Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish




Download 9.99 Mb.
bet14/19
Sana24.07.2021
Hajmi9.99 Mb.
#16033
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

NATLIB.UZ sayti haqida.


Kutubxona foydalanuvchilarga axborot resurslaridan foydalanish, intellektual, ma’naviy axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mamlakatimizda chop etilayotgan kitoblarga xalqaro standart raqam (ISBN) va davriy nashrlarga xalqaro standart seriya raqamini (ISSN) berish bo‘yicha elektron xizmatlar taqdimoti o‘tkazildi.

2012-yil 20-martda qabul qilingan “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga binoan foydalanuvchilar va soha mutaxassislari uchun bir qator qulayliklar joriy etilmoqda.

Milliy kutubxona xodimlarining ta’kidlashicha, ISBN va ISSN mavjudligi nashriyotchilar, kitob bilan savdo qiluvchilar, kutubxonachilar, ilmiy xodimlarga O‘zbekiston va uning tashqarisida nashrlarni qiyinchiliksiz tarqatish, mamlakatimiz va xorijiy avtomatlashtirilgan tizimlarda nashrlar haqidagi axborotni qidirib topish imkonini beradi.



Xizmatdan kutubxonaning NATLIB.UZ rasmiy saytidagi “ISBN & ISBN” bo‘limida foydalanish mumkin. Buning uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tish, arizalarni to‘ldirish, zarur hujjatlarni taqdim etish va guvohnoma olish jarayonlaridan o‘tish zarur.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasidamilliy va jahon madaniyatini, fani va ta’limi rivojlanishi manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi umummilliy davlat universal axborot-kutubxona muassasasi bo‘lib hisoblanadi. Kutubxonaning rivojlanish konsepsiyasi shundan iboratki, u yangi formatga — tashqi resurslardan samarali foydalanib, kutubxona modelidan, faqat o‘z fondlariga yo‘naltirilgan ochiq kutubxona modeliga o‘tishni ko‘zda tutadi. Bugungi kunda Milliy kutubxona o‘zida an’anaviy kutubxona funksiyalari va servislarini barcha turdagi mavjud axborot tashuvchilardan foydalanib, muvofiqlashtirib: qog‘oz va raqamli shaklda taqdim etmoqda, bu erda axborotning imkoni mavjud bo‘lgan barcha turlari jamlanadi va tizimlashtiriladi. Biz uchun jamlanmalardagi kitob soni emas, balki kutubxona taqdim eta oladigan axborot manbalarining soni hamda xima-xilligi muhim bo‘lib hisoblanadi.



O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015-yildagi asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: Kutubxonaning umumiy janlanmasi 7 016 594 dona kitob, undan 6 657 180 danasi bosma kitoblardan iborat. 2015-yilda 11 360 dona kitob mahsulotlari va elektron resurslar jamlanmasiga — 11 094 dona, jami elektron resurslar soni — 359 414 donani tashkil etdi.



Download 9.99 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 9.99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish

Download 9.99 Mb.