• Vaqt relelari
  • Pnevmatik sekinlashtiruvchi releda
  • Tezlik datchiklari
  • Elektrotehnika va elektronika




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

    Boshqaruv relelari - 
    Relelar kichik oqimli zanjirlar kommutatsiyasida qo’llanilib, kontaktorlarga 
    o’xshab ishlaydi. Relelar tok va kuchlanish datchiklari, vaqt datchiklari, ishchi mashina va mexanizmlarning 
    texnologik parametrlari datchiklari sifatida qo’llaniladi.
    Vaqt relelari – elektromagnit, pnevmatik sekinlashtiruvchi, motorli, elektron, mexanik va h.k. 
    bo’lishi mumkin. 
    Elektromagnit vaqt relesi – oddiy elektromagnit rele kabi ishga tushadi, ammo magnit 
    o’tkazgichdagi mis halqalar vaqt relesini manbadaga ulash yoki uzishda ma’lum vaqtni ushlab turishni 
    ta’minlaydi. Quyida turli rusumdagi elektromagnit vaqt relelari namunalari keltirilgan(14.4-rasm.). 
    Pnevmatik sekinlashtiruvchi releda - vaqtni ushlsb turish kamerani havo bilan to’ldirish vaqti 
    hisobiga ta’minlanadi.
    Elektron vaqt relelarida yarim o’tkazgich elementlari (tranzistorlar) va kondensatorlardan 
    foydalaniladi. Kondensatorning zaryadlanish va razryadlanish vaqtlari tranzistorlarni yopiq holatidan ochiq 
    holatiga qayta ulab vaqtni ushlab turishni ta’minlaydi. 
    Tezlik datchiklari 
    - O’zgaruvchan va o’zgarmas tok dvigatellarining tezliklari ularning 
    harakatlantiruvchi kuchini belgilaydi. Unda dvigatelning EYuK sidan o’lchanayotgan yoki nazorat 
    qilinayotgan o’zgaruvchi sifatida foydalanib elektr yuritmaning tezligi to’g’risida ma’lumot olish mumkin. 
    Ular analogli yoki raqamli bo’lishi mumkin.


    190 
     
     
    14.4-rasm. Turli rusumdagi elektromagnit vaqt relelari. 
     
    Tezlik nazoratining elektromexanik relesi - Asinxron dvigatel ish tamoyili bo’yicha ishlab, 
    dvigatelning tezligi nolgacha pasayganda uni tarmoqdan uzib qo’yish talab etilganda yani tormozlashni 
    avtomatlashtirishda qo’llaniladi(14.5-rasm.). 


    191 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish