196
Avtomatlarning
kontaktlar
i uzoq vaqt qizimasdan nominal toklarni o‘tkazishi va q.t. toklarini uzishda
yoy ta’siriga chidashi kerak. Birinchi shartga muvofiq, kontaktlarni o‘tish qarshiligi uncha katta bo‘lmagan
solishtirma qarshiligi kichik materialdan, ikkinchi shart bo‘yicha esa yoy ta’siriga chidaydigan materialdan
tayyorlash kerak. Ikkala talabni bir vaqtning o‘zida bajarish mumkin bo‘lmaganligi uchun ikki juft - bosh va
yoy so‘ndiruvchi kontaktlar qo‘llaniladi. Normal rejimda tokning asosiy qismi mis, kumush yoki ularning
qotishmasidan tayyorlangan bosh kontaktdan o‘tadi. Uzilganda avval asosiy kontaktlar ajraydi, lekin zanjir
uzilmaydi, chunki tokning hammasi yoy so‘ndiruvchi kortaktlar zanjiriga o‘tadi, so‘ngra yoy so‘ndiruvchi
kontaktlar ajraydi va ularda elektr yoy ham so‘nadi. Uziladigan toklar 30 kA dan oshmasa yoy so‘ndiruvchi
kontaktlar misdan,
katta toklarda esa volframdan, uning qotishmasidan yoki metallokeramikadan
tayyorlanadi. Bu kontaktlar konstruktsiyasi bo‘yicha oson almashtiriladigan qilib tayyorlanadi.
Uncha katta bo‘lmagan toklarga mo‘ljallangan avtomatlarda bir juft kontakt bo‘ladi. O‘tish
qarshiligini kamaytirish uchun kontaktlarni siqish prujina orqali amalga oshiriladi. Q.t. toklari o‘tganda
kontaktlar orasidan kontaktlarni ajratish uchun harakat qiladigan elektrodinamik kuch hosil bo‘ladi. Bu
kuchni kompensatsiyalash uchun shinkalar sirtmoq ko‘rinishida bukilgan,
shuning uchun shinkadagi
toklarning yo‘nalishi turlicha bo‘ladi, bu hol kontaktlarni birbiriga siquvchi elektrodinamik kuch hosil qiladi.
Avtomatning
yoy so‘ndiruvchi tizimi
avtomatni o‘chirishda hosil bo‘ladigan yoyni so‘ndirish uchun
xizmat qiladi. Po‘lat plastinkali (uzun yoyni qisqa yoylarga bo‘lish samarasi) yoy so‘ndiruvchi kameralar
keng qo‘llaniladi. Uziladigan tok katta bo‘lganida yoyni tor tirqishda so‘ndirish samarasidan foydalanishga
asoslangan bo’ylama-tirqishli va labirint-tirqishli kameralar ishlatiladn. Yoyni kameraga tortish magnitli
puflash bilan amalga oshiriladi. Kamera materiali yuqori yoy turg‘unligiga ega bo‘lishi kerak(14.12-rasm.).
14.12-rasm. Magnit yoy so’ndirgichning umumiy ko’rinishi.
Erkin ajratish mexanizmi avtomatni vaqtning istalgan momentida o‘chirishni ta’minlaydi,
shuningdek, yoqish jarayonida ham o‘chirish lozim bo‘lsa, uni amalga oshiradi. U sharnirli bog‘langan
197
richaglar hamda tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dastadan richaglar orqali kontaktli richagga
uzatiladi, bu richag avval yoy so‘ndiruvchini, so‘ngra esa bosh-kontaktlarni tutashtiradi. Avtomat
ulanganda, richaglar «o‘lik» holatga o‘tadi, tayanch ularning pastga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar
ulash vaqtida qisqa tutashuv mavjud bo‘lsa, unda ajratkich ta’sirida mexanik bog‘lanish richaglarni
sharnirli birikma bo‘yicha «sindiradi» va uzuvchi prujina ta’sirida
kontakt tizim chapga suriladi, dasta
orqali ulanishga
kuch berilishiga qaramay, bu tizimda o‘chirilish amalga oshadi.
Issiqlik relesi
-
bu elektromagnit yoki bimetall mexanizmlar bo‘lib,
ular zanjirning berilgan
parametrini nazorat qiladi va parametr belgilangan qiymatidan oshib ketganda avtomatni o‘chiradi.
Bimetall (issiqlik) ajratkich tarmoqqa shunt orqali ulangan qizdirgichdan issiqlik oladi. Turli chiziqli
keygayishi koeffitsientlariga ega bo‘lgan ikki metalldan tashkil topgan bimetall plastinka qiziganda egilib,
erkin ajratish mexanizmi richagini sindiruvchi tortqiga kuch beradi. Issiqlik
ajratkich yordamida
o‘tayuklanishdan muhofaza qilinadi. Ishlab ketish vaqti o‘tayuklanish tokiga bog‘liq: tok qancha katta bo‘lsa,
bimetall plastinka shuncha tez qiziydi va uzish tezroq amalga oshadi. Issiqlik inertsiyasi katta bo‘lganligi
sababli issiqlik ajratkichlar elektr dvigatellarning ishga tushiruvchi toklari ta’sirini sezmaydi.
14.13-rasm. Issiqlik relesining umumiy ko’rinishi.
Issiqlik relesi – barcha elektr jihozlar(elektr dvigatellar, elektr isitgichlar va h.k.) ni o’ta yuklanish
tokidan himoya qilishga mo’ljallangan. Uning ishlash tamoyili o’tkazgichdan tok o’tganda uning qizishiga
asoslangan. Issiqlik relesini asosiy qismi bu bimetall plastina bo’lib undan o’ziga hisoblangandan yuqori
qiymatda tok oqib o’tganda egilib tegishli kontaktni ajratib qo’yadi.