|
Elektron tijorat tizimida elektron hujjat aylanishi
|
bet | 4/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #108119 |
Bog'liq Elektron tijorat 1-topElektron biznes ko‘plab yo‘nalishdagi faoliyatlarda ishlamoqda. Elektron biznesning paydo bo‘lishi biznes faoliyatini yurituvchilarga keng miqyosdagi kommunikatsiya texnologiyalari, elektron pochta, ma’lumotlarning elektron almashinishi, elektron to‘lov, internet, intranetdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bulardan foydalanishning natijasida esa, buyurtmalar, hisob – kitob varaqalarini yozish va to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tib bormoqda. Bu tizim ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lib, bugungi kunda keng rivojlanmoqda va oldingi an’anaviy savdo jarayoni usullaridan ketma – ket voz kechish boshlandi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatda turli xil darajada quyidagi andozalardan foydalaniladi: - B2B – Business to Business (korxona korxona uchun); - B2C – Business to Consumer (korxona mijoz uchun);
- G2B – Government to Business (davlat korxona uchun);
- B2E – Business to Employee (korxona xodim uchun);
- C2B – Consumer to Business (mijoz korxona uchun);
- C2C – Consumer to Consumer (mijoz mijoz uchun);
- B2G – Business to Government (korxona davlat uchu);
- G2P – Government to Partner (Davlat hamkor uchun);
- P2G – Partner to Government (Hamkor davlat uchun) va boshqalar. Bank tizimining global axborot tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni naqd pulsiz elektron usulda amalga oshirilishi qo‘l keldi. Bu, o‘z navbatida, pul almashinuvi harakatini jadallashtirdi, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Buning asosida elektron biznes yotadi. Hozirgi kunda tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish, uning hususiyatlarini Internet orqali tashviqot qilish, xaridorni jalb etish va mamlakatimizga valyuta oqimini ta’minlash har bir ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining asosiy tamoyiliga aylangan. Ma’naviyati yuksak mamlakatimiz aholisining ekologik toza va sifatli mahsulotga bo‘lgan talabini qonun doirasida ta’minlash ishlab chiqarish korxonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
|
| |