|
Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo
|
bet | 2/4 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 10,31 Kb. | | #131797 |
Bog'liq Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo-fayllar.orgHurmatli foydalanuvchi! Yagona portal Sizga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga murojaatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatini taqdim etadi. Shuni Sizga eslatib oʻtamizki, elektron murojaat ERI bilan imzolanishi shart. ERI – imzoning yopiq kalitini qoʻllagan holda axborotning kriptografik oʻzgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqliligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi. ERI elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun moʻljallangan boʻlib, qoʻlda qoʻyilgan imzoning toʻkis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning oʻzgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qoʻllaniladi. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga muvofiq, ERI bilan tasdiqlanmagan murojjatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. ERI Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 yilga beriladi. ERIni yaqin atrofdagi tuman Davlat soliq inspektsiyasi (DSI)da toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida to'lov summasi undiriladi. ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim: - ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova); - arizada koʻrsatilgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining pasporti; - ERI kalitlarini yaratish xizmati uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitantsiya. Eslatma. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ERI kalitlarini roʻyxatdan o’tkazish uchun CLICK tizimi orqali toʻlovni amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun telefonda *880*0113*STIR*toʻlov summasi# USSD-buyrugʻi teriladi. Bunda: STIR – bu soliq toʻlovchining identifikatsion raqami; Toʻlov summasi – eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida (2016 yil 1 oktyabr holatiga koʻra eng kam oylik ish haqining 10 foizi 14 977 soʻmni tashkil etadi). CLICK orqali toʻlov xizmati faqatgina jismoniy shaxslar uchun mavjud boʻlib, u OʻzR DSI va uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ERI uchun amalga oshiriladi. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng yaqin oʻrtadagi DSIga tashrif buyuring. ERI kalitlarini yozish uchun USB flesh-kartasini olib borishni unutmang.
|
| |