Differentsial (farqlovchi) kuchaytirgich
Differentsial kuchaytirgich – bu tarozili (ko‘prikli) doimiy tok kuchaytirgichi bo‘lib bir xil xarakteristikali tranzistorlarning parallel ulanishidan iborat qurilmadan iborat (4.7-rasm), unda kollektorning qarshiliklari RK1 va RK2 va VT1 va VT2 tranzistorlarning ichki qarshiliklari ko‘prik yelkasini hosil qiladi. RK0 rezistor pog‘onani (kaskadni) muvozanatlashtirish (nolni o‘rnatish) uchun xizmat qiladi.
а)
RК 1
RК 0
-Un
RК 2
b)
u
Uk i r 1 U
v)
RК 1
RК 0
-Un
2
RК
uК 1
Rн
uК 2
Uk i r 2
u d i f
u
Rн
uК 1
uК 2
Uk i r 1
VT1
Uc h i q
VT2
а
RЭ
Uk i r 2
Usf
Uk i r
t
Uc h i q
VT1 VT2
а
RЭ
4.7-rasm Differentsial (farqlovchi) kuchaytirgich sxemasi
Agar, kirish va chiqishi simmetriyali kuchaytirgichning chap va o‘ng qismi aynan bir xil bo‘lsa, haroratning yoki manba kuchlanishining
oshishi (tushishi) ikkala tranzistorda ham bir xil kollektor tokining o‘zgarishini yuzaga keltiradi, kollektorlarning UK1 va UK2 potentsiali deyarli bir xil ravishda o‘zgaradi va binobarin Uvo‘x chiqish kuchlanishi o‘zgarmasdan qoladi.
Maydon tranzistorlaridan foydalanganda harorat T < 100 S bo‘lganda kuchlanish buyicha og‘ish (dreyf) taxminan 0,05…0.3 mV/grad tashkil etadi.
Kuchlanishning og‘ishi kuchaytirgich sezgirligini belgilaydi, ya’ni kirishdagi minimal signal chiqishda farqlanadi. Binobaroin, nol og‘ishi(dreyfi)ning pasayishi kuchaytirgich sezgirligini oshiradi. E’tibor bering, nolning og‘ishi kuchaytirilgan foydali farqli signaldan farq qilmaydi va kuchaytirgich chiqishiga ulangan qurilmalarni ishga tushirib yuborishi mumkin.
Kuchlanish og‘ishi (dreyfi)ni pasaytirish uchun tranzistorlarning umumiy emitter zanjiriga RE>>h11, katta qarshilikli rezistor ulanadi va bu VT1 va VT2 tranzistorlarning IE= IE1+ IE2 emitter tokini turg‘unlash (stabillash)tirish uchun xizmat qiladi yoki o‘zgaruvchan tokka katta qarshilikli va doimiy tokka kichik qarshilikli turg‘un (stabil) tok generatori ulanadi.
Umumiy holda, umumiy kuchaytirgich kirishiga mos ravishda ukir1 i ukir2 kuchlanishlar beriladi. Undan usf bir xil fazali (sinxfazno‘y) va differentsial(farqli) Udif=Ukir1Ukir2 signallar olinadi. usf =(ukir1+ukir2)/2 bir xil fazali signal kuchlanishning qiymati jihatdan teng va belgisi jihatdan bir xil, ikkala kirishga uzatilgan signalga mos keladi.
Aytaylik, bitta Usf chiqish kuchlanining potentsiali yuqori, va boshqasiniki esa U ga past bo‘lsin. U holda differentsial (farqlovchi) signal Udif=2U=Ukir1Ukir2 ga teng. Misol uchun, agar kirish signallari Ukir1=1,024 V, a Ukir2=1,02 V bo‘lsa, unda bir fazalik (sinxfazno‘y) signal Usf= (1,024+1,02)/2=1,022 V, va differentsial (farqlovchi) signal Udif=1,024 1,02=0,004 V=4 mV ga teng bo‘ladi.
Bir xil belgili va bir fazali o‘zgarishlar yelkasi toklari (sinxfaznaya pomexa-bir fazali halal) ko‘prik muvozanatini buzmaydi va chiqish kuchlanishi bo‘lmaydi, differentsial kaskad (farqlovchi pog‘ona) faqat Udif farqli signalni kuchaytiradi, modomiki tranzistor bazasiga emitterdagi toklarni o‘zgartuvchi har xil belgili kuchlanishlar yig‘iladi. Bundan pog‘ona(kaskad)ning nomi bo‘lib chiqadi – differentsial kuchaytirgich.
Differentsial kuchaytirgichning kirish qarshiligi Rkir2h11E, ga va chiqish qarshiligi esa Rchik 2RK/(1+h22ERK) 2RK ga teng.
Ki=(h21E/h11E)RK /(1+ h22 RK) (h21E/h11E)RK. (4.22)
Yuklama qarshiligi Rn= bo‘lganda kuchlanishni kuchaytirish koeffitsienti: Ki=(h21E/h11E)RK /(1+h22 RK) (h21E /h11E)RK ga teng.
Simmetrik kirish va chiqishli differentsial kuchaytirgichlar tez ishlovchi kommutatorlarda, koder va dekoderlarda va analogli hisoblash mashinalarida keng qo‘llaniladi.
Differentsial kuchaytirgich yana, qachon tranzistorlar bazalari orasidagi kuchlanishlar farqini emas, balki misol uchun, faqat Ukir1 kirish kuchlanishini kuchaytirish talab etilganda qo‘llaniladi (4.7v-rasm). Bunda kirishlardan bittasi erga ulanadi. Agar UK2 kuchlanish ishlatilsa, unda bunday sxemani nosimmetrik kirish va chiqishli differentsial kuchaytirgich deb ataladi.
|