• Ommaviy bulut (public cloud
  • Amazon YEC2, Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web
  • Gibrid bulut
  • Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish
  • Bulut – tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas.
  • Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat.
  • Elektron tijoriy muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalar




    Download 197 Kb.
    bet5/20
    Sana06.01.2024
    Hajmi197 Kb.
    #130971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    4-mavzu

    Xususiy bulut (private cloud) – korxonaning ichki bulutli infratuzilishi va xizmatidir. Odatda bunday bulutli informatsion tuzilma shaxsiy yoki korporativ tarmoq doirasida joylashgan bo’ladi. Tashkilot unga tegishli bo’lgan bulutni mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. Infratuzilma buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda, yoki qisman buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi xam mumkin.
    Ommaviy bulut (public cloud) - bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan keng xalq ommasi foydalanishi mumkin, bunda kerakli boshlangich ma’lumotlar uni yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari informatsion
    Toshkent Moliya instituti
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
    bulutdagi bazaviy ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar, informatsion xizmatlarning sifati bo’yicha barcha mas’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz esa foydalanayotgan dasturiy-texnik va informatsion resurslar uchun ulardan foydalanishiga bogliq ravishda qandaydir miqdorda haq to‘laydi. Foydalanuvchilarga boshqa bu xildagi elektron platformali yechimlarda erishish mumkin bo‘lmagan va katta ko‘lamli kengayuvchanlik imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-saytdan foydalanish imkoniyatlari tushunarli tarzda va imkon qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday bulutli platformalarda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchilarga Amazon YEC2, Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web kabi onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi bulutli tizimni past va cheklangan darajada nazorat qilganligi tufayli, qat’iy xavfsizlik choralarini va me’yoriy talablarga mos kelishlikni ta’minlab bera olmaydi.
    Gibrid bulut (hybrid cloud) – bu infratuzilma yuqoridagi barcha ko’rsatilgan bulutli modellarini o‘z tarkibiga oladi (xususiy bulut va ommaviy bulut). Odatda, gibrid bulut platformasi undan foydalanadigan kompaniyada yaratiladi, ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulutning bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Misol sifatida xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
    1. Bulut bu nafaqat virtuallashtirish, negaki, server va infratuzilishni virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni amalga oshirish natijasida tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina, operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot konteyneri, yuqori bardoshli operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib
    Toshkent Moliya instituti
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
    boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur.
    2. Bulut tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash xam xato tushunchalardan biri hisoblanadi. Bulutda ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam majburiy bo’lgan atribut hisoblanmaydi.
    3. Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas. Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish mumkinligi kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab bulut texnologiyalarni yetkazib beruvchi kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar, ya’ni, bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. “Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi, unga kim egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi uchun xususiy bulut hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari xosting-provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network – VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin.
    4.Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat. Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xam xususiy bulutlar hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Infratuzilma sifatidagi xizmat ko’rsatish (IaaS – Infrastructure as a Service ) ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng quyi daraja resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etiladi.

    Download 197 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 197 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron tijoriy muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalar

    Download 197 Kb.