|
Elektrodlarda boradigan jarayonlar. Faradey qonunlari. Metallar korroziyasi
|
bet | 1/5 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 454,84 Kb. | | #122234 |
Bog'liq 12.Elektroliz qonunlari .Faradey tenglamalari
Mavzu: Elektroliz qonunlari .Faradey tenglamalari
Mavzu rejasi:
Elektrodlarda boradigan jarayonlar.
Faradey qonunlari.
Metallar korroziyasi
Elektrolit eritmasidan yoki suyuqlanmasidan doimiy elektr to’ki o’tganda elektrodlarda sodir bo’ladigan oksidlanish- qaytarilish jarayoniga – elektroliz deyiladi.
Elektroliz so’zi ma’nosi elektr to’ki yordamida parchalash degan manoni anigatadi.
Elektrolizni amalga oshiruvchi mahsus idish, elektrolizyor yoki elektrolitik vanna deb nomlangan idish elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi bilan to’ldiriladi.Unga to’k o’tkazadigan plastinka (elektrodlar) tushuriladi.
Musbat qutbga ulangan elektrodga – anod deyiladi.
Manfiy qutbga ulangan elektrodga – katod deyiladi.
Elektrolit elektrolizyorga solinganda avval tartibsiz (havotik) harakatda bo’ladi.elektr ro’ki o’tkazilgandan song zarrachalar tartibli harakatlanadi. Musbat ionlar manfiy zaryadlangan elektrod (katod) tomon, manfiy ionlar musbat zaryadlangan elektrod (anod) tomon harakatlanadi.Shunga qarab ionlar nomlanadi.
Anionlar (A-m) – anodga tortiladigan ion.
Kationlar (Me+n) – katodga tortiladigan ion.
Anodga kelgan anionlar elektronlarni beradi va neytral atomga yoki malekulalarga aylanadi.
Katodga kelgan kationlar elektronlar olib, neytral atomga yoki malekulalarga aylanadi.
Elektronlarni berish – oksidlanish, qabul qilish jarayoni qaytarilish deb ataladi. Shuning uchun eritmadan yoki suyuqlanmadan elektr to’ki o’tadi.
Anodda anionlarning (Am-, OH-) yoki suv malekulasining oksidlanish jarayoni boradi.
Katodda kationlarning (Men+, H+) yoki suv malekulasining qaytarilish jarayoni sodir bo’ladi.
|
| |