Elektron pedagogika va uning o’ziga xos xususiyatlari




Download 131.72 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi131.72 Kb.
#36802
Bog'liq
ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
lOYIHALASH, Texnologiya darslarida qo‘l mehaatidan foydalanish talablari Rej (1), Bozor iqtisodiyoti (T.Ergashev), O’zbekistonda internet jurnalistlarini tayyorlash masalalari, 405-amal, 9-sing umutga 116 betlik, 2018 testlar 070818164040, Neyron to rlari yordamida tasvirlardagi belgilarni tanib olish a, Diplom ishi, Etika, moral hām ādep-ikramlılıq tusinikleriniṅ ōz-ara baylanısı-hozir.org (1), Dalolatnoma kvartiraga, 10 Tarix UZB JAVOBLARI, Shoxrux Mta 2 amaliy, Kriprografiya 3

ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Boltayeva Vazira


Reja:
1. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va ularni ta’lim jarayonida qo`llash imkoniyatlari, shaxsning ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalarning o`rni.
2. Dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-orgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan o`rgatuvchi tizimlar, foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o`zaro xamkorligini tashkil etish metodlari.
3. Pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari. Pedagogik jarayonda axborot-kommunikatsiya va interaktiv texnologiyalaridan foydalanish.
4. Ta’lim portallari resurslari (Ziyonet.uz, Pedagog.uz, my^study.uz va boshk.) bilan ishlash.
Zamonaviy axborot texnologiyalari an’anaviy o’quv jarayonini takomillashtirish omili bo’lib, ta’lim mazmunini rivojlantirishga yordam beradi. Jumladan, kompyuter va telekommunikatsiya vositalari orqali quyidagi didaktik maqsadlarga erishishi mumkin
1) ta’lim mazmunini tashkiliy jihatlarni takomillashtirish;
2) ta’lim mazmunini tarkibiy qismlari aloqalarini mustahkamlash;
3) har xil turdagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi;
4) o’qitishning modul tizimini rivojlantirish;
5) o’quv kursini muayyan mavzu va bo’limlar yaxlitligi sifatida namoyon bo’lishi;
6) darsni didaktik harakatlar tizimi sifatida takomillashtirish;
7) o’quv materialini bosqichma-bosqich o’rganishga erishish;
8) o’quv materiali mazmunini ta’lim oluvchilar xususiyatlariga moslashtirish imkoniyatlari;
9) adiovizual vositalar yordamida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasidagi pedagogik muloqot mazmunini takomillashtirish va ‘.k.
Ta’lim mazmunini tashkiliy jihatdan takomillashtirish masalasi birinchi navbatda o’quv materiali hajmining keskin o’sishi va tezkor suroatlar bilan yangilanishi muammosini hal qilishi zamin yaratadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim mazmuni tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq jihatlari va aloqalarini rivojlantirish orqali o’quvchiga hohlagan o’quv materiali fragmentidan alohida yoki boshqa elementlar bilan bog’liq tarzda foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug’diradi.
Bundan tashqari, ushbu texnologiyalar ta’lim mazmunini har xil darajalarda rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, o’quv materiali mazmunini ta’lim oluvchilar xususiyatlariga moslashuvchanligi jihati ta’limni individuallashtirish tamoyiliga to’la muvofiqdir.
SHunday qilib, axborot texnologiyalarining o’qitish jarayonida keng qo’llanilishi yangi pedagogik uslub va vositalar taraqqiyoti, o’qituvchilar faoliyati xususiyatlarining tubdan o’zgarishi hamda an’anaviy pedagogik tizimning isloh qilinishiga olib kelishi muqarrardir.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarni qo’llash muammosi shu texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlash masalasi bilan chambarchas bog’liq. Ushbu muammoni yechimi innovatsion texnologiyalar va o’qitish jarayoni o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish, ya’ni ta’lim tizimining texnologik va pedagogik bo’linmalari o’rtasidagi munosabatlarga qaratilgan. Texnologiyalarni to’g’ri tanlash muammosi ularning haddan tashqari ko’pligi va rang-barangligi bilan ham e’tiborlidir. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim tizimida qo’llaniladigan axborot texnologiyalarining quyidagi asosiy turlari mavjud:
