bog‘langan zaryad uning xususiy zaryadidan ham ancha katta 
bo‘ladi. Bu holda, tabiiyki, induksiyalangan zaryadning tortishishi kichik jism xususiy zaryadining itarish
kuchidan ham kattaroq bo‘ladi. Natijada ikkita bir xil ismli zaryadlangan jismlarning tortishishlari kuzatiladi. 
Zaryadlanmagan jismlarning elektr ta’sirlashuvi juda ham g‘aroyib tuyuladi. Atomlar moddada va
elektronlar atomlarda doimo harakatda. Shuning uchun istalgan neytral jismning turli nuqtalarida o‘z-o‘zidan 
zaryadlar induksiyalanishi mumkin. Bu holda ham jismning to‘la zaryadi o‘zgarmay qolaveradi. Jism ichida
zaryadlarning bunday o‘z-o‘zidan ajralishi tasodifiy ro‘y beradi va unga qutblanish fluktatsiyasi deyiladi. 
Agar bitta jism (atom) tasodifan qutblansa, bu jism zaryadining maydonida qo‘shni jism (atom) shu
lahzadayoq qutblanadi va natijada bu zaryadlanmagan jismlar orasida elektr tortishish kuchi vujudga 
keladi. Neytral atom va molekulalar orasidagi o‘zaro elektr ta’siri (Van-der-Vaals mexanizmi) ham shu kabi
ro‘y beradi. 



Download 29.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 29.26 Kb.