Elektron pedagogika




Download 2,01 Mb.
bet57/59
Sana31.05.2024
Hajmi2,01 Mb.
#258304
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2

Elektron Tijorat

MVA

Loyihalar boshqarish




MVA

Internet-Texnologiyalar

MCS

Kompyuter Huquqi

ML




“Internet – Texnologiya” dasturi “Elektron tijorat” internet loyihasi sohasida menedjerlar tayyorlashga yo’naltirilgan. Loyihani bitiruvchilar xalqaro Master of Computer Science magistrlik diplomini oladilar.
Telekonferensiya (teleconferencing) – ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan boshqariladi. Telekonferensiya jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter ma’lumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga jo’natilgan xabar uning barcha qatnashchilariga etkaziladi, ya’ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga o’xshaydi. Telekonferensiya o’zida audiokonferensiya (audioconferencing), videokonferensiya (videoconferencing) va kompyuter konferensiyalari (computer conferencing) kabi texnologiyalarni mujassamlashtiradi.Hozirda kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti interfaol telekommunikatsiya texnologiyalarining yangi texnik imkoniyatlari videokonferensiya va audiokonferensiya kabi texnologiyalarning rivojlanishiga olib keldi. Interfaol masofaviy o’qitish tizimining joriy etilishi videokonferensiya texnologiyalari bilan hamohang ravishda istalgan masofada sinxron axborotlar almashinuvini ta’minlaydi.Hozirda fanlarni kompyuterlardan foydalanib o’qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan o’quvchilarni shaxsga yo’naltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin.
Pedagoglar kompyuterdan darsga metodik materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni o’qitishda zarur kompyuter dasturlaridan foydalanishda, o’quvchilar bilan individual ishlash jarayonida ham foydalanadilar. Kompyuter dasturiy vositalariga kiritilgan interfeysning qulayligi, pedagoglarga yangi axborot texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirishlari imkonini yaratadi. Bu bilimlarni uzatishda, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Kompyuter texnologiyalarining o’quv jarayonida asosli qo’llashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va eksperimentlarning kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir. Kompyuter yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, model va natijalarning namoyishi, ko’p hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga bo’lgan ehtiyojni o’rnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim o’tkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni modellashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.
Shunga ko’ra, Respublikamizda masofaviy o’qitishni video konferensiya ko’rinishda va boshqa metodlar yordamida o’tkazish kelajagi porloq. 1999-2003 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik institutida Yevropa ittifoqining TEMPUS-Tacis dasturi doirasida “O’zbekistonda masofaviy o’qitish” xalqaro ta’lim loyihasi muvaffaqiyatli bajarildi. Ushbu loyihada evropa ittifoqidan Gamburg-Xarburg texnika universiteti (Germaniya), Tventi univesiteti (Gollandiya) va Alborg univesitetlari (Daniya) ishtirok etishdi.O’zbekiston va evropa ittifoqi davlatlari universitetlari hamkorligidagi masofaviy o’qitish loyihasi quyidagi maqsad va vazifalarni bajarishni o’z oldilariga qo’ygan edi:
• Yevropa ittifoqi davlatlari universitetlarining yirik olimlari va mutaxassislari oliy ta’lim muammolari haqidagi ma’ruzalarini tashkil qilish;
• Yevropa ittifoqi universitetlari yirik olimlari va mutaxassislari ishtirokida ilmiy va texnik muaommolar haqidagi videokonferesiyalarni tashkil qilish;
• Seminar darslarini o’tkazish;
• Yig’ilishlar va konferensiyalar o’tkazish;
• Yangi texnologiyalar va texnik vositalarning taqdimotini va namoyishini o’tkazish;
• Yevropa ittifoqi davlatlari va Respublika OO’YU ilmiy-tadqiqot muammolariga bag’ishlangan hisobotlar va montoringlar o’tkazish;
• Innovatsion texnik muammolarni hal qilishda birgalikda ishlash;
Bu loyiha doirasida quyidagi uchta yo’nalish bo’yicha yuqori malakali kadrlarni tayorlash ham ko’zda tutilgandi:
• Telematika (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari)
• O’lchov texnikasi
• Kimyo texnologiyalari (gaz va neft mahsulotlarini qayta ishlash)
Bu loyihani ishga tushirish oliy ta’limni isloh qilishga ko’maklashishiga yo’naltirilgan va bu quyidagi muhim ilmiy-amaliy vazifalarni yechishga imkoniyat yaratib berdi:
