|
Nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda elektron ta’lim resurslarining o’rni
|
bet | 52/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda elektron ta’lim resurslarining o’rni
Ko’rinib turibdiki, amaliy mashg’ulotlarning asosiy tarbiyaviy maqsadi muayyan turdagi masalalarni yechish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Shuning uchun bunday darsni o'tkazish jarayonida talabalarga taklif qilinadigan vazifalar soni nisbatan past darajadagi murakkablik bilan etarlicha katta bo'lishi kerak.
Hozirgi ta’lim tizimini axborotlashtirish davrida hosil bo’ladigan va qayta ishlanayotgan axborotlar hajmi kun sayin ortib, zamonaviy kompyuter va telekommunakasion texnologiyalari vositalari tez sur’atlar bilan mukammalashib va takomillashib borayotgan sharoitda ta’lim tizimini kerakli axborot manbalari bilan ta’minlash, ularni to’plash, saqlash va qayta ishlash usullari bo’yicha kerakli bilim va malakalarini shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlari va tashkillashtirish usullarini butunlay o’zgartirib yuborish bilan birga, yangi pedagogik texnologiyalarining zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq etish bo’yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib bermokda.
Bugungi kunda o’quv jarayonining barcha jabhalarida zamonaviy elektron axborot resurslarining, ko’plab axborot va kommunikasion texnologiya-larining, shu jumladan dasturiy jihozlash vositalarining keng imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dasturiy jihozlash vositalari – amaliy dasturiy jihozlar bo’lib, ular ta’lim tizimining barcha sohalarida dasturiy tizimlarni yaratish, tayyorlash, tashkiliy materiallarni va ma’lumotlarni jamlash, grafik yoki animasiyalarni qo’shish va namoyish uchun mo’ljallangan. Bunday vositalar yordamida o’quv jarayonini tashkil etish uchun multimedia kurslarini yaratish ko’proq samara beradi.
Multimedia kurslari asosida o’quv jarayonini tashkil etishda mash-g’ulot o’tishning turli uslublari va texnologiyalaridan foydalanish lozim bo’ladi. Buning uchun talabalarning o’quv auditoriyalarida, kompyuter sinf-larida, o’qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy kabinetda amaliy shug’ullanishlarini tashkil etish lozim.
Bundan tashkari barcha multimedia o’quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan o’tgan bo’lishi bilan birga, o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lish bilan birga, ularning xususiyatlari bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o’quv materiallarining tasvirlanish formasiga va ko’rinishiga bog’liq bo’lishi kerak. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o’quv jarayonida talabalarni professional bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim. Bu esa interfaol ma’ruzaviy multimedia kurslarini va namoyish materiallarini to’ldiruvchi, tradision usulda chop etishga asoslangan elektron o’quv qo’llanmalari yaratish lozimligini ko’rsatadi.
Interfaol multimediali kurslar turli xil axborotlarni – matn, statik va dinamik grafika, video va audio yozuvlarni integrasiyalash imkonini beradi . Ulardan foydalanish ma’ruzaviy namoyishlarning sifatli video yozuvlarini, kompyuterli laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, hodisa va jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu esa ro’y berayotgan jarayonlarni ta’sirchanligini va haqqoniyligini ko’rsata oladi xamda talabani o’quv jarayonida faolroq va diqqatliroq bo’lishga o’rgatadi.
Multimedia kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – o’qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o’rinlardan birini egallaydi.
Kompyuter yordamida modellashtirish turli jarayonlar va obyektlarni asosiy xossalarini tekshirish va namoyish qilish, u yoki bu nazariy ma’lumotlarni qo’llanilish holatini va chegarasini aniqlash imkonini beradi.
|
| |