• IV bob. 15-mavzu. ELEKTR YURITMA ASOSLARI
  • 15.1. “Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. Elektr yuritmaning tasniflanishi(klassifikatsiyalanishi). “Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha.
  • Magnitli ishga tushirgichning asosiy elementlarini sanab bering?




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

    2. Magnitli ishga tushirgichning asosiy elementlarini sanab bering? 
    3. Kontaktorlar qanday maqsadlar uchun uchun xizmat qiladi? 
    4. Vaqt relelarining qanday turlari bo’ladi? 
    5. Holat (chegaralivchi) datchiklariga misollar keltiring? 
    6. Rubilniklarga ta’rif bering?
    7. Qayta ulagichlarga ta’rif bering? 
    8. Avtomatik uzgichlarida yoy so‘ndirishning vazifasi nima? 
    9. Issiqlik relesi qanday ishlaydi? 
    10. 
    Eruvchan qo‘yma
    -
    saqlagichning asosiy elementi qanday materiallardan tayyorlanadi? 


    201 
    IV bob. 15-mavzu.
    ELEKTR YURITMA ASOSLARI 
     
    Reja:
    15.1. “Elektr 
    yuritma” 
    to‘g‘risida 
    tushuncha. 
    Elektr 
    yuritmaning 
    tasniflanishi(klassifikatsiyalanishi). 
    15.2. Elektr yuritma mexanikasi. Elektr yuritmaning asosiy harakat tenglamasi. 
    15.3. Turli texnologik jarayonlarda qo‘llanilasdigan ish mashinalarining mexanik 
    tavsiflari. 
    15.4. Elektr yuritmalarning ish rejimlari. 
    15.4.1. Uzoq, qisqa va qaytalanuvchi – qisqa ish rejimlari; 
    15.4.2. O‘tkinchi jarayonlar. 
    15.4.3. Elektr yuritmalarni tormozlash usullari. 
    15.1. “Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. Elektr yuritmaning tasniflanishi(klassifikatsiyalanishi). 
    “Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. Suv va bug‘ turbinalari hamda shamol, ichki yonuv va 
    elektr motorlari bilan harakatlanuvchi yuritmalar mexanik yuritmalar deb ataladi. Mexanik yuritmalardan 
    eng afzali elektr motorli yuritma bo‘lgani uchun statsionar ish mashinasi va mexanizmlarining asosiy 
    yuritmasi sifatida elektr motorli yuritmadan foydalaniladi. Elektr motorli yuritma qisqacha elektr 
    yuritma deb ataladi. 
    Elektr yuritma texnologik mexanizmlarni ishchi organini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. 
    Elektr yuritma deb elektr motor, uzatuvchi mexanizm va ishchi organdan iborat umumlashgan
    qurilmaga aytiladi. Avtomatlashgan elektr yuritma tarkibiga yana elektr energiya o’zgartkichi, datchiklar 
    va elektr yuritmani boshqarish tizimi kiradi. Bundan tashqari elektr yuritma tarkibiga aniqlik va tezlikni 
    oshiradigan kushimcha elementlar kiritilishi mumkin. Masalan, EHM, raqamli datchiklar, 
    muvofiqlashtiruvchi elementlar qo’llanilishi mumkin.
    Elektr yuritma bilan elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, bu mexanik harakatni 
    elektr usulda boshqarish imkoni olinadi. Demak, elektr yuritma asosan elektr motori, uzatma va 
    motorni boshqaruvchi elektr jihozlardan iborat bo‘ladi. 
    Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida hozirgi kunda ko’plab nasos stansiyalari va vertikal quduqlardagi 
    nasos agregatlari ishlab turibdi. Ular yordamida 2100 ming gektardan ziyod maydonlar sug‘oriladi.


    202 
    Ishlab chiqarishning energetik asosini elektr yuritma tashkil qilib, uning texnikaviy darajasi 
    texnologik qurilma samaradorligini belgilaydi. Elektr yuritmaning taraqqiyoti, motorlar, uskuna-jihozlar, 
    o‘zgartgichlar, analog va raqamli boshqaruv vositalarini yanada takomillashtirish hisobiga uning tejamliligi 
    va ishonchliligini orttirishni taqozo etadi. Hozirda ushbu jarayonda, mikroprotsessorlarning ko‘plab 
    qo‘llanilishi, elektr yuritmalarning funktsional imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi va uning texnikaviy 
    hamda iqtisodiy tavsiflarini yaxshilaydi. Elektr yuritma bajarayotgan funktsiyalarining kengayishi va 
    murakkablashishi, unda boshqarishning yangi vositalarini qo‘llanilishi, uning loyihalashtirish, yig‘ish, 
    sozlash va ishlatish bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini talab qiladi.
    Har bir takomillashgan mashina uchta asosiy qismdan, ya’ni motor-mashina, uzatma va ish quroli - 
    mashinadan iborat bo‘ladi. Bunday takomillashgan mashina ishlab chiqarish agregati deb, uning 
    uchinchi qismi ish quroli - mashina esa ish mashinasi yoki ish mexanizmi deyiladi. 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnitli ishga tushirgichning asosiy elementlarini sanab bering?

    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish