Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri




Download 68,1 Kb.
bet1/6
Sana14.05.2024
Hajmi68,1 Kb.
#232290
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ennnbbb


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



Elektron hukumat
fanidan 4 - amaliy ish

Guruh: 215-21: EGT001-1


Bajardi: Nigmonov Elyor
Tekshirdi: Xurramova Ra’no
Toshkent 2024

Mavzu :



  1. Elektron hukumat tizimini rivojlanishi uchun ijtimoiy media.



  1. Elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash.



  1. Rivojlangan davlatlarda elektron hukumat tajribasi.

. Ushbu Nizom Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot tizimi — axborotlarni to‘plash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanishga imkon beradigan davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yig‘indisi;
davlat organlari va tashkilotlari — vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari;
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — yagona reyestr) — idoralararo va idoraviy axborot tizimlari hamda axborot resurslari ro‘yxati hamda ular haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan, internet jahon axborot tarmog‘idagi ochiq va umumiy foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot resursi;
yagona reyestr operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — yagona reyestrdan foydalanishni va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, shu jumladan, ma’lumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
postmonitoring — davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimi va resursi joriy etilgandan keyingi davrda undan foydalanish samaradorligi ustidan tizimli monitoring yuritish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi yagona reyestrning operatori hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4. Quyidagilar yagona reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarining hisobini yuritish, ularni yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida elektron hukumatning yagona identifikatorlari, ma’lumotnomalari va klassifikatorlaridan foydalanilishi monitoringini olib borish;
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining o‘zaro elektron hamkorligini tashkil etishga qulaylik yaratish, axborot tizimlari funksional vazifalari takrorlanishining oldini olish va ularni ishlab chiqish bo‘yicha ortiqcha xarajatlarini qisqartirish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini va joriy etish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish hamda yagona reyestrga kiritish majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
6. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish va undan chiqarish bepul asosda amalga oshiriladi.
7. Yagona reyestr quyidagi tuzilishga ega:
a) axborot tizimlari pasportlarini joylashtirish, saqlash, yuritish va ularga kirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlarining hisobi quyi tizimi;
b) davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari pasportlarining to‘ldirilishi monitoringini ta’minlashga mo‘ljallangan tahlil qilish va monitoring quyi tizimi;
v) yagona reyestr va boshqa (tashqi) axborot tizimlari integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolarning davlat organlarini axborotlashtirish holati to‘g‘risidagi axborotga ochiq kirishlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot hamkorligi quyi tizimi.

Download 68,1 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 68,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri

Download 68,1 Kb.