Elektrotehnika va elektronika




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

14.4 
Saqlagichlar.
 
Elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki o‘tayuklanish bo‘lsa uni avtomatik ravishda bir marta uzish 
uchun xizmat qiladigan apparat saqlagich deb ataladi. Zanjirni saqlagich vositasida uzish eruvchan 


198 
quymaning erishi orqali sodir bo’ladi, bu eruvchan quyma o‘zidan muhofazalanmagan zanjirning toki 
o‘tganda qizib eriydi. Zanjir uzilgandan so‘ng eruvchan quyma almashtiriladi. 
Konstruktsiyasining soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar sanoat elektr 
qurilmalarida, elektr stansiyalar va podstansiyalarda, turmushda keng qo‘llaniladi. Saqlagichlar turli 
konstruktsiyalarga ega bo‘lishi mumkin va milliamperdan minglab amperlargacha toklarga mo‘ljallanadi. 
Hamma saqlagichlarda asosiy elementlar bo‘lib: korpus, eruvchan quyma, kontakt qism, yoy so‘ndiruvchi 
qurilma yoki yoy so‘ndiruvchi muhit hisoblanadi. 
Saqlagichlar eruvchan qo‘ymaning nominal toki bilan, ya’ni eruvchan qo‘yma uzoq ishlashi uchun 
hisoblangan tok bilan xarakterlanadi. Saqlagichning birgina korpusiga turli nominal toklarga mo‘ljallangan 
eruvchan qo‘ymalar o‘rnatilishi mumkin, shuning uchun ayni saqlagich saqlagichning nominal toki bilan 
xarakterlanib, u mana shu konstruktsiyadagi saqlagich uchun mo‘ljallangan eruvchan qo‘ymalarning 
nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda yuklama toki ta’sirida eruvchan qo‘ymadan 
ajrayotgan issiqlik atrof-muhitga tarqaladi va saqlagichning hamma qismlarining tempera-turasi ruxsat 
etilgandan oshmaydi. O‘tayuklanish va qisqa tutashuvlarda qo‘yma harorati ortib, uning erishiga olib 
keladi. Demak, tok qancha katta bo‘lsa, qo‘ymaning erish vaqti shuncha kichik bo‘ladi. Erish (ishlay 
boshlash) vaqtining tokka bog‘liqligi saqlagichning vaqt-tok tavsifi deb yuritiladi. 
Saqlagich ishlay boshlashidagi tok—
chegara tok

I
cheg
deb yuritiladi. Tekshirishlarda saqlagich 
qo‘ymasining erish vaqti 1 soatdan oshgandagi tok—chegara tok deb qabul qilinadi. Eruvchan qo‘ymaning 
nominal toki shunday tanlanadiki, bunda normal rejimda va qisqa ruxsat etiladigan o‘tayuklanishlarda uzish 
sodir bo‘lmay, balki uzoq o‘tayuklanishlarda va q.t. da zanjir mumkin qadar tez uzilishi lozim.
Saqlagichlar ishining selektivligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Dvigatelda shikastlanish 
bo‘lganda q.t. toki uchta saqlagich orqali ketma-ket o‘tadi, lekin hammadan oldin shikastlangan joyga yaqin 
bo‘lgan saqlagich qo‘ymasi erib ketishi kerak. Uzish vaqti avtomatning muhofaza tavsifiga o‘xshash, 
saqlagich tavsifi bo‘yicha aniqlanadi. Tavsif eruvchan quymaning materiali, uning kesimi, sovish sharoitlari 
va boshqa omillarga bog‘liq. 
Eruvchan quyma
-
saqlagichning asosiy elementi bo‘lib, mis, rux, qo‘rg‘oshin va kumushdan 
tayyorlanishi mumkin. Rux va qo‘rg‘oshinning erish harorati kichik (tegishlicha 419 va 327°C). Rux 
korroziyaga chidamli, shuning uchun eruvchan qo‘ymaning kesimi ishlatish vaqtida o‘zgarmaydi, tavsifi 
doimiy qoladi. Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli qo‘yma eriganda buzilmaydi, suyuq metall plyonka 


