• Qisqa muddatli ish rejimida
  • Nochiziqli kamayib boruvchi mexanik tavsif




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

    Nochiziqli kamayib boruvchi mexanik tavsif. Bunday tavsifga ba’zi bir tokarlik, frezerlik 
    va metall kesuvchi dastgohlar kiradi. Bunda tezlik kamayishi bilan qarshilik giperbola bo‘yicha ortib 
    boradi.
    X = -1
    bo‘lsa, qarshilik momentining qiymati chastotaga teskari proportsional ravishda 
    o‘zgaradi. Bunday mexanik tavsifga ko‘pchilik transport mexanizmlari, metall qirquvchi stanoklar 
    ega bo‘ladi (15.6-rasm, 4-chiziq).
    15.6-rasm. Elektr yuritmalarning mexanik tavsiflari. 


    215 
    15.4 Elektr yuritmalarning ish rejimlari. 
    15.4.1 Uzoq, qisqa va qaytalanuvchi – qisqa ish rejimlari; 
    Uzoq muddatli ish rejimida dvigatelning yuklanish bilan ishlash davri uzoq vaqt davom etadi, shuning 
    uchun uning barcha qismlari haroratning barqaror qiymatigacha qiziydi. Bunda dvigatelning yuklamasi 
    ishlash vaqti davomida o‘zgarmasligi (15.7 – rasm, a) yoki o‘zgarib turishi mumkin (15.7 – rasm, b).
    15.7 – rasm. Elektr yuritmaning uzoq muddatli ish rejimi. 
    Qisqa muddatli ish rejimida elektr yuritmaning nominal yuklamada ishlash davrlari dvigatelni 
    vaqtincha elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish vaqti bilan almashinib turadi. Ana shu vaqt davomida dvigatel 
    atrof-muhit haroratigacha sovushga ulguradi (15.8 rasm).
    15.8 – rasm. Elektr yuritmaning qisqa muddatli ish rejimi. 
    Bu rejimda juda kam miqdordagi mexanizmlar(to‘g‘on zatvorlari, ajraluvchi ko‘priklar, quvurlar 
    zadvijkasi va boshqalar) ishlaydi. Shuning uchun mazkur rejimda ishlayudigan dvigatellar maxsus 
    qurilmalar uchungina ishlab chiqariladi [1,3]. 
    Takrorlanadigan qisqa muddatli ish rejimida elektr yuritmaning nominal yuklamada qisqa muddatli 
    ishlash davrlari (t
    i
    ) dvigatelni tarmoqdan uzib qo‘yishi(pauza) davrlari (t
    0
    ) bilan yoki dvigateldan 
    yuklamani olib qo‘yish bilan almashtirib turiladi (15.9 – rasm).


    216 
    15.9 – rasm. Elektr yuritmaning takrorlanadigan qisqa muddatli ish rejimi. 
    Bu rejimda yuklama ulangan davrda dvigatel qismlarining qizish harorati barqaror qiymatgacha 
    ko‘tarila olmaydi, pauza vaqtida esa atrof-muhit haroratigacha sovushga ulgurmaydi. Takrorlanadigan 
    qisqa muddatli ish rejimi ulashning nisbiy davomiyligi (UD) deyiladigan kattalik bilan tavsiflanadi: 
    %
    100
    %
    100
    0
    s
    i
    i
    i
    t
    t
    t
    t
    t
    UD
    (15.6) 
    bunda t
    s
    – butun sikl vaqti. 
    Sanoat korxonalarida UD 15, 25, 40 va 60 % bo‘lgan turli quvvatdagi dvigatellar ishlab chiqariladi. 
    Bularga siklning davomiyligi 10 daqiqadan oshmaydi. Uzoq davom etadigan rejimlarda UD – 100 % bo‘ladi 
    va bunday dvigatellarning ishlashi uzoq muddatli ish rejimiga taalluqli bo‘ladi. 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nochiziqli kamayib boruvchi mexanik tavsif

    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish