• Ikkilangan modeli
  • Aralash mode
  • Elektron pedagogika




    Download 2,01 Mb.
    bet36/59
    Sana31.05.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #258304
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
    Bog'liq
    jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2

    Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko’ra faqat masofali o’qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O’qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kunduzgi shakli zarur bo’lmaydi. Barcha o’qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o’qitishda xududiy markazlar bo’lib, ularda talabalar o’qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.
    Bunday oliygoxlarda o’qituvchilarga ham talabalarga ham o’quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o’quv jadvallariga qa’tiy chegaralar qo’yilmaydi.
    Bunday tamoyilida o’qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
    Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygox kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o’qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o’qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo’ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygox kunduzgi talabalar soni masofali o’qiyotgan talabalar sonidan katta bo’lgan ana’naviy oliygoxlardir. Shuning uchun bir universitetning o’zida ikki shaklning birgaligida ko’proq o’zlarida katta o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygoxlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba’zan u qisman kunduzgi talabalarni o’qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg’u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o’qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
    Aralash model. Bu model universitet talabalarini masofali o’qitishning turli shakllarini, aniqrog’i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o’qiyotgan talabalar masofali o’qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o’qituvchisi o’qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o’qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma’ruzalar ko’rinishidagi mashg’ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo’lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jixozlangan bo’lsa, shunchalik o’qitish shakllari turli-tuman bo’ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zellandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




    Download 2,01 Mb.