199 
ichida saqlanadi. Bu esa 
I
cheg
ning keng chegaralarda o‘zgarishiga olib keladi. Rux va qo‘rg‘oshinning 
solishtirma qarshiligi katta, shuning uchun ulardan tayyorlangan eruvchan qo‘ymalar katta kesimga ega. 
Bunday qo‘ymalarni saqlagichlarda to‘ldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux va qo‘rg‘oshindan qilingan 
qo‘ymali saqlagichlar o‘ta yuklanishda katta tutib turish vaqtiga ega. 
Mis va kumush kichik solishtirma qarshilikka ega bo‘lib, qo‘ymaning kesimi katta emas, bu ularning 
tez ishlab ketishini ta’minlaydi. Bunday qo‘ymalar eriydigan metallning hajmini kamaytirish muhim bo‘lgan 
to‘ldirgichli saqlagichlarda qo‘llaniladi. Ishlatish jarayonida oksidlanishni kamaytirish uchun, odatda, ustiga 
qalay suvi yuritilgan mis qo‘ymalar qo‘llaniladi. Kumush qo‘ymalar oksidlanmaydi va ularning tavsiflari 
turg‘un, lekin qimmat bo‘lganligi uchun, bunday qo‘ymalar faqat ayrim muhim hollardagina qo‘llaniladi. 
Misning erish harorati 1080°C bo‘lgani uchun chegara toklarida saqlagichning hamma elementlarining 
harorati ancha katta bo‘ladi. Yuqori haroratlar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan saqlagichning tez ishlab 
ketishini ta’minlash uchun metallurgiya samarasi deb ataladigan usuldan foydalaniladi. Bu oson eriydigan 
suyuq metallda qiyin eriydigan metallni eritish hodisasidir. Agar, masalan, diametri 0,25 mm li mis simga 
erish harorati 182°C bo‘lgan qalay-qo‘rg‘oshin qotishmadan tayyorlangan sharchalar kavsharlansa, bu 
holda sim harorati 650°C ga etganda u 4 daqiqa ichida eriydi, 350°C da esa 40 daqiqa ichida eriydi. Xuddi 
shu sim erituvchisiz 1000°C dan past bo‘lmagan haroratda eriydi. Odatda, mis va kumush qo‘ymalarida 
metallurgiya effektni(samarasini) hosil qilish uchun ancha turg‘un xossalarga ega bo‘lgan toza qalay 
qo‘llaniladi. Normal ish rejimida qalayli sharcha saqlagich ishiga ta’sir etmaydi. 
Qo‘yma erigandan so‘ng elektr yoy hosil bo‘lib, uni mumkin qadar tez o‘chirish lozim. Saqlagichlarda 
yoyni so‘ndirish uchun tor tirqish, gazlarning yuqori bosimi, puflash samarasidan foydalaniladi. Hech 
qanday shikastlanish yoki deformatsiya sodir bo‘lmasdan saqlagich uzishi mumkin bo‘lgan eng katta tok 
uzishning chegara, toki deb yuritiladi. 
Elektr qurilmalarda eng keng tarqalgan saqlagichlarning konstruktsiyalarini ko‘rib chiqamiz(14.14-
rasm.).


200 
14.14-rasm. Elektr qurilmalarda eng keng qo’llaniladigan saqlagichlar 
E-27 rezbali saqlagichlarni 6,3; 10; 16; 20 va 25 A tok kuchlariga hisoblangan eruvchan saqlagichli 
380 V gacha kuchlanishga mo’ljallab tayyorlanadi. 
• rezbali saqlagichlardan asosan yoritish tarmoqlarida o’ta yuklanish va qisqa tutashuv 
toklaridan himoya qilish maqsadlarida foydalaniladi. (a) (b) 
• PNP (to’ldiriluvchi ochilmaydigan) saqlagichlar 500 V gacha kuchlanish va 6,3 dan 63 A 
gacha toklarga mo’ljallab tayyorlanadi. (v) 
• PN-2 (to’ldiriluvchi ochiluvchi) saqlagichlar 500 V gacha kuchlanish va 6,3 dan 63 A gacha 
toklarga mo’ljallab tayyorlanadi. (g) 
Eruvchan saqlagichlar zanjirning qismlarini o’ta yuklanish va qisqa tutashuv toklaridan 
himoya qilib, bir martali va eruvchan qismi alishtiriladiganlarga ajratiladi. 1 kV gacha kuchlanishga
mo’ljallangan saqlagichlar ham bor. 
Nazorat savollari 
1. Boshqaruv apparatlari asosan qanday elementlarni o’z tarkibiga oladi? 

Download 7,5 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish