Internet nashrlarining o’ziga xosligi: imkoniyatlar va muammolar




Download 95 Kb.
bet3/4
Sana14.11.2022
Hajmi95 Kb.
#30212
1   2   3   4
Bog'liq
Hl4sJB9 Kpz5R4JVXcUxGxtCSdY4r62l
Internet nashrlarining o’ziga xosligi: imkoniyatlar va muammolar.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatimiz hayotiga jadal kirib kelishi, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, jurnalistikada ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda va uning rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu borada jahon axborot va kommunikatsiya tarmog‘i hisoblangan Internetning ahamiyati benihoya kattadir. Internet soha faoliyatiga ijobiy ta'sir etibgina qolmay, balki yangi ko‘rinishdagi OAV ning shakllanishiga ham olib keldi. Bu WWW nomlari bilan boshlanuvchi elektron axborot nashrlaridir. Ularni turli nomlar bilan atash mumkin: axborot sayti, elektron nashr, Internet nashri va hokozo. Internetning O‘zbekiston segmentida ham bunday nashrlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Internet nashrlarining an'anaviy OAV ga nisbatan jiddiy raqobatni yuzaga keltirayotgani ham ayni haqiqat.
Chunki, u o‘zining tezkorligi, interaktivligi, multimedia va boshqa ko‘plab noyob xususiyatlari tufayli auditoriyaning e'tiborini o‘ziga ko‘proq tortmoqda. Shuning uchun axborot bozorida o‘z mavqeini saqlab qolish va zamon bilan hamnafas bo‘lishni xohlagan ko‘pgina an'anaviy OAV, Axborot agentliklari ham Internetda o‘z axborot saytlariga egalar. Internet ularga nafaqat zamonaviylikni, balki jahon axborot bozoriga integratsiyalashish imkoniyatini ham yaratib bermoqda.
Shunday qilib, Internet axborot nashrlarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: alternativ hamda faqat tarmoqdagina mavjud bo‘lgan OAV. Bir qarashda ular o‘rtasidagi farq deyarli, sezilmaydi. Ammo alternativ nashrlarning ko‘pchiligi Internetga o‘z an'anaviy sonlarining elektron nusxalarinigina joylashtiradi. Masalan, "O‘zbekiston ovozi" (www.uzbekistonovozi.uz), "infoCOM.UZ" (www.infocom.uz), va boshqalar. Ba'zilari esa bu bilan birga, tezkor axborot xizmatlari ham ko‘rsatadi. Masalan, "Труд" (www.trud.ru), "Московские новости" (www.mn.ru).
Tarmoq On-line nashrlari esa faqat elektron ko‘rinishdagina mavjud bo‘lib, an'anaviy nashriga ega emas. Bunday nashrlarga UzReport.com, Uzbekistannews.net, Gazeta.ru va boshqalarni misol qilib, keltirish mumkin. Elektron axborot nashrlarining eng katta afzalligi ularda axborotlar tezkorlik bilan tayyorlanishi va tarqatilishidir. Shuningdek, elektron nashrlar an'anaviy OAV ning barcha xususiyatlarini (matn, ovoz, tasvir) o‘zida jamlagan holda, axboriy materialni o‘ziga xos tarzda shakllantirish xususiyatiga ega. Ichki va tashqi gipermatnli bog‘lanishlar orqali joriy axboriy materialga tegishli qo‘shimcha ma'lumotlar ham olish mumkin. Internet nashrlarda an'anaviy axborot janrlaridan o‘ziga xos tarzda foydalaniladi. Shu bilan birga, Internetda blis opros, monitoring, reyting kabi yangi janrlar ham paydo bo‘lmoqdaki, bu Internet axborot saytlarining yangi OAV sifatida o‘ziga xosligini belgilaydi. Elektron nashrlarning yana bir muhim xususiyati, ularning inteaktivligi hisoblandi. Ya'ni, Internetdagi turli aloqa vositalari (E-mail, IRC) va ko‘p sonli forumlar orqali auditoriya bilan tezkor aloqalar bog‘lash, fikrlar almashish imkoniyati mavjud. Bu esa, auditoriya qiziqishlariga monand axborotlar tayyorlashga imkon yaratadi. Masalan, eng mashhur axborot saytlaridan biri UzReport.com da auditoriya bilan On-line muloqot o‘tkazish uchun maxsus "Aloqalar" bo‘limi mavjud. Foydalanuvchi u yerda o‘z xabarlarini qoldirishi yoki tahririyat bilan tezkor muloqotga kirishishi mumkin.
Ko‘pchilik elektron axborot nashrlari orqali axborotlar bepul taqdim etilishi bilan birga, pullik axborot xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Masalan, UzReport.com da maxsus axborotlar uchun pullik obuna xizmati tashkil qilingan. Obunachi saytdan foydalanishda alohida huquq va imtiyozlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, elektron pochta orqali eng so‘nggi axborotlarni doimiy ravishda, olib turish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
An'anaviy OAV da bo‘lgani kabi, Internet nashrlarida ham reklama asosiy daromad manbai hisoblanadi. Internetdagi reklama bannerlari matn, ovoz va tasvir xususiyatlarining birlashuvi, ya'ni multimedia xususiyatini o‘zida mujassam etadi va an'anaviy reklamadan o‘zining yuqori ta'sir kuchiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Internet nashrlarida bannerlarni nafaqat "tomosha qilish", balki, zarur bo‘lganda, reklama qilinayotgan tovar yoki xizmat haqida to‘liq ma'lumot olish, yo bo‘lmasa, tovar yoki xizmat egasining veb-sahifasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish mumkin.
Ushbu imkoniyatlar bilan bir qatorda, axborot saytlari faoliyatida ba'zi muammolar ham yo‘q emas. Masalan, ba'zi Internet nashrlaridagi yangiliklar ancha sust yangilab boriladi. Bu ayniqsa, ba'zi o‘zbek an'anaviy nashrlarining elektron versiyalari misolida olib qaraganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, Internet nashrlaridagi axboriy materiallar tarkibida ham ko‘plab muammoli jihatlarni kuzatish mumkin. Bulardan eng ko‘p tarqalganlari: noxolis va ishonchsiz axborotlarning tarqatilishi, axloqiy me'yorlarning buzilishi, mualliflik huquqiga amal qilmaslik va shu kabilardir. Ammo bu holat, asosan, Yevropa axboriy resurslarida uchraydi.
Afsuski, ushbu muammolarning yechimi global tarmoq spesifikasi bilan bog‘liq ko‘pgina sabablar tufayli hamon murakkabligicha qolmoqda. Biroq shuni ishonch bilan ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda global miqyosdagi ko‘pgina muammolarni hal qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va texnalogik usullar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Bu esa o‘z ijobiy samarasini beryapti.
Fanda, tijoratda, ishlab chikarishda axborot oqimlarining ko`payishi axborot texnologiyalari tomonidan reaktsiya talab qiladi. Jamiyat uchun ulkan qog`oz miqdoriga bo`lgan xarajat murakkab muammo xisoblanadi.
qog`ozli texnologiya kontseptsiyasidan voz kechish uchun xali bir necha o`n yillar kerak bo`ladi. SHuning uchun xozirda bu g`oyani amalga oshirishning bir qismi haqidagina ran bo`lishi mumkin. Bu erda bir qator sabablar mavjud bo`lib, ular quyidagilar:1. Muammoning psixologik aspektini ko`rsatish mumkin. Axborotni elektron ko`rinishda olishga ko`nikma xosil bo`lishi kerak;
2. Qog`ozsiz texnologiya texnikaviy ko`llab quvvatlanish aksini talab etadi: mos keluvchi ishlab chikarish hisoblash vositasi, yukori o`tkazuvchanlikka ega bo`lgan aloqa kanallari, algoritmlarning texnologiyaga yo`naltirilganligi.
3. Qog`ozsiz texnologiya huquqiy qo`llab-quvvatlanish asosini talab etadi.
Respublikamizda bu borada elektron tijorat tizimlarini huquqiy himoya qilish, rakamli imzosini me`yoriy huquqiy asoslari tashkil etilgan.
