|
Elektron tijorat tizimida elektron hujjat aylanishi
|
bet | 3/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #108119 |
Bog'liq Elektron tijorat 1-topElektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - bu elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron biznes ko‘plab yo‘nalishdagi faoliyatlarda ishlamoqda. Elektron biznesning paydo bo‘lishi biznes faoliyatini yurituvchilarga keng miqyosdagi kommunikatsiya texnologiyalari, elektron pochta, ma’lumotlarning elektron almashinishi, elektron to‘lov, internet, intranetdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bulardan foydalanishning natijasida esa, buyurtmalar, hisob – kitob varaqalarini yozish va to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tib bormoqda. Bu tizim ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lib, bugungi kunda keng rivojlanmoqda va oldingi an’anaviy savdo jarayoni usullaridan ketma – ket voz kechish boshlandi.
|
| |