|
Internet resurslaridan ta'lim jarayonida foydalanish
|
bet | 54/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Internet resurslaridan ta'lim jarayonida foydalanish
O‘qitish uchun axborot resurslarining integratsiyasi: didaktik vositalarning uyg‘unligi, an’anaviy va pedagogik dasturiy vositalardan kompleks foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishning texnik vositalari.
“Lektor” tizimi va undan pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda foydalanish. Pedagogik-dasturiy vositalar bo‘yicha praktikum.
Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari:
1. Elektron o‘quv materiallari va ularning turlari: elektron darslik, electron o‘quv qo‘llanmasi, elektron ma’lumotnoma, elektron xrestomatiya, elektron katalog va boshqalar.
2. Elektron o‘quv materiallarini yaratish bosqichlari va texnologiyasi.
3. Elektron o‘quv materiallarini yaratish printsiplari. HTML va JavaScript asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish.
4. Zamonaviy dasturlash tillari asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish( Delphi, Visual Basic, C++ va boshqalar).
5. PowerPoint va FrontPage muhitida ilovalar yaratish.
6. Hypermethod muhitida multimediali ilovalar va elektron o‘quv materiallarini yaratish. O‘quv materiallariga ovoz berish texnologiyasi va uning vositalari.
O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari:
Audiovizual axborot: tabiati, manbalari, o‘zgartiruvchilar, tashuvchilari.
Audiovizual madaniyat: tarixi, kontseptsiyalari, tuzilmasi, faoliyat ko‘rsatishi.
Inson tomonidan audiovizual axborotni qabul qilishning psixofiziologik asoslari. Audiovizual texnologiyalar: rasm va rasmga olish, optik proeksiya (statik va dinamik) va uning vositalari, tovush yozish(analogli va raqamli) va uning vositalari, televidenie va videoyozuv (analogli va raqamli) va uning vositalari, kompyuterlar va multimediali vositalar. O‘qitishning audiovisual texnologiyalari: tele va videokonferentsiyalar va ularni tashkil etish, audio, video va kompyuterli o‘quv qo‘llanmalari, audio, video va kompyuterli materiallarning banki, audio, video va kompyuterli o‘quv qo‘llanmalarini yaratishning didaktik printsiplari.
Yuz yilliklar davomida ta’lim insoniyat faoliyatining eng konservativ sohasi sanalib kelingan, chunki bilimlar hajmi muntazam oshib kelgan, ammo axborotlarni uzatish texnologiyalari o‘zgarmasdan qolgan. Bugunga kelib vaziyat o‘zgardi: axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish va INTERNETning shakllanishi tufayli zamonaviy ta’lim tizimi o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi, ya’ni axborot-ta’lim muhitining shakllanishi va rivojlanishi kuzatilmoqda.
Jahon kompyuter tarmog‘i - INTERNET va yangi virtual o‘qitishning kompyuter tizimlari asosida ta’lim mahsulotlari va xizmatlari bozori jadal rivojlanmoqda. Jahondagi ta’lim jarayonining tahlili hozirning o‘zida 1 million talabasi bo‘lgan Mega universitetlariga o‘tilayotganini ko‘rsatmoqda. Ularni o‘qitishda zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Endilikda jahon tadbirkorlik tizimida elektron tijorat o‘z o‘rnini topgan vaqtda, elektron ta’lim INTERNETning eng istiqbolli rivojlanish sohasi sanalmoqda.
Masofaviy o‘qitish INTERNET kompyuter tarmog‘i shakllanganga qadar ta’lim tizimining shakli sifatida rivojlanib kelingan. Dastlab o‘quv-metodik materiallar maxsus jamlanib talabalarga mustaqil o‘qishlari uchun yetkazib berilgan. Mashg‘ulotlar o‘tkazish va ma’ruzalar o‘qish uchun televideniya texnologiyalaridan foydalanildi. Vaqt o‘tishi bilan qog‘ozdagi darsliklar va qo‘llanmalar o‘rnini CD, DVD-ROM disklar egallamoqda. INTERNET tizimining paydo bo‘lishi bilimlarni tarqatish texnologiyalarining rivojlanishiga, talaba va o‘qituvchilarga elektron darsliklar va kutubxonalardan foydalanishga, bilimlarni testlar orqali sinashga, yangi o‘zaro muloqot vositasini shakllanishiga asos bo‘ldi. Shunday qilib, INTERNET ta’lim muhitida axborot madaniyatini oshishiga zamin yaratildi.
Agar INTERNET tizimida mavjud ta’lim resurslarini tahlil qilsak, ularni shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
- birinchi guruhga faqat INTERNET texnologiyalariga asoslangan shaklda faoliyat yurituvchi muassasalar kiradi. Ularda ta’lim kursini tanlash, kurs uchun to‘lovlar, talabalar uchun mashg‘ulotlar, nazorat topshiriqlarini yuborish va ularni javobini tekshirish, shuningdek oraliq va yakuniy imtihonlarni topshirish tarmoq orqali amalga oshiriladi. Bunday ta’lim muassasalari «virtual universitetlar» deb yuritiladi. Bunday universitetlar dasturiy ta’minotga bo‘lgan talabning yuqoriligi va dastlab katta moliyaviy xarajatlar zarurligi sababli ko‘p emas;
- ikkinchi guruhni ko‘pchilikni tashkil etadigan o‘quv maskanlari tashkil etadi. Ularda an’anaviy ta’lim masofaviy o‘qitishning zamonaviy vositalari bilan qo‘shib olib boriladi. Bunday ta’lim muassasalari o‘zlarining ma’lum kurslarini elektron shaklga o‘tkazib, INTERNET texnologiyalari orqali o‘qishlarni tashkil qilish bilan birga, an’anaviy imtihon sessiyalarini tashkil etmoqdalar. Ya’ni o‘quv jarayonini qisman kompyuterlashtirishga erishilgan;
- uchinchi guruhga INTERNETdan o‘zlarida ichki kommunikatsiya muhiti sifatida foydalanayotgan ta’lim muassasalari kiradi. Ular o‘zlarining INTERNETdagi saytlarida o‘quv materiallarini joylashtirishgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, yangi axborot texnologiyalari o‘qitish mazmunini boyitadi, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqot shaklini o‘zgartiradi. Bunda oliy ta’limning yangi sifati va paradigmasi shakllanadi.
|
| |