Dunyoda dastlabki elektron hujjat aylanishi tizimi bank sohasida paydo buldi. SHunday tizimlardan biri - SWIFT o`tgan asrning 70-yillaridan buyon ishlatilmokda. Keyinchalik ichki va banklararo axborot tizimlari ham rivojlana boshladi. Tizimlar takomillashib, rivojlandi
va biznes-jarayonlar, axborot, tasvirlar va katta xajmdagi ishlarni boshqarishga yo`naltirildi.
Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga aylandi. Turli hujjatlar bilan faol ishlashda ertami, kechmi katta xajmdagi axborotni tizimlashtirish, qayta ishlash hamда xavfsiz saqlash muammosi yuzaga keladi. Elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orkali qog`oz hujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko`plab tashkiliy va texnologik cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa hujjatlar bilan ishlash samaradorligi, boshqarish sifatini oshirish, axborotni ishonchli himoya qilishni ta`minlash imkonini beradi.
Elektron hujjat aylanishi tizimlari nafaqat bitta korxona miqyosida, balki mamlakat iqtisodiyotining barcha jabxalarida qo`llanishi lozim. Masalan, soliq sohasida ushbu tizim yordamida soliq to`lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishi bo`yicha xisobot axborotini tuplash, ularni xisobga olish, axborot-taxliliy soliq tekshiruvlarini olish hamda taxlil qilish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona sohasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini kayd etish, bojxona to`lovlari, import, eksport va tranzit yuk tashishlar to`g`risidagi xisobotlarni olish, iktisodiyot va sanoat sohasida makroiqtisodiy ma`lumotlarni to`plash, sanoatning rivojlanishiga oid asosiy texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va xokazolarga ega bo`lishga yordam beradi.
Elektron hujjat aylanishi xizmatiga talab katta va u elektron tijorat tizimlarida samarali ko`llanilmokda. Elektron tijoratni amalga oshirish uchun banklar ichida va banklararo elektron to`lovlar tizimlari hamda chakana elektron to`lovlar tizimlarini rivojlantirish zarur. So`nggi yillarda bank kreditlari va debit kartlari, shuningdek, elektron
hamyonlardan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni bajarishning muqobil uslubini taqdim etadigan elektron to`lov tizimlari ommalashdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotni boshqarish intensifikatsiya va xar bir xodimni xisobga olgan holda butun tashkilotni tashkillashtirilishi talab etiladi. SHuning uchun, tashkilot faoliyati reglamenta mavjud ekan, ayniqsa ishlab chiqarishda axborot texnologiyalari kanalizator kabi qog`ozsiz hujjat almashtirish asosida avtomatlashtirishning samarali vositasi sifatida xizmat qilishi kerak.
Elektron hujjat almashtirish boshqaruvi ostida tashkilot qismlari o`rtasidagi, foydalanishlar o`rtasidagi hujjat almashinuvi tushuniladi. Hujjatlarning bunday xarakatida ularning jismoniy ko`chish emas (chunki ular serverda qoladi), ulardan foydalanish huquqi biror aniq foydalanuvchiga ularni bajaruvchi nazorati ostida uzatiladi. Elektron hujjat almashinuv tizimida qo`yilgan asosiy talab elektron hujjatni saqlash va ular bilan ishlashni tashkillashtirishdir. Elektron hujjat almashinuv tizimida hujjatlarga huquqiy murojaat qilish amalga oshiriladi, bunda unga kiritilgan oxirgi o`zgarishlar va uning barcha versiyalari nazorat kilinadi.
Xar qanday tashkilot faoliyatida menejment uchun axborot okimlari o`zida aniq kuzatish olib borish imkoniyati va jarayon boshqaruv uchun osonligi nazorat kilinadi. Tashkilot fiksirlanadigan va reglamentlanadigan axborot ob`ekti hujjat xisoblanadi. Tashkilotda hujjatlar xarakati faoliyatini tashkillashtirish qog`oz bilan ishlash kabi atash kabul kilingan. qog`oz bilan ishlash asosida axborot almashinuvi strukturasi hujjat oqimi fundamental tushunchasi yotadi.
