|
-rasm. Moodle tizimi bosh sahifasining ko’rinishi
|
bet | 44/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj23.2.2-rasm. Moodle tizimi bosh sahifasining ko’rinishi.
Yangi kurs qo’shish. Sistemaga yangi kurs qo’shish huquqiga administrator, kurs yasovchi va o’qituvchi (agarda o’qituvchiga administrator tomonidan kurs yasash huquqi berilgan bo’lsa) ega bo’ladi. Kursni yasash uchun kurslar kategoriyasi oynasidan kurs qo’shish( Добавить курс) bandi orqali amalga oshiriladi.
1.Kurs qo’shish( Добавить курc) tugmasi bosiladi.
2.Kurs qo’shish oynasining formasi ekranga chiqadi. Bunda kerakli parametrlar o’rnatilib, kerakli bandlar to’lsiriladi.
3.2.3-rasm. Kurs qo’shish oynasi.
Kurs qo’shish oynasida kursning kategoriyasini aniqlash uchun oynadan kurs qaysi kategoriyaga tegishli ekanligi aniqlanadi. Agar darchada yaratayotgan kursga tegishli oyna bo’lmasa u holda ixtiyoriy bir kategoriyani tanlab keyin uni o’zgartirish mumkin.
Nazorat savollari
Moodle tizimini izohlang.
Open LMS tizimi haqida izohlang.
Sakai qaysi dasturiy tilde yozilgan.
Moodle, LMS tizimlari – pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini takomillashtirishning vositasi haqida izohlang.
Validasiya modelini izohlang.
Franchayzing modelini izohlang.
Konsorsium modelini izohlang.
Multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan (birlashtirilgan) masofali o`qitish haqida izoh bering.
3.3. Elektron pedagogikada adaptiv o’qitish tizimlaridan foydalanish
Reja:
Adaptiv tizim va platformalar turlari
Adaptiv o’qitish tizimlarga qo’yiladigan talablar
Kalit so’zlar: Adaptiv tizim, AVANTI tizim, PALEVAS, ADT, NASOS, SCHOLAR, WHY tizimlari, Knewton, Smart Sparrow, Aero, INTELLIPATH.
Adaptiv tizim va platformalar turlari
“Adaptiv texnologiyalar”, “shaxsiylashtirilgan ta’lim” va “adaptiv (moslashuvchan) ta’lim” tushunchalarini farqlash zarur. Birinchi ta'rif sotib olish yoki qurish mumkin bo'lgan raqamli platformalar va ilovalar to'plamini anglatadi. Shaxsiylashtirilgan ta'lim - bu o'quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish uchun kursni aniq sozlashga qaratilgan umumiy o'qitish va o'rganish amaliyotidir. Adaptiv (moslashuvchan) ta’lim shaxsiylashtirilgan ta'lim shakllaridan biri bo'lib, unda moslashuvchan texnologiyalar muhim rol o'ynaydi.
|
| |