• 4.3. Elektron online ta’limning rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari Reja
  • Kalit so’zlar
  • Elektron pedagogika




    Download 2,01 Mb.
    bet56/59
    Sana31.05.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #258304
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
    Bog'liq
    jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2

    Nazorat savollari:
    1. Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari nimalardan iborat?
    2. Masofaviy ta’limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilar
    3. Interaktiv o’qitish nima?
    4. Interaktiv bo’lmagan o’qitish nima?
    5. Internet tizimi tushunchasi?
    6. Tarmoq tizimini tashkillashtirish usullari?
    7. Tarmoq texnologiyalari elementlari?
    4.3. Elektron online ta’limning rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari
    Reja:

    1. O’quv jarayonini elektron ta’lim asosida tashkil etish

    2. Elektron universitetlar haqida ma’lumot

    3. “Internet – Texnologiya” dasturi

    4. Elektron konferensiyalar. Telekonferensaloqa

    Kalit so’zlar: Elektron ta’lim, electron universitetlar, Internet-Texnologiya, elektron konferensiyalar, telekonferensaloqa
    Ta‘limda fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil masofaviy ta‘lim tizimi bilim olishni individuallashtirish, texnologiyasini ishlab chiqish va o’zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida ETdan foydalangan holda talabalar o’qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. O’quv jarayonini ET asosida tashkil etish, shu jumladan, o’quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma‘lum o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi. Bunda ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishdagi eng samarali yo’ldir. Ta‘lim tizimiga elektron axborot ta‘lim texnologiyalarini tatbiq etish, ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini tanqidiy baholash va takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
    • ETni o’quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy texnika bazasini yaratish;
    • o’quv jarayoni uchun ET mo’ljallangan ta‘lim texnologiyalarini yaratish va qo’llash;
    • talabalarni zamonaviy ET texnologiyalari sohasida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish;
    • ETni joriy etish orqali ta‘lim tarbiya va o’qitish jarayonining samaradorligini oshirish.
    Elektron axborot resurslari ta‘limga oid axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidan iborat bo’lib, u ta‘limga oid turli axborotlarning yaratilishini belgilovchi ichki va tashqi omillarga bog’liq:
    - ichki omillar — bu axborotlarning yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
    - tashqi omillar — bu ETning texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. ETdan foydalanish esa, ular bilan muloqotda foydalanuvchilarning ko’nikma va malakalariga bog’liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikasiya vositalarining o’zi nimaligini bilib olish muhim sanaladi.
    Agar o’qitishning masofaviy shaklini mustaqil tizim sifatida qaraladigan bo’lsa, u holda axborotning elektron manbalarini, ya’ni virtual kutubxonalar, turli malaka oshirishlar, maslahat xizmatlari, multmediali elektron darsliklar, uslubiy birlashmalarni o’z ichiga olgan yagona axborot – ta’limiy muhitni yaratish zarurligi haqidagi mantiqiy xulosa kelib chiqadi. Demak, gap masofaviy o’qitish haqida borar ekan, biz o’qituvchi, darslik (axborot-uslubiy ta’minot) va talaba mavjud bo’lgan tizimni ko’rib chiqamiz. Hozirgi zamonda masofaviy o’qitish tushunchasi bizda va chet elda tobora ko’proq tan olinayotganini ta’kidlash kerak. Bundan esa, o’z navbatida masofaviy o’qitishning didaktik ta’minotini – elektron kurslar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, o’qitish tizimining axborot ta’minotini, pedagogik texnologiyalarni, o’qitishning uslub va shakllarini, pedagog-koordinatorlar va tyutorlar tayyorlash zarurati tug’iladi. Ma’ruza matnlarini, darslik va o’quv qo’llanmalarini elektron shaklga almashtirish- muammolarni hal qilmaydi, aksincha, masofaviy o’qitish jarayonini qiyinlashtiradi, xolos. Negaki, bunda o’quv materialini etkazib berish shakligina o’zgaradi. Tizimning boshqa barcha tashkil etuvchilari sirtqi o’qitishdagi kabi bajarilaveradi. Bundan kelib chiqadiki, nazariy ishlash, tajriba bilan tekshirishlar, jiddiy ilmiy-tadqiqot ishlari talab qilinadi. Afsuski, biz uchun Internetda ko’rayotganimiz, kompakt disklarning ko’pchiligi pedagogikaning elementar talablariga javob bermaydi. Masofaviy ta’lim uchun ishlab chiqarilgan pedagogik mahsulotlar elementar didaktik talablarga javob bermaydi. Elektron kurslar, elektron darsliklarga xuddi dastur va darsliklar ishlanishiga qaraganday jiddiy qarash kerak.
    Elektron universitetlar – bu Internetdan foydalangan holda ta’limning yangi texnologiya va shakli.
    Elektron universitetda ta’lim jarayoni Internet orqali ish joyida va uyda, oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanida va maktabda, hatto xizmat safarida tashkil etilishi mumkin. Biz quyida mavjud interenet texnologiya asosida faoliyat yurituvchi Elektron universitetlar xususida to’xtalamiz.
    Elektron universitetlar orasida etakchi universitet Butun jahon taqsimot universiteti hisoblanadi (http://wdu2.da.ru). Universitetning bo’limlari Moskvada, Ostanada, Sofiyada, Bryusselda, Peterburgda, Olmaotada ochilgan. Universitetni ta’sis etuvchisi - Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasi, u dunyoning 60 mamlakatida o’z bo’limlariga ega.
    Universitetning asosiy maqsad va yo’nalishi – magistr, menedjer va elektron tijorat sohasida dunyo standartlariga mos Interenet – texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi mutaxassislar tayyorlash.
    Elektron universitetda ta’lim texnologiyasi OTMdagi sirtqi ta’lim bilan o’xshash – tinglovchilar adabiyotlar va internet-darsliklarni mustaqil o’rganishadi hamda kurs va interenet-loyihalarni bajarishadi.
    Kurs loyihalaridan namunalar – WDU Elektron universitetning axborot saytlari, elektron do’konlar, elektron kataloglar, serverlarning ma’lumotlar bazalari http://wdu2.da.ru
    Butunjahon taqsimot universiteti o’z nizomiga muvofiq quyidagi yo’nalishlar bo’yicha magistrlar tayyorlaydi:


    Download 2,01 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




    Download 2,01 Mb.