– bosma materiallar;
– audiokassetalar, videokassetalar va videodisklar;
– telefon;
– radio va televidenielar jumladan, sputnik va kabel televidenielar;
– Elektron pochta;
– kompyuter o’qitish dasturlari;
– WWW (World Wide Web) Vsemirnaya kartina;
– telekonferentsiyalar (audiokonferentsiyalar, audiografik konferentsiyalar, videokonferentsiyalar, kompyuter konferentsiyalari).
1. Bosma materiallar. Ular hozirda ham aksariyat o’quv kurslarida ma’lumot va o’quv material mazmunini aks ettiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Bular qatorida kitob, jurnallar, boshqa turdagi bosma materiallarini ko’rsatish mumkin.
Lekin bosma materiallarni tayyorlashda ham ko’pincha zamonaviy innovatsion texnologiyalardan (skaner, faks, kichik hajmdagi bosmaxonalar va x.k.) foydalaniladi.
2. Audiokassetalar, videokassetalar va videodisklar. Bular ham zamonaviy ta’lim tizimida keng qo’llaniladi. Videomateriallar (kasseta va disklar) talabalar orasida individual foydalanish uchun yoki butun o’quv guruhi tomonidan o’quv auditoriyalarida ko’rish maqsadida tarqatilishi mumkin. Jamoa shaklida tomosha qilishda talabalar o’rtasida munozara va bahs uyushtirish imkoniyati ham paydo bo’ladi. YOzib olingan video va audiomodullar o’qitishning interaktiv modullari bilan birgalikda masofali ta’lim jarayonida qo’llanilsa katta samara berishi mumkin.
3. Telefon aloqasi. Telefon masofali ta’lim kurslarini uzatishda, talaba va ta’lim beruvchi o’rtasidagi interaktiv muloqotni uyushtirishda keng qo’llanilmoqda. Bu texnologiyaning oddiyligi va nisbatan arzonligi telefonning masofali ta’lim jarayonida keng qamrovli tarzda ishlatilishining asosiy sabablaridan biridir.
4. Radio va televidenie (shu jumladan, sputnik va kabelli televidenie). Keng auditoriyalarga mo’ljallangan o’quv kurslarini yetkazishda radio va televidenie juda samarali vosita deb hisoblanadi. Ammo bu texnologiyalar masofali ta’lim samaradorligini chegaralab, ta’lim oluvchilar uchun distantsion kurslarini qulay vaqtda o’rganish imkoniyatini bermaydilar.
5. Elektron pochta. Bu texnologiya o’qituvchi va talabalar o’rtasidagi o’quv aloqalarini o’rnatish va rivojlantirish maqsadida yoki talabalar o’rtasidagi o’quv aloqa konferentsiyalarini o’tkazishda qo’llaniladi. Aloqa konferentsiyalarining ochiq va yopiq turlari bo’lib, ular ham o’z navbatida boshqariladigan (modeliruemye) va erkin tarzda o’tkaziladigan (nemodeliruempie) toifalariga ajratiladi. Aloqa konferentsiyasi davomida uyushtiriladigan munozara va munozaralarning boshqariladigan turi samarali hisoblanadi. Bunda maxsus mutaxassis-moderator (fasilitator) bahs-munozarani o’quv kursi maqsadlariga muvofiq holda boshqarib va yo’naltirib boradi. Internetdagi alohida WEB sahifalarida olib boruvchi o’qituvchilar uchun foydali ma’lumotlar joylashtirilgan.
Axborot – ma’lumotda rejim bosma materiallar, audio va videoyozuvlardan foydalangan holda o’quv materiallarni o’zlashtirish, uni qulay va ko’rgazmali tarzda tuzish maqsadlariga xizmat qiladi.
O’quv-nazorat rejimi o’z-o’zini nazorat qilish, baholash, masofali ta’lim jarayonida dastlabki va oraliq nazoratni uyushtirishga yordam beradi.
Maxsus ishlab chiqilgan instrumental vositalardan foydalanish kompyuter o’quv dasturlarini yaratish jarayonini yengillashtiradi. Ular yordamida xattoki kompyuter texnologiyalardan uzoq bo’lgan tarix, falsafa, menejment va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar o’qituvchilari turli o’qitish dasturlarini yaratishlari mumkin.
Download 131.72 Kb.




Download 131.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron pedagogika va uning o’ziga xos xususiyatlari

Download 131.72 Kb.