|
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri
|
bet | 3/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 68,1 Kb. | | #232290 |
Bog'liq ennnbbb1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilik
Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
so‘rov — ariza beruvchining davlat xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida davlat organlariga yuboriladigan talabi;
ariza beruvchi — davlat organiga so‘rov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
idoralararo elektron hamkorlik qilish — davlat organlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashish;
elektron hukumatning yagona identifikatorlari — har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar;
elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
|
| |