|
elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli
|
bet | 4/4 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 10,31 Kb. | | #131797 |
Bog'liq Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo-fayllar.org elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli - elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi. elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi - elektron raqamli imzo kalitini yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs. elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish - elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish. ERI kaliti foydalanish kengligi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, gi qonuniga asosan elektron raqamli imzo elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘lda qo‘yilgan imzoning to‘kis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning o‘zgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
Elektron raqamli imzo kalit sertifikatining amal qilish muddati - elektron raqamli imzo kaliti ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak
elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish
elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli
elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli
http://fayllar.org
|
| |