|
Ma’lumotlar resurslarini boshqarish
|
bet | 2/3 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 46,12 Kb. | | #250924 |
Bog'liq Doniyorov Zarif IAKT mustaqil ish (3) (2)
Har qanday samarali axborot tizimi uning qanday sohaga yoki yo‘nalishga bag‘ishlanganidan qat‘iy nazar, foydalanuvchilarni aniq, o‘z vaqtida olinadigan hamda bajarilayotgan ishlarga mos ma‘lumotlar to‘plami bilan ta‘minlab berishi lozim. Bunday ma‘lumotlar komp‘yuterda mavjud bo‘lgan xilma-xil turdagi fayllar va qurilmalarda yig‘iladi. Komp‘yuterning amaliy dasturiy tizimi ma‘lumotlarini bitlar, baytlar, maydonlar, yozuvlar, fayllar, fayllar va ma‘lumotlar bazalari ko‘rinishida tashkil qiladi hamda saqlaydi. Keyinchalik foydalanishda tushunarli bo‘lishi uchun bu tushunchalarga qisqacha izoh berib o‘tamiz:
Maydon – simvollarning so‘zlar, so‘z guruhlari, sonlar ko‘rinishida ifodalanishi bo‘lib, ma‘lumot bazalarida ular jadval ustunlariga mos keladi;
YOzuv– bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan maydonlar to‘plami bo‘lib, ular jadvallar sifatida ifodalangan ma‘lumot bazasi jadvalining qatorlariga mos keladi;
Fayl – bir xil turga mansub yozuvlar guruhi bo‘lib, ular ma‘lum bir nom berilgan ma‘lumotlar to‘plamiga mos keladi;
Attribut– ma‘lumotlar bazasining ma‘lum bir ob‘ektini aniqlab beradigan ma‘lumot bo‘lagi.
Kalit maydonlari – yozuvdagi biror bir ma‘lumotni o‘ziga xos tarzda aniqlab beradigan bir ma‘lumot yozuvlari yangilanishi, tarqatilishi yoki uzatilishi mumkin.
Kalit maydon ikkita jadvalning o‘zaro bog‘lanishini aniqlab beradigan va bu ikkala jadval uchun umumiy bo‘lgan maydondir.
Quyida ma‘lumot bo‘laklarining ierarxiyasini sxematik ravishda ko‘rish mumkin:
Quyidagi yozuvda TALABNOMA deb nomlangan ob‘ekt va uning attributlari keltirilgan. TALABNOMA ni tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar uning raqami, sanasi, mahsulot nomeri, mahsulotning soni va uning miqdoridir. Talabnoma raqami kalit maydoni bo‘lib xizmat qiladi, chunki har bir talabnoma o‘z unikal identifikatsion (aniqlanish) raqamiga ega. Demak, ob‘ektning talabnoma raqami (ya‘ni kalit maydoni) orqali u ma‘lumot bazasining boshqa ob‘ektlari bilan bog‘lanishi, ularga ma‘lumotlar uzatishi mumkin va o‘zaro turli xil ma‘lumotlar almashinish imkoniyatiga ega. Ma‘lumot bazasini tuzish va u bilan ishlay boshlashdan avval albatta kalit maydonlarini aniqlab olish zarur, chunki bu ish ob‘ektlarning o‘zaro aloqasini ta‘minlab beradi.
Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, ya‘ni komp‘yut‘er tarmoqlarida ishlatishga mo‘ljallangan ma‘lumot bazalarini yaratish va ularni yuritish tizimlariga Oracle, InterBase, SyBase, MicroSoft, SQL Server, Informix deb ataluvchi dasturlar kiradi. Bu dasturlar ishlash tamoyillariga ko‘ra ierarxik, relyatsion va aylana-halqasimon ma‘lumot bazalariga bo‘linadilar. Xozirda relyatsion ma‘lumot bazalari qulayligi tufayli keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Relyatsion ma‘lumot bazalari ma‘lumotlarni jadvallarga joylashga va jadvallar orasida mos bog‘liqliklarni, ya‘ni munosabatni (relyatsiyani) o‘rnatishga asoslangan. Ular jadvallar orasidagi turli bog‘liqliklarni o‘rnatish, ma‘lumot kiritish shakllarini yaratish, hisobot shakllarini chiqarish, turli so‘rovlar tuzish imkonini beradi.
