|
-bob. Yagona reyestrga kirish imkoniyatini taqdim etish
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 68,1 Kb. | | #232290 |
Bog'liq ennnbbb2-bob. Yagona reyestrga kirish imkoniyatini taqdim etish
8. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari yagona reyestrga ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritib borish bo‘yicha mas’ul mansabdor shaxsni tayinlaydi.
Mas’ul shaxs axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish maxsus bo‘linmasining rahbari yoki maxsus bo‘linma mavjud bo‘lmagan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha javobgar mutaxassis bo‘lishi mumkin.
Mas’ul shaxs yagona reyestrga kiritilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqliligi uchun javobgardir.
9. Davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul shaxslariga yagona reyestrga kirish imkoniyatini taqdim etish operator tomonidan amalga oshiriladi.
10. Davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul shaxslari yagona reyestrdan foydalanishni yagona reyestrdagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshiradi.
11. Davlat organlari va tashkilotlari yagona reyestr shaxsiy kabinetiga kirishga ruxsat olishlari uchun operatorga xat ko‘rinishida yagona reyestrda shaxsiy kabinet ochish to‘g‘risida so‘rov yuboradi.
12. Operator ikki ish kuni davomida yagona reyestrda shaxsiy kabinetni ro‘yxatdan o‘tkazadi va login hamda parolni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga xat ko‘rinishida yo‘llaydi.
3-bob. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish
13. Yagona reyestrga axborot tizimlarini kiritish ushbu tizimlarning mulkdori yoki egasi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Davlat sirlari mavjud axborot tizimlari yagona reyestrga kiritilmaydi.
15. Yagona reyestrga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib borish axborot tizimlarini yaratish, ulardan foydalanish, takomillashtirish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
16. Yagona reyestrda axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq axborot tizimining joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali elektron ariza yuborish ko‘rinishida amalga oshiriladi.
17. Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
18. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish, axborot tizimlarini yaratishni boshlash bosqichida (qaror qabul qilinganidan keyin) boshlanadi.
19. Quyidagi turdagi axborot tizimlari yagona reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishi qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlovchi tranzaksion va hisobga olish tizimlari;
davlat organlari axborot tizimlari o‘rtasidagi idoralararo elektron hamkorlik tizimlari;
davlat organlari faoliyatida ma’muriy va tartibga solish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi resurslarni boshqarish tizimlari;
xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini va texnik-ishlab chiqarish jarayonlarini yuritish tizimlari;
davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta’minlovchi axborot-tahlil tizimlari;
elektron hujjat aylanishi tizimlari;
hujjatlarning elektron arxivlarini boshqarish tizimlari;
foydalanishni boshqarish tizimlari (shu jumladan, infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari);
internet jahon axborot tarmog‘i yoki aloqaning boshqa usullari orqali davlat organlari elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlovchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik tizimlari, shu jumladan, portallar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetlari orqali axborot tizimlarini kiritish hamda axborot tizimlari pasportlari ma’lumotlarini o‘zgartirish (yangilash), shuningdek, loyiha-texnik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
axborot tizimlarini yaratish (takomillashtirish) bo‘yicha tegishli hujjatlar qabul qilingandan;
texnik-loyiha hujjatlari tasdiqlash va ekspertiza o‘tkazishga kiritilgandan;
axborot tizimlarini yaratish (takomillashtirish) bo‘yicha ijrochi (ishlab chiquvchi) aniqlangandan;
axborot tizimlari qabul qilingandan va ishga tushirilgandan;
axborot tizimlarini takomillashtirish tugatilgandan;
axborot tizimini foydalanishdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan besh ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
21. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan kundan boshlab operator tomonidan uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi, so‘ngra davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetiga ushbu axborot tizimini yagona reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar jo‘natiladi.
Yaqinda BMTning jahon mamlakatlarining Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index,EGDI — UN E-Government Survey 2022) e’lon qilindi.
2022-yilgi sharhda qayd etilishicha, EGDI (Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi) normallashtirilgan nisbiy indeks bo‘lib, mamlakatlarning EGDI ko‘rsatkichlaridagi uncha katta bo‘lmagan farqlar EGDI ko‘rsatkichi pastroq mamlakat tadqiqot qamrab olgan so‘nggi ikki yilda yomon natija qayd etganini anglatmaydi. Xuddi shuningdek EGDI ko‘rsatkichi nisbatan yaxshiroq mamlakat (ayniqsa, reyting yetakchilari orasida) boshqalardan ancha o‘zib ketgan emas.
Ta’kidlanishicha, har bir mamlakat o‘z raqamli hukumati maqsad darajalari va ko‘lamlarini o‘z milliy rivojlanishi asnosida belgilashi maqsadga muvofiqdir. EGDI esa — elektron hukumat qanday rivojlanayotganini aniqlash uchun qiyosiy vosita.
2022-yilgi Indeksda eng yuqori (Very High, VH) darajada rivojlangan elektron hukumatlar guruhi deyarli o‘zgarmadi — ikki yil oldingi yetakchilar yuqori o‘rinlarda qoldi. Shuningdek, ro‘yxat 14 tadan 15 taga kengaydi: guruhga Malta va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shilib, Norvegiya guruhni tark etdi (V3 guruhiga o‘tdi).
|
| |