Xar qanday tashkilot uchun uchta asosiy hujjat oqimi ajratib ko`rsatish mumkin: kiruvchi, ichki vа chiquvchi.
Qog`oz bilan ish yuritish funktsiyasi kiruvchi hujjatlarni qayta ishlash, firma ichida unga ko`rsatkichlar o`rnatish, chiquvchi hujjatlarni
yuborish, ro`yxatga olish, bajarilishi nazorat qilish, ishni shakllantirish, saqlashni tashkillashtirish ва hokazo xisoblanadi.
hozirda bajarilish bo`yicha standart reglament quyidagi jadvalda
keltirilgan: 1.1. jadvali
Bu darajadagi qog`ozli ish yuritish avtomatizatsiyasini tashkilot hujjat oqimini boshkarish qanday bo`lishini oldindan taxminlab chiqishni elektron hujjat almashinuvi tizimining maxsus qismiy tuzilmalari amalga oshiradi: hujjatlarni registratsiya qilish, ularning bajarilishini nazorat qilish, bajarilishinи ro`yxatga olish, hujjatlarni tizimlashtirish, ishlar nomenklaturasini shakllantirish va shu ish xolatini nazorat qilish.
hujjat kiruvchi axborot ichki axborot chiquvchi
turi axborot
Elektron Elektron pochta xabari Korporatvi tarmoq Elektron
hujjat Faksli axborot xabari pochtadan
Fakslar kelgan xatga
javob
faksli
axborot
qog`ozli Xat, Kelishuvlar va Buyruklar, Xatlar,
hujjatlar shartnomalar, huquq instruktsiyalar, kelishuvlar,
beruvchi aktlar, xiosbotlar, xizmat shartnomlar,
normatik hujjatlar, bo`yicha yozuvlar, press-
davriy bosmaxonalar, komandirovka relizlar
kitoblar, reklamalar, hujjatlari,
anketalar buxgalteriya hujjatlari
qog`ozsiz ish british boshqarish faoliyatida komp'yuterlar axborotni saqlash, qidiruv va ko`rsatkich, bу holda qog`ozli tashuvchilardan umuman foydalanmaslik yoki minimal foydalanishni imkonini bergan holda qo`llaniladi.
Elektron idora tashkilotga hisoblash texnikasi yordamida keng tarqalgan murakkab masalalarni echishda foydalanuvchilar guruxini birlashtirishni tashkillashtiradi. hozirgi kunda elektron idora kontseptsiyasida ishlaydigan tashkilotlar ko`plab tashkilotlar mavjud, xususan, Microsoft, Borland, elektron ofisda ish oqimining amalga oshishi uchun zarur bo`lgan amaliy dasturlarni boshkarishnи ta`minlash strategiyasi bo`lgan "workflow" tushunchasiga tez tez murojat qilinmoqda.
Elektron pochta vositasi va tarmoqdan foydalanish tashkilotning bir qismidan ikkinchi qismiga uzatishni tezlashtirdi, bu holda axborotni saqlash, nazorat qilish, izlash, arxivga joylashtirish jarayonlari soddalashdi. Bu erda ikki karshilik mavjud: ichki va tashqi.
Tashqi karshilik insoniy oddiy xususiyatlar, zararli odatlar, kuchsizliklar bilan boshlangan. Ikkinchi muammoda kup sonli qog`ozli kurinishda taqdim etilgan hujjatlar bilan bog`liq. Klassik misol sifatida xatlar va fakslarni keltirish mumkin. qog`ozli faoliyatlar elektron faoliyatga o`tish jarayonnininг sekinlashuviga sabab matnlarni tanib olish optik texnologiyasining etarli rivojlanmaganligi bo`lishi mumkin. SHunday qilib, xulosa qilib aytganda, hujjatlarni arxivlash, indekslash va qidirish texnologiyalari bilan birgalikda elektron hujjat almashuv boshxaruv tizimi quriladi.
