Elektron tijoriy muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalar




Download 103.22 Kb.
bet1/20
Sana06.03.2024
Hajmi103.22 Kb.
#168179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
9 mavzu Elektron tijoriy muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalar
магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjatlarning asosiy parametrlari, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uning

ELEKTRON TIJORIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
1. Sun’iy intellekt (Artificial Intellekt) texnologiyalari va kompyuterlar
yordamida o’qitish

Sun’iy intellekt deb, komp’yuterlarning an’anaviy ravishda insonlar bajaradigan aqliy va ijodiy ishlarni bajara olish qobiliyatiga tushuniladi. Yana ushbu atama bilan intellektual mashinalar yaratish ilmi va texnologiyasini ham tushunadilar. Sun’iy intellektning bunday aniqlanuvu 1956 yilda amerikalik informatik Djon Makkarti tomonidan kiritilgan. Ingliz tilida artificial intelligence so’z birikmasi bizda “sun’iy intellekt” ma’nosini bildirsa, intelligence so’zi inglizchada “aqlli fikrlash qobiliyati” deb tushuniladi. Shu sababli, sun’iy intellekt information texnologiyalari qandaydir tizimning o’z-o’zini o’qitish evristik jarayonida qandaydir sinfga oid masalalarni yechish uchun dasturlar yaratish va bu dasturlar yordamida ushbu masalalarni yechishni anglatadi. Sun’iy intellektni aniqlashning empiric testini 1950 yilda Alan T’yuring taklif qilgan. Unga ko’ra, fikrlovchi mashina deb, inson u bilan so’zlashganda uni inson sifatida qabul qilinishi tushunilishi lozim. Sun’iy intellekt tizimlarini yaratish bo’yicha bir qancha yondoshuvlar mavjud. Ular ichida eng ommabopi evristik yondoshuv bo’lib, bunda mashina o’zini o’rab turgan dunyoni sinab ko’rish va xatolar tahlili usuli bilan o’rganadi. “O’qituvchisiz o’qish jarayoni” deb nomlangan extimollik mashinasi g’oyasini ilk bora 1956 yilda Dartmund konferentsiyasida Rey Solomonoff aytib o’tgan. Hozirgi davrda sun’iy intellekt bo’yicha juda ko’p sohalarda ilmiy izlanishlar olib borilayotganida qaramay, biror bir inson yoki ilmiy guruh to’laqonli sun’iy intellekt tizimini yarata olmagan. Hozirgi davrda sun’iy intellekt tizimlari barcha sohalarda insonning ishonchli yordamchisiga aylangan, ammo ko’pchilikning quyidagi savoli hali-hanuz javobsiz qolmoqda: Agarda ertaga mashina insondan aqlli bo’lib ketsa, u xolda nima bo’ladi?
Agar masalaning mohiyatiga qarasak, bunga hali ancha vaqt bor, chunki hozircha mashinaning imkoniyatlari insonga nisbatan juda ham kichik miqdorda.
Agar mashna algoritmlar asosida ishlasa, inson obrazlar bilan ishlaydi. Shuning uchun ham mashina resurslarini eng ko’p ishlatadigan ob’ekt – video informatsiyadir. Inson video ma’lumotlardan tashqari, ovozni, xidni, tasvirni, harakatlarning koordinatsiyasini ham onlayn rejimda yashin tezligida qayta ishlay oladi. Bu esa mashinaning insondan aqlliroq bo’lib ketishi hali-hanuz amalga oshmaydigan bir afsona deganidir.
Hozirgi davrda sun’iy intellekt quyidagi sohalarda qo’llaniladi:

  • So’zlar orqali ifodalangan matnlarni qayta ishlash;

  • Mashina yordamida ta’lim berish;

  • Ekspert tizimlar;

  • Virtual agentlar (chat-botlar va virtual yordamchilar);  Maslahat berish tizimlari.

Britaniya olimi Stiven Xokingning fikriga ko’ra esa, agarda insonlar juda ham qudratli sun’iy intellekt yarata olsalar, bunday sun’iy intellekt insonlar uchun juda havfli bo’lib qolishi mumkin. Quyida sun’iy intellektning bir qancha sohalarda qo’llanilishi bo’yicha misollar ketiriladi.

Download 103.22 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 103.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijoriy muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalar

Download 103.22 Kb.