|
Sun’iyintellektningsavdodaqo’llanilishi
|
bet | 3/20 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 197 Kb. | | #130971 |
Bog'liq 4-mavzuSun’iyintellektningsavdodaqo’llanilishi
Sun’iy intellect masalalari bilan shug’ullanadigan Facebook laboratoriyasi muhandislari 2017 yilning iyunida insonlar bilan savdolasha oladigan bot bo’yicha ma’lumotlarni oshkor qildilar. Quartzningyozishigako’ra, tizimnio’zitish jarayonida Amazon Mechanical Turk onlayn kraudsorsing platformasi yordamida yig’ilgan 5,8 mingta real insonlarning dialoglaridan foydalanilgan.Dialoglarni tahlil qilgan holda bot nafaqat muloqotlar olib borishni o’rgandi, balki kerak bo’lganda yolg’on gapirishni ham epladi. Muhandislarningfikrlaricha, sun’iy intellect nafaqat o’zi qiziqadigan narsalargagina e’tibor qaratdi, balki boshqa ma’lumotlarga ham qiziqa boshladi. Haridor bilan muloqotni tugatganidan so’ng, bot boshqa muammolarga ham qayta oladi. Ammo muhandislar bot yolg’on gapirishni insonlararo suhbat vositasida
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
o’rgandimi yoki bu tasodifiy ravishda o’z-o’zicha o’rganish natijasida ro’y berdimi, buni aniq bila olmadilar.
Sun’iy intellect qimmatbaho buyumlar va hizmatlar bozorida
2017 yilning noyabrida Financial Times sun’iy intellect qimmatbaho buyumlar va hizmatlar bozorida ham katta o’zgarishlar kilishi mumkinligi haqidagi maqolani chop etdi. Amazon, Google, Alibaba va shularga o’xshash texnologik gigantlarning misli ko’rilmagan muvaffaqiyatlaridan ruhlangan xolda, soat va yuvelir mahsulotlar ishlab chiqaruvchi brendlar ham mijozlar safini kengaytirish uchun sun’iy intellect texnologiyalaridan foydalanishga harakat qila boshladilar. Masalan, messendjerlar asosida tashkil virtual suhbatdoshlar bunday brendlarga foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qonunlarni buzmasdan turib yig’ish uchun yordam bera oladilar. 2017 yil mart oyida Baselworld soatlar ko’rgazmasida yuvelir brendi de Grisogono haridorlarga Crazymals kolektsiyasidan qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashga yordam beradigan chat-botni taklif qildi. Bu chat-bot haridorlarga o’zi haqida so’zlab beradi, mojozlardan qiziqish doiralarini so’rab ko’radi va shundan so’ng, ularga qiziqishlariga bog’liq ravishda yuvelir mahsulotlarni taklif qiladi. Southpigalle kompaniyaning ta’sischilaridan biri Oliv’e de Koente so’zlariga ko’ra, hozirgi davrdagi murakkab iqtisodiy sharoit va tobora kuchayib borayotgan raqobat mijozlarni yo’qotmaslik uchun “lyuks” klassidagi brendlarga innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, virtual suhbatdoshlarni tadbiq qilishga undadi. Facebook ning 2016 yildagi izlanishlari natijalariga ko’ra, 50% dan ortiq respondentlarga qo’ng’roq qilgandan ko’ra, matnli elektron ma’lumotni jo’natgan ma’qul ekan. Financial Times ning ma’lumotiga ko’ra, sun’iy intellect nafaqat mijozlar bilan muloqotni yaxshilaydi, balki, brendlar uchun muhim ma’lumotlar manba’i hamdir. Chunki cookie fayllari vositasida yoki ko’rishlar tarixini tahlil qilgandan ko’ra, bu holatda ma’lumot mijozlarga to’gridan-to’g’ri jo’natiladi. Foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi statusi va demografik ma’lumotlar asosida olingan ma’lumotlar asosida brendlar mijozlarning intilishlarini, xoxishlarini, emotsiyalarini va tendentsiyalarni chamalab, mahsulotni boshqarish strategiyasiga kerakli
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Xuddi shu tarzda ma’lumotlarni qayta ishlash asosida Montblank kompaniyasi 2017 yilda Summit deb nomlangan “aqlli” soat ishlab chiqarid. Bu soatning tashqi ko’rinishi klassik ko’rinishda bo’lgani bilan u sun’iy intellect asosida ishlaydi va Google assistenti bilan jihozlangan hamda navigator, tarjimon va so’z orqali boshqariladigan yordamchi funktsiyalarini bajara oladi. Jenevada 2017 yilda bo’lib o’tgan ko’rgazmada Jaeger-LeCoultre brendi barcha ishtirokchilarni o’z mahsuloti bilan tanishtirdi. Ishtirkchilarga QR-kodli braslet berildi va u orqali iPhone ilovasi yordamida soatlarni tanlash taklif etildi. Ushbu texnologiya to’dirilgan reallik texnologiyasi yordamida kompaniyaga mijozlar haqida ma’lumot yig’ishga imkon berdi.
Biznesning eng perspektiv yo’nalishlari bo’yicha oxirgi hisobotlarida PwC analitiklari baho berishlaricha sun’iy intellektning hayotga izchil tadbiq qilinishi 2030 yilga kelib, jahon YIM ning 14% ga yoki 15,7 trillion dollaga ko’payishiga olib kelar ekan. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi kompaniyalarning sun’iy intellektga investitsiya qilishlari katta samaraga olib kelishi mumkin. Agarda johon miqyosidagi holatni tahlil qilsak, hozirgi kunda sun’iy intellect ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligiga robotlar va uchunchisiz uchadigan qurilmalar (dronlar) yordamida keng miqyosda tadbiq qilinayapti. Sun’iy intellect qisqa muddatlarda katta hajmdagi ma’lumotlar yig’ish va ularni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan sohalarda monitoringni amalga oshirish va information modellar qurish uchun ham keng miqyosda ishlatilina boshlaydi.
Elektron tijorat (e-commerce) va moliya sohalarida ham sun’iy intellect bilan jihozlangan chat-botlar faol ravishda ishlatilmoqda. Ular foydalanuvchilarga u yoki bu mahsulot haqida ma’lumot olishga va xilma-hil operatsilarni amalga oshirishga yordam beradilar. Masalan, SberbankIron Lady deb nomlangan virtual kollektor yaratdi, BTB24 esa kichik biznes uchun chat-botlarni ishlatadi, Al’fa-bank esa treyding operatsiyalari uchun savdo robotlarini ishlab chiqdi. On-layn savdoda ham sun’iy intellektdan foydalanish bo’yicha bir qancha misollar mavjud: masalan, Amazon va uning virtual yordamchisi Alexa, VR-ko’ruvchilar, AliExpress on-layn riteylerining virtual reallik magazinlari va boshqalar.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Telekommunikatsiyalar sektorida ham sun’iy intellect tizimlari faol ravishda qo’llaniladi va abonentlarga virtual yordamchi hamda turli servislar taklif qilinadi. Yuqorida aytib o’tilgan texnologiyalardan biz doimiy ravishda foydalanamiz: Yandex ning Alisasi, Apple ning Siri si, komp’yuterlarimizdagi yangilik agregatorlari va shunga o’xshashlar robotlashtirilgan yechimlarga yaqqol misollardir. Sun’iy intellektli innovatsion yechimlar havfsizlik sohasida ham faol ravishda qo’llanilaypti – insonlarni rasmlariga qarab tanib olish va identifikatsiya qilish bunga bir misoldir. Lekin sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanganda bir qancha tavakkalchiliklarga (riskka) ham duch kelamiz. Masalan, sun’iy intellektni qo’llashning boshlang’ich davrida bilimlar bazasi ancha kam miqdorda bo’lgani uchun, xato bo’lgan natijalar ham olinishi ehtimolligi mavjud. Yana bir tavakkalchilik sun’iy intellect tizimi qaror qabul qilishga qiynalgan paytda inson unga yordamga kelish extimolligi, sun’iy intellect tizimiga bo’lgan harajatlarning juda katta miqdordaligi, sun’iy intellektni o’qitish jarayonini nazorat qilish bilan bog’lik tavakkalchilik, sun’iy intellektning qo’llanilishi bo’yicha normativ-huquqiy bazaning yo’qligi va boshqalar.
Shuni ham aytish kerakki, oxirgi to’rt yilda sun’iy intellectni rivojlantirish uchun bo’lgan investitsiyalar miqdori dunyo miqyosida to’rt barobarga ko’paydi. Rossiya federatsiyasining strategik loyihalari (CAF) bo’yicha rahbari V.Ostrovskayaiyning firkiga ko’ra, robotizatsiya texnologiyalari juda ham tez rivojlanayotganiga qaramay, ular hali sun’iy intellect darajasiga yetmaganlar. Ammo, “yuqori texnologiyalarni rivojlantirishda sun’iy intellect juda katta investitsion potentsalga egadir” - deydi u. Robotlashtirilgan yechimlarning rivojlanish potentsiali yaqin ikki yillarga 600-700% ni tashkil qilishi mumkin, RPA(Robotic process automation) bozorining umumiy hajmi esa 2019 yil oxiriga kelib, 2,3 milliard dollarga yetishi mumkin. Ba’zi bir hisob-kitoblarga ko’ra, yaqin o’n yillarda ishchi mutaxassiliklarnngi har bir o’ntadan bittasi robotlar bilan almashinadi. Shuning uchun, sun’iy intellektli tizimlarning hayotga faol tadbiq qilinishiga unchalik ko’p vaqt qolmadi, deb aytish ham mumkin. Sun’iy intellectga jalb qilingan barcha investitsiyalarning deyarli yarmi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
dasturiy ta’minot va iste’mol elektronikasi ishlab chiqaruvchi bozorning yirik ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan. Bunda gap nafaqat Google, macOS, iOs, Yandex, Microsoft lar haqida, balki yordamchi servislar, ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan kompaniyalar, big data va analitika bilan shug’ullanadigan kompaniyalar haqida ham ketmoqda. Shunday qilib, sun’iy intellektni qo’llash bo’yicha jahon miqyosida bir qancha yillarga davom etadigan trend hosil bo’lgan va bu sohaga investitsiya qilish yaqin 15-20 yillar davomida foydali bo’lib qoladi. Shuning uchun ham yaqin yillarda meditsina, kosmonavtika, iqtisodiyot, robotlashtirish, transport va boshqa soxalarda sun’iy intellektning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
|
| |