1.2. Elektron hujjat almashuv tizimlaridan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari
Elektron hujjat almashuv tizimlari quyidagi maksadda quriladi:
* jarayonlarni integratsiya qilishda;
* saqlanadigan axborot hajmining kattalashuvi hisobiga raxbariyat va mutaxassislarning axborotga egalik qilish darajasini oshirish, markazlashtirilgan axborot qayta ishlovi, hujjatlarni qidirish vaqtining kamayishi va xisobot va dokladlar tayyorlash, bundan tashxari xisobotlarning ishonchligini vа tulaligini oshirish;
* tashkilot boshkaruvida hujjat almashtiruv jarayonining qog`ozli ko`rinishdan elektron ko`rinishgа o`tkazish hisobiga qog`ozga extiyojning kamayishi;
* hujjatning arxivda saqlanayotgan originalini qidiruvga ketadigan vaktning elektron ko`rinishda aniq adresi mavjud emasligi tufayli qisqarishi;
* tashkilot kooperatsiyasi doirasida axborot jarayonlari integratsiyasi;
* hujjatlarning yangi, sifatli bazasini yaratish elektron hujjat almashuv tizimlari tashkilotining quyidagi axborot tashkiliy tuzilmasi bilan mos kelishi va bu tuzilmada zamonaviy o`zgartirishlarni ta`minlashi kerak.
Elektron hujjat almashinuv tizimi tashkilotning hujjatlashtirish ta`minotini boshkarishnи avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan, bu holda u quyidagilarni o`z ichiga olishi kerak:
1. tashkiliy uyushtirilgan hujjatlarni tayyorlash, kiritish, saqlash, qidirish, izlash va chikarish jarayonlari;
2. hujjatlar standart shakllarining tayyorlash, kiritish, saqlash, qidiruv va chiqаrish jarayonlarni boshqarish;
3. qog`oz bilan ishlash jarayonini boshqarish.
Avtomatlashtirish ob`ekti quyidagi jarayonlar xisoblanadi:
1. hujjat yaratish;
2. boshqaruv hujjatlari uchun xisobotni tayyorlash;
3. hujjatlar bilan ishlash.
Tizimga bo`lgan asosiy talab quyidagicha: tizimda axborot almashinuvi uchun korporativ hisoblash tarmog`idan foydalanishi kerak; bu tarmok o`z navbatida lokal va uzoklashtirilgan foydalanish tizimlarini o`z ichiga olishi kerak; elektron hujjat almashinuv tizimi elektron pochta tizimi va tashkilotning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bilan aloxida bo`lishi kerak; tizim kun davomida o`z funktsiyasini bajarishi kerak; tizim joriy xolatiga tashxis qo`yish vositasiga ega bo`lishi keraк;
Elektron hujjat almashinuv tizimi tashkilot hujjat almashinuvi reglamenti o`zgarishiga bog`liq ravishda elektron hujjat almashinuv tizimi o`z xarakteristikasini, parametrlarini, hujjat uzatish adresatlarini o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.
Tizim ochik texnologiyalar asosida qurilgan bo`lishi kerak, bunday ochiq texnologiyalar tizimning keyingi modernizatsiyasi va qaytadan tizim usishini ta`minlaydi. Tizimda apparatli platformadan foydalanish imkoniyati bo`lishi kerak, xususan, serverni texnik almashtirish va axborotni saqlash qurilmalari ayniqsa tez rivojlanadi.
Tizim etarlicha aniqlik bilan rus va lotin alifbosida yozilgan A3, A4 formatdagi hujjat va jadvallar bilan ishlashni, ta`minlashi kerak. asosiy e`tibor hujjatga bir vaqtning o`zida amalga oshirilgan murojaatda tizimning ish qobiliyati susaymasligiga karatilishi kerak.
1.3. Elektron hujjat almashinuvini tizimlarini takomillashtirish omillari
Elektron hujjat almashinuvi tizimlari barcha axborot ilovalarini bitta axborot muxitiga birlashtirish vа buning natijasida barcha foydalanuvchilar o`rtasida tezkor aloqani ta`minlash uchun mo`ljallangan.