• Ochiq ta’lim konsepsiyasini qo’llash va ta’lim jarayoni uchun zamonaviy texnologiyalarni sinash va ularni rivojlantirish;
• O’quv jarayoniga innovatsiya texnologiyalarini qo’llash;
• Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda masofaviy o’qitish tizimini takomilashtirish;
Masofadan videokonferensiya tizimini qo’llash yordamida interaktiv o’quv darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya’ni interfaol usulda ma’ruzalarni o’qish, seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar va hokazo.
Interfaol forma – masofadan videokonferensiya o’qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniyadan ma’ruza o’qish kabi.
Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo’llashda o’qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferensaloqa ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi.
Elektron doskadan masofadan o’qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ko’rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o’qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.
Darslarni masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish alohida talablar asosida tashkil etiladi. Birinchidan, o’quvchilar uchun ham o’qituvchi uchun ham alohidagi talablar qo’yiladi. Efir vaqtini tejash maqsadida, o’qituvchi avvaldan o’tadigan mavzularini taqdimot materiallar ko’rinishida tayorlab olishi talab etiladi. Masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimida o’qituvchi o’zini xuddi sahnadagi aktyor kabi his etishi va tinglovchilar ham oldindan darsni o’zlashtirish jarayoniga tayyor turishlari talab etiladi . Tinglovchilarga ma’ruza bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, masofadan o’qitishning videokonferensiya tizimi o’rnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan bo’lishi kerak: qorong’ulashgan xona, oval formadagi tinglovchilar stoli va terminal kamera qurilmasi to’liq xonani va elektron doskani ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Masofadan o’qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish ishtirokchilar uchun axborot almashishda qulaylik yaratadi va ortiqcha xarajatlarni qisqartiradi.
Videokonferensiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi.
Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi.
Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:
a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;
b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish.
Videokonferensiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80-85% ni ko’rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, meditsina, masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.
Elektron konferensiyalar. Telekonferensaloqa
Masofaviy ta’limda elektron konferensiyalar o’rni haqida to’xtalib o’tamiz. Elektron konferensiyalar (ularni kompyuterli konferensiya deb ham ataladi) bu kompyuter monitorida bir-biridan turlicha uzoqlikda bo’lgan «konferensiya» qatnashchilari tomonidan uzatilgan xabar yoki ma’lumotlarning matnini (eng kamida) olish imkonini beradi, bunda ish joyining qurilmalar bilan jihozlanishi elektron pochta kabi bo’ladi. Dasturiy ta’minot elektron konferensiyadan foydalanish holatiga bog’liq.
Yangi axborot texnologiyalarining telekonferensaloqa va videotelefon vositalari o’qituvchi va talabalar o’rtasida ikki tomonlama aloqani o’rnatish imkonini ta’minlaydi. Bunda bir vaqtning o’zida videotasvirlarning, ovoz va grafiklarning 2 tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Bularning barchasini mijozning (o’qituvchi va talabalar) har bir monitori ekranida 3ta oynada bir vaqtda kuzatish mumkin. Katta auditoriyada guruhli mashg’ulotlar davomida monitordagi tasvirni katta ekranda suyuq kristalli yoki boshqa proeksiya qurilmalari yordamida namoyish qilish mumkin. Bitta ish joyining qurilmaviy-dasturiy jihozlanish talablari: kompyuter, monitor, printer, videokamera, mos dasturiy ta’minot, klaviatura, manipulyatorli sichqoncha, modem.
Videotelefonlar videokonferensaloqadan o’lchamning chegaralanganligi va vizual axborotni namoyish etish sifati va kompyuter ilovalarini real vaqtda ishlatish imkoni yo’qligi bilan farq qiladi. Bu sinf yangi axborot texnologiyalarining didaktik xossalari tasvir, ovoz, grafikani real vaqtda uzatish imkoni va talabalarga o’quv maqsadlari uchun ko’rsatish imkonini o’z ichiga oladi. Bu xossalar o’qitishning an’anaviy shaklida tuzilgan ma’ruza, seminar va nazorat tadbirlarini o’quv jarayonida to’la holicha qo’llash imkonini beradi.



Download 2,01 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Download 2,01 Mb.