|
ZiyoNET Portali elektron kutubxonasining rivoji
|
bet | 55/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2ZiyoNET Portali elektron kutubxonasining rivoji
XXI asr fan-texnika va axborot texnologiyalari o‘zaro uyg‘unlikda shiddat bilan rivojlanayotgan davr hisoblanadi. Hayot tarzini yengillashtirish va kundalik muammolarni bartaraf etish maqsadida shaxsiy kompyuter, noutbuk, aypod, smartfon va shu kabi gadjetlardan foydalanish odatiy holga aylanib ulgurdi. Yirik axborot manbaasi – an’anaviy kutubxonalar o‘z resurslarini elektron shaklda taqdim etmoqdalar. Ayniqsa, o‘z-o‘zini boshqaruvchi elektron kutubxonalar faoliyati kengayib bormoqda. Ushbu kutubxonalar oliy ta’lim muassasalari, turli korxona va tashkilotlar saytlarida joylashtirilgan. Shu munosabat bilan alohida maxsus ilmiy-ta’limiy hamda ko‘ngilochar portallar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ana shunday portallardan biri ZiyoNET jamoat ta’lim tarmog‘i Respublikamiz yoshlari hayotida alohida o‘rin egallaydi. Portal 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191-sonli Qarori asosida tashkil etilgan.
XTV hamda OO‘MTV tomonidan taqdim etilgan materiallar (darsliklar, masalalar to‘plami, uslubiy qo‘llanmalar va h.k) asosida ZiyoNET portali “Kutubxona”sini boyitib borish ustida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, ingliz va boshqa turli tillarda taqdim etilgan materiallar ZiyoNET Resurs Markazining XTV hamda OO‘MTV huzuridagi bo‘limlari xodimlari tomonidan qayta tekshiruv asosida “Kutubxona” bo‘limiga bosqichma-bosqich joylashtirib boriladi. Ayni paytda elektron kutubxonada 55 000 dan ortiq resurs jamlandi. Shu sababli mazkur bo‘lim yoshlar orasida eng ommabop bo‘lim hisoblanadi.
ZiyoNET elektron kutubxonasidan turli shakldagi, xususan, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, mustaqil ishlar, taqdimotlar, lug‘atlar, bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, nomzodlik va doktorlik ilmiy ishlari avtoreferatlari va boshqa ko‘plab ta’limiy resurslar o‘rin olgan. Barcha jamlangan materiallarni tartibga keltirish hamda yagona shaklga o‘tkazish maqsadida UZINFOCOM Markazida umumiy texnik talablar bajarildi, shuningdek, kerakli materialni izlash jarayonini osonlashtirish uchun katalizator ham yaratildi.
Shuningdek mazkur resursni boyitishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ham salmoqli hissasi qo‘shmoqda. Bugunga qadar Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim qilingan ko‘plab ilmiy jurnallar, byulletenlar bilan birga, 2000 dan ortiq nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarining avtoreferatlari ham kutubxonadan o‘rin egalladi.
Ma’lumki, 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Chet tillari” bo‘linmasiga 500 dan ortiq turli xildagi chet tillarini o‘rgatuvchi o‘quv qo‘llanmalari hamda uslubiy materiallar joylashtirildi.
Yoshlarning zamonaviy axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida joriy yilning may oyida ZiyoNET Portali tubdan to‘liq modernizatsiya qilindi va yangicha ko‘rinishga keltirildi. Yangilanish ZiyoNET portalining Elektron kutubxonasiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shu asnoda kerakli resursni shakli va tiliga ko‘ra izlash hamda materialni baholash imkoniyati yaratildi.
ZiyoNET kutubxonasini modernizatsiyalash jarayonida erishilgan eng asosiy yutuqlardan biri – OTM va boshqa ilmiy-ta’limiy muassasalar shaxsiy kabinetlarining joriy etilganligidir. Shaxsiy kabinet yordamida ta’lim muassasalari barcha materiallarni o‘z javobgarliklari asosida (mualliflik huquqini saqlab qolgan holda) joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa kerakli materialni joylashtirishda ortiqcha kuch va vaqt sarflanishining oldini olishga yordam beradi.
Yangilanish joylashtirilishi lozim bo‘lgan material shakliga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi – materialni elektron kutubxonaga arxivlangan holda joylashtirish o‘rniga doc va pdf shaklida portalga kiritish imkoniyati shakllantirildi. Mazkur yangilanish materialni izlash jarayonini osonlashtiradi.
Yaqin kunlarda ZiyoNET Kutubxonasini o‘zgartirish va modernizatsiyalash bo‘yicha navbatdagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda: umumta’lim maktablari darsliklarini umumiy tartibda joylashtirish, shuningdek, axborot materiallarini onlayn o‘qish imkoniyatini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, resurslar sonini sezilarli oshirish hamda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ZiyoNET kutubxonasini boshqa elektron kutubxonalar bilan integratsiyalash ham ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, foydalanish qulay bo‘lishi uchun barcha resurslarni foydalanuvchilar guruhi, ya’ni, o‘quvchilar, talabalar, ilmiy izlanuvchilar va h.k. asosida bo‘lib chiqish ham galdagi vazifalardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda ZiyoNET kutubxonasida ilmiy va ta’limiy xarakterdagi resurslar mavjud bo‘lib, kelajakda bo‘limni badiiy adabiyotlar bilan ham boyitib borish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat yoshlar, balki, aholining turli qatlamiga mansub bo‘lgan foydalanuvchilarni ham portalga bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda aqliy zakovatini o‘stirishda o‘z hissasini qo‘shadi.
ZiyoNET tarmog'i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· Ta'lim muassasalarini ulash monitoringi;
· Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish;
· Axborot-ta'lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish;
· Yoshlarni, o'qituvchilarni ta'lim muassasalari va ta'lim sohasiga bog'liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o'zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish.
Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega loyihalar uchun xosting
Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi maqsadida, ZiyoNET tarmog'ining resurs markazi tomonidan ta'lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyixalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi.
Batafsil ma'lumotni bu yerda ko'rishingiz mumkin.
Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyixalar uchun xosting taqdim etish bo'yicha savollarga javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud..
ZiyoNETdagi satellit-saytlarining yaratilishi
Yoshlarning, o'quvchilarning va manfaatdor shaxslarning orasida AKT dan foydalanish malakalarini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etish uchun bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyati amalga oshirilgan.
Satellit-saytlar – Wordpress platforma bazasida domenning uchinchi darajasida foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan turli mavzu yo'nalishidagi saytlardir.
ZiyoNETda satellit-saytini yaratish bo'yicha savol-javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud..
Ta'lim muassasalarini ZiyoNET tarmog'iga ulash bo'yicha savollar
Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta'lim muassasalari (ulanish ob'ektlari) ZiyoNET yagona axborot-ta'lim tarmog'ida birlashishlari, ya'ni ZiyoNET tarmog'iga birlashish dasturi doirasida internetga ulanishlari shart.
UZINFOCOM Markazining ZiyoNET axborot resurs markazi Tender komissiyasining ishchi guruhi vazifasini ham o'z zimmasiga olgan holda, provayderlar hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, o'quv muassasalarining internet tarmog'iga ulanishining monitoringini amalga oshiradi.
|
| |