Elektron hujjat almashinuv tizimlari hujjatlar yo`nalishlarini rejalashtirish, ularning harakatlarini nazorat qilish, hujjat almashinuvini boshqara olishi va uni nazorat qila olishi kerak.
Elektron hujjat almashtirish tizimi ikki asosda yaratilishi mumkin:
1. "docflow" texnologiyasiga asoslangan tizimlar. Bunday tizimlar ish jarayonini avtomatlashtirish tizimlari kabi nomga ega bo`lib, tashkilotda amalga oshiriladigan jarayonlar va protseduralarni modellashtirish,
hujjatlarning o`z vaqtida qayta ishlanishini baholash va tahlil qilish uchun mo`ljallangan.
2. "docflow" texnologiyasiga asoslangan tizimlarda esa hujjatlar o`z yo`nalishigi ega bo`lishi uchun tashkilotning aloqida bo`limlaridan o`tishi kerak. har bir hujjat qayta ishlanishi va harakat tayinlangan yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi. Bu texnologiya tizimlari har xil katta hajmli hujjatlar bilan ishlayodigan o`rtacha va katta tashkilotlarda qo`llaniladi. Dasturiy tizimlarga talablar:
Resurslarga talablar:
* operatsion tizim;
* ma`lumotlar bazasini boshkarish tizimlari;
* tizim ishlashi uchun qo`shimcha dasturiy ta`minotlarning mavjudligi;
* apparatli qism, komp'yuterlar ishi mahsuldorligi.
Mahsulot qiymati
* qo`shimcha dasturiy ta`minot qiymati;
* yangi qurilmalar sotib olish;
* xodimlarni o`qitishga talablar;
Kuzatish uchun qulaylik
* hujjatlashtirish;
hujjatlashtirishning maxsulotning joriy versiyasiga mosligi;
* elektron o`rgatish ma`lumotlarining mavjudligi;
* tizimning kengaya olish imkoniyati;
* tizimning texnik jixatdan qo`llab-quvvatlanishi; Foydalanashda tsulaylik
* foydalanuvchining bazaviy operatsiyalari bajarilishining osonligi;
* boshqarish elementlariga murojaat imkoniyatining mavjudligi;
* ish-xarakat bajarish uchun elementar operatsiyalarning mikdori;
Texnik ta`minotga talablar
Foydalanuvchi identifikatsiyasi
* Autentifikatsiya;
* Aloqa protokolining himoyalanganligi; Avtorizatsiya
* Foydalanuvchilar yoki foydalanuvchilar guruxi uchun har xil ma`lumotlarga murojaatning har xil darajalarini tashkillashtira olish;
hujjatlarga murojaat huquqini tashkillashtirish
* hujjatlarga murojaat huquqini o`zgartira olish imkoniyati;
* Bir foydalanuvchidan ikkinchi foydalanuvchi hujjatga murojaat huquqini bera olish yoki bera olmasligi darajasi;
hujjatlarni saqlash
* hujjatlarni saqlash maxsuldorligi;
* ma`lumotlar bazasidagi hujjatlar bilan ishlash tezligiga va tizim foydalanuvchilarining bir vaqtda ishlashiga bog`liqlik;
* hujjatlarni saqlash;
* hujjatlarni arxivlash;
* hujjatlarni arxivdan chikarib olish;
* ma`lumotlar bazasi buzilishiga bardoshlilik; hujjatlar bilan ishlash
* hujjatlarning xar xil turlari bilan ishlay olish;
* yangi turlar yaratish;
* shakllar konstruktorlariniig mavjudligi;
* hujjat tarixi;
* hujjatning har xil versiyalarini kuzatish
* Rakamli imzo
Tijorat mantits bilan ishlash
* hujjatlar xarakati marshurti
* Foydalanuvchi uchun topshiriqlar
* Foydalanuvchi stsenariylari bilan ishlash

Download 95 Kb.
1   2   3   4




Download 95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet nashrlarining o’ziga xosligi: imkoniyatlar va muammolar

Download 95 Kb.