|
Elektron pedagogika
|
bet | 40/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Tizimda mavjud o’qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo’llab-quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo’lgan o’quvchi-talabalar tizim orqali o’quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan, ko’zi ojiz talabalar maxsus web-ilovalar orqali tizimga bog’langan holda o’quv kontentdagi so’zlarni audio formatga o’tkazgan holda tinglashi mumkin.
Chamilo – tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo’llab-quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo’shimcha moduli mavjud bo’lib, ma’lum kurslar yakuni bo’yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo’limi orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo’yicha hisobot yaratiladi. Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo’shimcha bo’lgan ochiq muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari modullari ishlab chiqildi.
|
| |