187
14.1-rasm. PME rusumli magnitli ishga tushirgichning umumiy ko’rinishi.
Magnitli ishga tushirgichlar - bu odatda, uch qutbli kontaktordan, o‘rnatilgan issiqlik relelaridan va
yordamchi kontaktlardan tashkil topgan qurilmadir. Ular quvvati 75 kVt gacha bo‘lgan uch fazali elektr
dvigatellarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Amortizatsiyalaydigan prujina ulash vaqtida qo‘zg‘aluvchan
qismni keskin zarblardan saqlaydi. Ishga tushirgichning hamma detallari metall asosga mahkamlanadi.
Odatda barcha magnitli ishga tushirgichlar boshqarish knopkalari bilan birga ishlatiladi (14.2-rasm).