|
Elektron pedagogika
|
bet | 43/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Repository Search – tizim ichidagi ma’lumotlarni qidirish moduli.
O’qituvchi uchun maxsus ishchi modullari (Teaching tools) quyidagilardan tarkib topgan:Assignments, Grade book, Module Editor, QTI Authoring, QTI Assessment, Section Management, Syllabus.
Tizim muhitida o’quvchi uchun ishchi modullari (Portfolio tools) quyidagilardan iborat:Forms, Evaluations, Glossary, Matrices, Layouts, Templates, Reports, Wizards, Search, Web Content, WebDAV, Wiki, Site Setup, MySakai, Widgets.
Ilias – bu tizim ham erkin va ochiq kodli masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Dasturiy majmua 1998-yildan hozirgi vaqtgacha rivojlanib kelmoqda. Boshqa tizimlarda mavjud bo’lgan o’qitish modullari bu tizimda ham bor: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Student tracking, Calendar, Glossari, Wiki va boshqa modullari mavjud. Ushbu SCORM standartiga to’liq javob beradi. Tizimning boshqa tizimlarga nisbatan avfzal tomonlaridan biri elektron nazorat turlarining yaxshi yo’lga qo’yilganidadir. Quyida ko’rsatilgan elektron nazorat turlari: single choice, multiple choice, matching, fill-in-the-blanks, hot spots, flash, java applet va boshqalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilarning olgan natijalarini tahlil qilish va sertifikatlash imkoniyati ham mavjud.
ATutor – tizimi ommalashgan masofaviy ta’lim tizimlari qatoriga kiradi. ATutor tizimning tarkibida quyidagi modullar mavjud: Forum, Glossary, File Storage, Site map, My tests and surveys, My tracker, Directory, Export content, Chat, Links, Polls, Blogs, Web search va h.k. Bu tizimda yaratilgan kurslar ob’yektga mo’ljallangan dasturlash tillarida klasslarni yaratish jarayoni kabi uch xil tipda aniqlanadi. Chunonchi, public, Private, Protected. Foydalanuvchilar bilan ishlashda ham ular uchun bir qancha rollar mavjud bo’lib, ular disabled (ta’qiqlangan), deconfirmed (faollashtirilmagan), student (talaba), instructor (o’qituvchi tyutor), administrator(administrator).
Open ELMS – erkin va ochiq kodli navbatdagi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beradigan tizim bo’lib, GNU GPL litsenziyasi asosida foydalanuvchilarga foydalanishlari uchun tarqatiladi. Tizimning o’zi erkin va ochiq kodli bo’lganligi bois ham, dasturiy majmuani yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan.
eFront – dasturiy majmua PHP ni qo’llab-quvvatlovchi barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. Ma’lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL dan foydalanish mumkin. Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarni qo’llab-quvvatlaydi. Tizim 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan, shu qatorida o’zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. eFront tizimining bir qancha versiyalari ishlab chiqarilgan, ular Editions, Enterprise, Educational va Open-source. Open-source versiyasidan foydalanish bepul hisoblanib, qolgan versiyalaridan foydalanish uchun ma’lum qo’shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin bo’ladi. Lekin eFront dasturiy majmuasining Open-source versiyasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun yetarli hisoblanadi. Mazkur tizimda o’quv jarayonini tashkil etish uchun bir qancha umumiy modullar mavjud ular qatoriga quyidagilar kiradi: youtube, wiki, workbook, translate, translator, thumbnail, shared files, rss, quote, links, quick mails, lessonstats, lesson sidebar, journal, gradebook, flashcards, faq, crossword, complete test, billboard, banners, blogs, certificates, bbb, chat, infoliosk, idle users, outlook invitation, mg reports va administration tools. Tashkil etilgan darslar uchun quiydagicha maxsus modullar mavjud: Theory (Nazariy qism), Examples (Misollar), Projects (Loyixalar), Tests (Testlar), Lesson rules (Dars qoidalari), Forum (Forum), Comments (Izohlar), Announcements (E’lonlar), SCORM.
Ko’rinib turibdiki yuqorida ko’rib chiqilgan LMS tizimlarining imkoniyatlari bir-biridan qolishmaydi.
Moodle tizimi – pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini takomillashtirishning vositasi
Moodle – Web muhitida o’qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Mazkur tizimda Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking kabi ko’plab o’qitish modullar mavjud.
Boshqa LMSlar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo’llab-quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko’p qo’shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua bu Moodle dasturiy majmuasidir.
Hozirgi vaqtda dunyoning aksariyat ta'lim muassasalari o’z masofaviy ta’lim tizimilarini tashkil etishda Moodle dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar.
Shuningdek, Respublikamizdagi ko’plab ta’lim muassaslari virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Virtual ta’lim muhiti” (http://etuit.uz), O’zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o’quv-axborot markazi», Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» (http://moodle.uzedu.uz), Toshkent Turin Politexnika universiteti (moodle.polito.uz), Andijon mashinasozlik instituti (http://moodle.andmiedu.uz).
