• Google
  • Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish




    Download 197 Kb.
    bet4/20
    Sana06.01.2024
    Hajmi197 Kb.
    #130971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    4-mavzu

    9.2. Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish
    Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy harakatlantiruvchi mexanizmlaridan biri bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davr talabiga mos keluvchi yangi yo‘nalishdagi raqamli texnologiyalar yaratilmoqda. Bu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan yetarlicha darajada farq qilishi bilan birgalikda, ayrim hollarda aynan o‘xshash tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash texnologiyalari g‘oyasi o‘tgan asrning oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsada, raqamli elektron aloqa vositalarining shiddat bilan rivojlanib borishi va elektron tizimlar foydalanuvchilarining talablari uzluksiz o‘sib borishi natijasida 2007-2008 yillardan boshlab ommaviylashib, tezkorlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bulutli hisoblash (ingl. Cloud computing) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini masofaviy internet elektron xizmati ko‘rinishida taqdim etadi. Shunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “virtual” ko‘rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‘zining masalalariga qanday kompyuter qanday qilib ishlov berayotganligi, xamda bu ish qanday turdagi operatsion tizim boshqaruvida amalga oshiralayotganligi kabi bir qancha savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati xam bo‘lmaydi. Ish yuritilishida o‘xshashlik va umumiylikni topgan xolda bulutli texnologiyalarni “meynfrem
    Toshkent Moliya instituti
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
    texnologiyalar (mainframe) bilan taqqoslash mumkin. Ammo “bulut”ning “meynfrem”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Dastlab vujudga kelgan bo‘lgan raqamli ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash birmuncha keng tarqalgan edi. Dastlabki davrda bu yo‘nalish texnik vosita protsessorining bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaralgan edi. Grid-hisoblash xamda bulutli hisoblash arxitekturasi qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra xam bir qancha o‘xshash jihatlarga ega. Shu bilan bir vaqtda, masofaviy hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha moslashuvchan platformaga ega bo‘lganligi tufayli, bulutli hisoblash modeli eng istiqbolli texnologiya deb tan olingan. Hozirgi kunda yirik bulutli hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaqtning o‘zida millionlab foydalanuvchini minglab ilova va resurlar bilan ta’minlab beradilar. Xususiy kompaniyalarga katta kompyuterlar, ERP, CRM yoki boshqa turdagi qo‘shimcha qurilmalar sotib olish xamda sozlashni talab etuvchi turli serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushib ketadi va shuning uchun xam korxonalar uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish juda qulay raqamli elektron vosita hisoblanadi. Individual foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan “Xujjatlar – Google.doc”, “Kalendar – Google calendar” va Google presenter kabi xizmatlarga o‘xshash ko‘plab bulutli xizmatlardan foydalanish juda qulay va ayni vaktda bo’ldi. Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz rivojlanib va muvaffaqiyatlarga erishib borayotganligining sababi juda oddiy: ularni qo‘llash turli-tuman antiqa imkoniyatlarga ega hamda infratuzilma tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish va tashkilot xodimlarga sarflanadigan bir qancha xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi dasturiy-texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin. Bunday masala va muammolarning deyarli barchasi xizmat ko’rsatuvchi provayder zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Bunday yondashuv
    Toshkent Moliya instituti
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
    korxona kompyuterlarida turli operatsion tizimlar (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni qandaydir ma’noda standartlashtirishga imkon beradi. Bulutli texnologiyalar kompaniyaning umumiy ma’lumotlariga kirishni va undan foydalanishni tashkilot ofisidan tashqarida yurgan, ammo Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodimlar va mijozlar uchun xam birdek oson ta’minlab beradi. Foydalanish uchun ko‘plab qulayliklariga qaramay, bulutli texnologiyalar bir qator juz’iy kamchiliklarga ham ega. Jumladan, foydalanuvchining xizmatlarni yetkazib beruvchi global tashkilotga to‘liq bog‘lanib qolishi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatlar yaratilishi tamoyiliga ko‘ra, korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet provayderning qanday ish olib borishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalari, balki, asta-sekin ichki tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli xildagi qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows embedded kompaniyasi bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud bulgan, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab - birgina bo‘g‘inning, ya’ni, bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi.
    Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy va gibrid texnologiyalarga ajratiladi.

    Download 197 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 197 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish

    Download 197 Kb.