|
Umumiy bazali sxemaning tushintirilishi
|
bet | 13/36 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #262836 |
Bog'liq Elektronika javob16. Umumiy bazali sxemaning tushintirilishi.
Umumiy bazali sxema p-n-p tipindegi tranzistorda yigʻilgan boʻlib, u R3 rezistori orqali oziqalanish kuchlanishining oʻng qutbiga uzatiladi, Qarama-qarshi qutbi R1, R2 rezistorlariga ulangan. Kirish signali C1 ajralishi kondensatori orqali transistor emitteriga uzatiladi, kollektoridan kuchaytirilib olinadi. Kaskad yuklamasi R2. Baza kirish va chiqish signaliga umumiy hisoblanadi. Bunday ulanish sxemasining kirish qarshiligi kichik boʻlganligiga elektr tebranish generatorlarida, yuqori chastotali signallarni kuchaytirishlikda koʻproq foydalaniladi.
Bunday sxemalar kam sershovqin kuchaytirgich hisoblanadi.
Kirish qarshiligi: 30 -1500 Ω
Chiqish qarshiligi: 0, 5-2 m Ω
Signalni: tok boʻyicha 1 marta, kuchlanish boʻyicha 1000 marta, quvvat boʻyicha 100 marta kuchaytiradi.
Kuchaytirilgan signalning fazasi oʻzgarmaydi.
5.6-rasm. Sxema tushintirilishin ta’riflash uchun, tahsil olish rejimini oʻrganish
1. Tranzistording ismi: n-p-n tipindegi bipolyar tranzistor.
2. Kuchaytirgichning ismi: bir kaskadli operadik kuchaytirgich.
3. Signalning oʻtishi: signal ajraluvchi kondensator C1 orqali vT1 tranzistorning bazasiga uzatiladi va uni ochadi.
4. Tranzistor bazasining oziqalanishi: + R1 tranzistorning bazasi R2-
5. Kuchaytirgichning oziqalanishi: + R3, tranzistorning kollektor, emitteri R4-
6. Kuchaytirgich yuklamasi: R3
7. Tranzistording ulanish sxemasi: umumiy emitter sxemasi boʻyicha yigʻilgan.
8. Radioelementlarning vazifalari: R1, R2 boʻlaklagich, C1, C2 ajratuvchi kondensator, R4 C3 aralashtirgich (avtosmesheniye).
9. Kuchaytirilgen signal kollektordan olinadi.
17. . Maydoniy transistor haqida
Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli, kuchlanish bilan boshqariladigan yarimo‘tkazgich asbob maydoniy tranzistor (MT) deyiladi. MTlarda tok hosil bo‘lishida faqat bir turli– asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan unipolyar tranzistorlar deb ataladi. MTlarda, BTlardagi kabi tezkorlikka ta’sir etuvchi injeksiya va ekstraksiya natijasida noasosiy zaryad tashuvchilarning to‘planish jarayonlari mavjud emas. MTlarda tok bo'ylama elektr maydon ta’sirida erkin zaryad tashuvchilaming dreyf harakati tufayli hosil bo‘ladi. Tok hosil qiluvchi o‘tkazgich qatlam kanal deb ataladi va u n – kanalli va p – kanalli bo‘lishi mumkin. Kanal chekkalariga elek-trodlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning biri istok, ikkinchisi esa stok deb ataladi. Elek-trodlardan qay biri istok, qaysinisi stok deb olinishining ahamiyati yo‘q. Zaryad tashuvchilar qaysi elektroddan kanalga oqsa, o‘sha elektrod istok deb, zaryad tashuvchilarni kanaldan o‘ziga qabul qiluvchi elektrod esa stok deb belgilanadi. Uchinchi elektrod – zatvor yordamida kanaldagi tok qiymati ko‘ndalang elektr maydon bilan boshqariladi.
Tuzilmasi va kanal sohasi o‘tkazuvchanligini boshqarish usuliga ko‘ra MTlar-ning bir-biridan farqlanuvchi uchta turi bor:
Zatvori izolatsiyalangan MTlarda metall zatvor va kanal orasida yupqa die-lektrik qatlam mavjud. Bunday MT metall – dielektrik – yarimo'tkazgich (MDY) tuzilmaga egaligi sababli MDY – transistor deb ham ataladi. Uning kanali qurilgan va kanali induksiyalangan turlari mavjud bo’lib, birinchi turdagi tranzistorlarda kanal sohasi texnologik usul bilan hosil qilinadi, ikkinchisida esa – kanal sohasi zatvorga ma’lum qutbli va qiymatli kuchlanish berilganda hosil bo‘ladi (induksiya-lanadi). Ko‘ndalang elektr maydon yupqa dielektrik orqali o'tib, kanaldagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasini boshqaradi.
Shottki barerli MTlarda metall bilan yarimo‘tkazgichning bevosita kontakti zatvor sifatida ishlatiladi. Ishchi rejimda to‘g‘rilovchi kontaktga teskari siljituvchi kuchlanish beriladi. U kontakt ostidagi yarimo‘tkazgichning kambag'allashgan sohasi qalinligini o‘zgartirib, tok o'tkazuvchi kanal kengligi, kanaldagi zaryad ta-shuvchilar soni va undan oqadigan tok qiymatini boshqaradi.
6.1-rasm. n – kanali p – n o’tish bilan boshqariluvchi MT tuzilmasining ko’ndalang kesimi (a), tranzistorlarning shartli belgilanishi (b) va ikkita simmetrik zatvorli MT tuzilmasi (c).
|
| |