|
Elektron o’quv qo’llanmalar
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,52 Kb. | | #230625 |
Bog'liq Elektron o’quv qo’llanmalar-kompy.info
Elektron o’quv qo’llanmalar
ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR Elektron o’quv qo’llanma – bu o’quv dasturiga mos keladigan va o’quvchiga mustaqil ravishda yoki o’qituvchining yordami bilan o’quv kursini yoki uning qismini o’zlashtirish imkoniyatini beradigan dasturiy va uslubiy o’quv majmuasi. Elektron o’quv qo’llanma maksimal darajada tushunish va tushuntirilishga ega bo’lishi kerak.
Elektron darslik – bu yuqori ilmiy, uslubiy va texnik darajada yaratilgan, oddiy darslikni qisman o’zgartirilgan yoki to’ldirilgan o’quv elektron nashridir.
Elektron o’quv qo’llanmaning mazmunita’lim muassasida belgilangantartibda tasdiqlangan o’quv intizomi dasturining talablari va mazmuniga mos kelishi kerak.
Elektron darslikda fanning o’quv materiallari talabaga interaktiv usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi.
Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur:
1. O’rgatuvchi qism – gipertekstga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.
2. Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi.
3. Nazorat qiluvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadi:
ta’limni va o’quv mashg’ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta’minlashi;
mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi;
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning uyg’unligi;
axborot-ta’lim resurslarini rivojlantirish va tezkor yangilab borish imkoniyatining mavjudligi;
matn, shuningdek, boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) orqali taqdim etilishi.
: O’quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi kontseptual tamoyillarga ega bo’lishi lozim:
Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili.
Integratsiya tamoyili.
To’laqonlilik tamoyili.
Yaxlitlik tamoyili.
Ochiqlik tamoyili.
Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan o’qitish metodlaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib, undan mustaqil ta’lim olishda va o’quv materiallarini har tomonlama samarali o’zlashtirishda foydalanish mumkin.
Elektron darslikda fanning o’quv materiallari talabaga interaktiv usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi.
Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur:
1. O’rgatuvchi qism – gipertekstga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.
2. Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi.
3. Nazorat qiluvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
http://kompy.info
|
| |