|
Tranzistorlar haqida ma’lumot
|
bet | 11/36 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #262836 |
Bog'liq Elektronika javob14. Tranzistorlar haqida ma’lumot.
Tranzistorlar haqida ma’lumot. Hozirgi zamon texnikasida tranzistorlar gʻoyat keng tatbiq qilinadi. Ular ilmiy sohada, sanoatda va turmushda ishlatiladigan apparatlarning elektr zanjirlarinda elektron lampalarning oʻrnini bosadi. Tranzistorlar va yarim oʻtkazgichli diodlarding elektron lampalarga qaraganda avzal tomoni koʻp, quvvatlilik va qizish uchun uzoq vaqt taqozo etib qoʻshiladigan katodning yoʻq ekanligidir. Bundan tashqari, bu asboblar elektron lampalarga qaraganda bir nechta oʻn va yuzlab marta kichik boʻlib, massalari ham bir necha marta oz.
Radiotexnika va elektronika rivoji natijasida radio-aloqa, radio-eshittirish, televideniye, radiolokaciya, radionavigaciya, radioastronomiya, radiotelebosqarish, elektron hisoblash texnikasi, kompyuter texnalogiyasi va boshqa murakkab elektron qurilmalarning asosini tranzistorlar tashkil etadi.
Tranzistor (inglizcha: transfer — koʻchirishlik va rezistor) — elektr tebranishlardi kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarim oʻtkazgichli asbob va mikroelektronika qurilmalarning asosiy elementi (1. 1. 1-rasm).
Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga qarab 2 sinfga ajratiladi — bipolyar va Maydonli (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikki turdagi (p-tipli va n-tipli) oʻtkazgichga ega boʻlgan yarimta oʻtkazgichlarga ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobidan ishlaydi va baza - emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydonli tranzistorlarda faqat bitta turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarim oʻtkazgichlar ishlatiladi. Bunday tranzistorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy farqi shunda, ular kuchlanishni boshqaradı, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish baza va emitter orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda analog texnikalar olamida bipolyar tranzistorlar (BT) (xalqaro termin — BJT, Bipolar Junction Transistor) asosiy oʻrinni egallagan. Raqamli texnikalar sohasinda boʻlsa, aksincha Maydonli tranzistorlar bipolyar tranzistorlarni chetga chiqargan. Oʻtgan asrning 90 - yillarida, hozirgi davrda ham elektronikada keng koʻlamda qoʻllanilayotgan bipolyar-Maydonli tranzistorlarning gibrid koʻrinishi — IGBT ishlab chiqildi.
1956 - yilda tranzistor effektin izlanishlari uchun William Shockley, John Bardeen va Walter Brattain fizika boʻyicha Nobel mukofoti bilan ragʻbatlangan.
1980-yilga kelib, oʻzining kichik oʻlchamlari, barqaror ishlashi, iqtisodiy jihatdan arzonligi hisobiga tranzistorlar elektronika sohasida elektron lampalarni orqada qoldirdi. Shuning nilan birga, kichik kuchlanish va katta toklarda ishlay olish qobiliyati sababli, elektromagnit rele va mexanik uzib -ulagichlarga ehtiyoj qolmadi.
|
| |