SHuning uchun ham ularning biri kundalik ish faoliyatida foydalanish uchun tanlab olinayotganda, ularning qaysi tomonlarini ko‘proq ishlatishigizga va Siz uchun nima muhimligiga ahamiyat berib diqqatni xuddi shunga qaratishingiz lozim bo‘ladi. Biz quyida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan axborot bazalarini boshqarish tizimlaridan zamonaviyligi va imkoniyatlari ko‘pligi bilan ajralib turadigan, hamda xozirgi paytdagi ko‘pgina tizimli dasturiy ta‘minotlar tarkibiga kirib, ko‘pchilik uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgan Access deb nomlangan ma‘lumotlar majmuasini boshqarish tizimining (MBBS) asoslari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Agarda Siz ushbu tizim bilan batafsilroq tanishishni hohlasangiz, u holda qo‘llanmaning oxirida keltirilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Access MBBSning ishlashi uchun quyidagilar talab qilinadi:
Pentium II yoki undan yuqori klassdagi protsessor bilan jihozlangan komp‘yuter;
Diskli operatsion tizimning zamonaviy versiyalari bo‘lgan dasturiy ta‘minot;
Microsoft Windows 98 dan yuqori versiyasi;
Kamida 64 megabaytdan kam bo‘lmagan tezkor xotira xajmi; qattiq diskdagi 1,5 Gigabaytdan ortiq tashqi xotira xajmi;
Sichqoncha yoki boshqa turga mansub manipulyator (masalan, trekbol‘, sensorli maydon yoki sharcha).
Access dasturini ham barcha dasturlar kabi ish stolining ―PUSK‖ tugmasi yordamida ishga tushirish mumkin.
ACCESS axborot bazasi bir-biri bog‘liq bir qancha jadvallardan iborat bo‘lib (relyatsion jadvallar), ularda qandaydir turdagi, shakldagi va ko‘rinishdagi ma‘lumotlar majmuasi saqlanadi. Unda har bir ma‘lumot bazasining hamma ob‘ekti va elementlarini o‘z ichiga oladi (masalan, so‘rovlar, hisobotlar, shakllar, indeks va kalit maydonlari haqidagi ma‘lumotlar va hokazolar). Masalaning bunday qo‘yilishi ob‘ektlarni saqlash, nusxalash, yo‘qotish va boshqa operatsiyalarning amalga oshirilishini ancha osonlashtiradi.
ACCESS axborot bazasida quyidagi turdagi ma‘lumotlarning turlarini ishlatish mumkin:
Jadvalning har bir maydoni uchun Siz mumkin bo‘lgan biror-bir ma‘lumotlar turini tanlab olishingiz kerak. Xar bir maydonda faqatgina bir xil turdagi ma‘lumotlargina saqlanishi mumkin.
Ushbu jadval konstruktori darchasida ma‘lumotlar turini aniqlashdan tashqari quyidagilarni ham bajara olasiz:
maydonni kalitli yoki indeksli sifatida aniqlash;
maydonda kattalikning albatta kiritilishi sharti;
maydon shaklini aniqlash;
maydonga biror bir qo‘shimcha yozuv kiritish (u shaklda aks etib turadi); boshqa bir qancha imkoniyatlar.
ACCESS axborot bazasidagi hamma operatsiyalar juda oddiy holda sichqoncha turidagi manipulyator orqali osongina bajariladi. Sichqoncha bilan biror bir maydonni bossangiz, uning o‘ng chekkasida ro‘yxatni ochishga imkon beradigan tugmacha hosil bo‘ladi. Siz uni bosish bilan ro‘yxatdan kerakli imkoniyatini (Optsiyani) tanlab olasiz.
Agarda jadvalni o‘zingiz tuzishga qiynalsangiz, bu ishda Sizga ―Master‖lar yordamga keladi. Bular tegishli ishlar ketma ketligini osongina amalga oshirishga yordam beradi.
Ma‘lumot bazasini yaratishning ikki yo‘li: oddiy yo‘l va baza qurish ―Ustasi‖ (Master) yordami taklif etiladi. Oddiy yo‘lni tanlash uchun ―Novaya baza dannix‖ punkti tanlanadi. Usta yordami esa ―Zapusk mastera‖ punkti orqali amalga oshiriladi. Mavjud bazani ochish uchun ―Otkrit‘ bazu dannix‖ punkti tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi (rasmga qaralsin).
|
| |