|
MT ning statik zatvor xarakteristikalari
|
bet | 14/36 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #262836 |
Bog'liq Elektronika javob18. MT ning statik zatvor xarakteristikalari
Statik stok xarakteristikalar oilasi deb zatvor-istok kuchlanishi UZI ning o‘zgarmas qiymatlarida stok toki Ic ning stok-istok kuchlanish USIga bog'liqliklari IS=f(USI) ga aytiladi. Stok-istok kuchlanishining USI=0 – USI.T0’Y oralig‘ida ortishi kanal toki qiymatiga qarshi ta’sir etuvchi ikkita effektni hosil qiladi. Bir tomondan USI ortishi bilan elektronlaming kanaldagi dreyf tezligi ortadi, tok kuchi qiymati esa dreyf tezlikka chiziqli bog‘liq, demak, tok qiymati ortishi kerak. Ikkinchi tomondan esa, USI ning ortishi kanalning “ponasimonligini” orttiradi, ya’ni kanal qarshiligi ortadi. Natijada USI ortishi bilan bu ikki omilning birgalikdagi ta’sirida stok toki chiziqli o‘zgarishga nisbatan sustroq ortadi. Stok-istok kuchlanishi USI=USI.TO’Y qiymatga yetganda stok tokining ortishi to‘xtaydi
(6.4, b-rasmda N nuqtalar). Bu stok xarakteristikalarning gorizontal sohalariga mos keladi va to'yi-nish sohasi deb yuritiladi. Zatvor-istok kuchlanish UZI qanchalik katta qiymatga ega bo‘lsa, USI kuchlanishning shunchalik kichik qiymatlarida to‘yinish sodir bo'ladi.
Stok xarakteristikalarda mustaqil sohalarni farqlash kerak. Xarakteristikaning shtrixlangan chiziqdan chaproq qismida (tekis o'zgaruvchan kanal rejimi, I soha) tranzistor o‘zini oddiy rezistordek tutadi, bunda rezistor qarshiligi zatvor-istok kuchlanish UZI ga bog'liq. MTning ushbu xususiyatidan, masalan, boshqariluvchi potensiometr hosil qilish uchun ishlatiladi.
6.4-rasm. n – kanalli MTning stok-zatvor (a) va stok (b) VAXlari oilasi.
Xarakteristikaning shtrix chiziqdan o‘ngroqda joylashgan sohasida (fazoviy zaryad rejimi yoki to‘yinish rejimi yuzaga keladi, II soha) tranzistorning asosiy funksiyasi – kanal tokini boshqarish amalga oshiriladi.
|
| |