|
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model
|
bet | 38/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. qandaydir oliygoxda o’tkazilayotgan o’quv kurslar, ma’ruzalar yoki seminarlar talabalar yig’iladigan uzoqlashtirilgan o’quv auditoriyalarga sinxron teleko’rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko’rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o’qituvchi bir vaqtni o’zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo’yicha
AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o’qitish tashkil etilgan.
Loyihalar model. Davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo’ljallangan masofali o’qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o’quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o’qituvchilar va olimlar yig’iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o’qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo’ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so’ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerkasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o’tkazgan qishloq xo’jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo’yicha va sh.k. masofali o’qitish kurslari olish mumkin.
Chet el davlatlari ekspertlarining ma’lumotlariga ko’ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi uchun zarur bo’lgan ta’limning minimal darajasi oliy ta’lim bo’ladi. Shunday ekan, ko’p sondagi talabalarni kunduzgi shaklida o’qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag’i chidamasa kerak. Shuning uchun ham oxirgi o’n yillikda kunduzgi bo’limlarda o’qiyotgan talabalarga qaraganda noan’anaviy texnologiya asosida o’qiyotgan talabalarning soni tezroq o’smoqda.
O’qitishning noan’anaviy shakliga o’tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta’lim muassasalarining sonini ko’payishida ham ko’rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda (10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida) 187 ta va 1980 - 1995 yillarda (15 yil mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi (1 - rasm).
Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o’qitish tizimini (MO’T) rivojlanish sabablaridan biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o’quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta’lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi" konsepsiyasidan "ta’lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko’plab g’oya, bilim va ta’lim" konsepsiyasiga o’tishni ko’zda tutadi.
|
| |