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o’quv jarayonini boshqaruvchi Web interfeysli muhitga yo’naltirilgan maxsus tizimi bo’lib, asosan global tarmoqda foydalanishga mo’ljallangan. Tizimni yaratishda PHP, MySQL, AJAX, JavaScript, HTML, CSS, XML jQuery kabi qator ochiq kodli dasturiy vositalardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati (Apache yoki IIS) dasturlari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan operatsion tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novell Netware). Mazkur o’quv qo’llanma yozilayotgan vaqtda Moodle tizimining 2.9 versiyasidan foydalanilgan. Tizimning rasmiy internet manzili:
http://www.moodle.org
3.2.1 -rasm. Moodle dasturiy majmuasining umumiy ko’rinishi
Moodle tizimidan foydalanish uchun dastlab mazkur LMS tizimida yaratilgan ilovaga a’zo bo’lish talab etiladi. Moodle tizimida ro’yxatga olish jarayoni barcha versiyalarida deyarli bir xil kechadi.
Zamonaviy dunyo taraqqiy qilib rivojlanish natijasida kompyuter texnikasi va aloqa vositalari insoniyat hayotini tubdan o’zgartirib bormoqda. Bunday o’zgarishlar ta’lim sohasiga ham o’ziga xos ravishda ta’sir qiladi va o’qituvchi va talabaning masofadan turib o’zaro muloqot qilishi va ta’limning olib borilishi buning yorqin namunasidir. Ushbu qo’llanmada elektron ta’limning uslub va vositalari , ya’ni Moodle elektron kurslari boshqaruv tizimi asosidagi ta’lim tizimi haqida fikr yuritiladi.
Moodle tizimini quyidagi maqsadlarda ishlatish mumkin:
masofaviy ta’lim uchun- bunda o’qituvchi va talaba ko’p vaqtda yuzma-yuz uchrashmasdan ta’lim olib boriladi;
ta’limning masofaviy qo’llab-quvvatlanishi-elektron ta’lim vositalari asosida talabalar Moodle tizimidan foydalangan holda topshiriqlarni olishi va uni tekshirish uchun yuborishlari mumkin;
amaliy topshiriqlarning, testlarning bajarilishi elektron ta’lim tizimi moodleda o’quv mashg’ulotlari vaqtida amalga oshiriladi.
Moodle tizimi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
o’qituvchi va talabaga ta’lim olish uchun qulay vaqt va joyning tanlash imkoniyatining mavjudligi;
bilimning puxta o’zlashtirilishi;
o’qituvchi va talabaning kerak bo’lgan vaqtdagina muloqotda bo’lishi. Agar talaba topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib borsa, u o’qituvchi bilan muloqotda bolib boradi.
ta’limning individualligi;
vaqt va pulning tejalishi-o’quv mashg’uloti uchun vaqt va pulning sarflanishiga zaruriyat bo’lmaydi.
Moodle tizimida ishlash uchun uni Internetdan yuklab olish kerak. Moodle - masofaviy ta’lim olish tizimi quyidagi bosqichlardan iborat:
Ta’lim berish jarayoniga tayyorgarlik;
Ta’lim berish jarayoni.
Sistemada foydalanuvchi huquqlarini aniqlovchi quyidagi asosiy rollar mavjud:
Administrator- barcha ishni bajara oladigan shaxs;
Kurs yasovchisi (создатель курсов(course creator)) – sistemada kursni tahrirlash, ro’yxatga olish va o’qituvchi tayinlash huquqiga ega;
O’qituvchi (teacher)-o’z kursini tahrirlash va unga assistentlarni, talabalarni tayinlash huquqiga ega;
Assistant(non-editing teacher) – kursni tahrirlash huquqiga ega bo’lmagan, ammo talabarning baholarini, kursning topshiriq va test natijalarini kuzatib borish huquqiga ega ;
Student (Student)- O’ziga tegishli bo’lgan kursda ishlash, kurs materiallarini ko’rish, topshiriqlarni tekshirishga yuborish, testlarni bajarish, forum va chatlarda ishtirok etish huquqiga ega;
Gost(guest)- kurs kategoriyalari bilan tanishuvchi menmon sifatida kirish huquqiga ega shaxs.
Administrator tomonidan o’qituvchi registratsiya qilingan(ro’yxatdan o’tkazilgan) bo’lsa unga login va parol belgilanadi. Sistemaga kirish uchun login va parol berilishi zarur.
Moodle tizimi yordamida masofadan turib ta’lim berish jarayoni juda samarali bo’lib, bunda talaba o’zi o’rganayotgan fanning boshlangich qismidan boshlab mustaqil o’rganadi. Har bir ma’ruza turli ko’rinishdagi topshiriq savollari bilan to’ldirib borilgan.Talaba mavzularga doir topshiriqlarni mustaqil ravishda bajaradi va fan bo’yicha olgan bilim, ko’nikmalarini orttirib boradi. Agar biror topshiriqni bajara olmasa u holda ma’ruza qismini qayta takrorlash imkoniyati mavjud.
|
| |