Bir necha o’quv yurtining hamkorligi




Download 2,01 Mb.
bet35/59
Sana31.05.2024
Hajmi2,01 Mb.
#258304
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2

3. Bir necha o’quv yurtining hamkorligi. Sirqi va masofali o’qitish dasturini amalga oshirishda qilinadigan hamkorlik ularni, sifatliroq va kam xarajatli bo’lishini ta’minlaydi.
Bunday tajriba, masalan Keprikon universitetlari aro tele o’qitish dasturida amalda qo’llangan bo’lib, unda Boliviya, Braziliya, Chili va Paragvay universitetlari ishtirok etadi. Ana shunday hamkorlik misoli bo’lib, "Ta’limda hamkorlik" dasturi xizmat qilishi mumkin. Britaniya hamdo’st mamlakatlarining yurtboshilari 1987 yili barcha hamkor davlatlar uchun masofali o’qitish tarmog’ini tashkil etishni kelishib olishga yig’ilishgan. Dasturning istiqboldagi maqsadi - hamdo’st mamlakatlarda mavjud kollej va universitetlar negizida ixtiyoriy ta’lim olish imkoniyatini yaratib berishdan iboratdir.
4. Maxsus masofali o’qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim massasasalari. Ana shunday muassasalardan eng yirigi Londondagi ochiq universiteti (Thy Open University) hisoblanadi. Hozirgi kunda unda nafaqat Buyuk Britaniya balki ko’pgina hamdo’st davlatlarining talabalari masofadan turib o’qimoqda.
AQShda bunday universitet sifatida Milliy texnologik universitet (Kolorado shtati)i misol bo’lishi mumkin. Bu universitet 40 ta muxandislik kollejlari bilan birgalikda turli mutaxassisliklar bo’yicha xodimlarni tayyorlamoqda.1991 yili universitet shtat raxbariyati va biznes sohasi bilan yaqin hamkorlikda 40 ta kollejni masofali o’qitish tarmog’i bilan birlashtirdi.
5. Avtonom o’qitish tizimlari. Bunday tizimlar doirasida o’qitish to’la TV va radiodastur, shuningdek, qo’shimcha nashr etilgan qo’llanmalar asosida o’qitmoqda. Masofadan turib o’qitishning bunday misoli sifatida Amerika - samoan televizion loyihasini keltirish mumkin.
6. Multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan (birlashtirilgan) masofali o’qitish.
Bunday dasturlar qandaydir sabablarga ko’ra maktabni tamomlay olmagan yoshi katta tinglovchilar auditoriyasiga mo’ljallangan.
Bunday loyhalar ushbu dasturga birlashtirilgan rasmiy ta’lim dasturining qismi (masalan, bunday dasturlar Kolumbiyada mavjud) yoki aniq ta’lim maqsadiga maxsus mo’ljallangan (masalan, Britaniyaning savodxonlik dasturi) yoki maxsus salomatlik profilaktikasi dasturiga yo’naltirilgan (masalan, rivojlanayotgan davlatlar uchun) bo’lishi mumkin.
Ta’lim tizimida qo’llaniladigan masofali o’kitish usulining rang barang shakl va modellari mavjud. Ushbu usulning rang-barangligi masofali o’kitish tizimining shakllanishidagi turli shart-sharoitlari bilan bog’liq. U shartlarga:

  • geografik sharoitlar (masalan, davlatlar territoriyasining ko’lami, markazdan uzoqda yoki ajralgan xududlarning mavjudligi, iqlimi va boshqalar);

  • davlatning kompyuterlashtirilganlik va axborotlashtirilganligining umumiy darajasi;

  • davlatda transport va kommunikasiya vositalarining rivojlanganlik darajasi;

  • ta’lim sohasida mavjud an’analar;

  • masofali o’qitish tizimi uchun ilmiy-pedagogik xodimlarni mavjudligi va shu kabilar kiradi.

YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan masofali o’qitish modellarini keltiramiz:

Download 2,01 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Download 2,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir necha o’quv yurtining hamkorligi

Download 2,01 Mb.