208
g)
dasturli boshqariladigan, bunda motor tezligi raqamli qurilma orqali dastur bo‘yicha
boshqariladi;
d) adaptiv (o‘zi moslanuvchan), bunda motor tezligi muhitning o‘zgarishiga qarab avtomatik
rostlanadi;
e) pozitsion (vaziyatni rostlovchi), bunda motor tezligi ishchi organining
vaziyatini rostlashini
ta’minlaydi.
Uzatish mexanizmining turiga ko‘ra - Uzatish mexanizmining turiga ko‘ra reduktorli va
reduktorsiz elektr yuritmalarga bo‘linadi.
Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha turlari. Elektr yuritmalar
avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha quyidagi gruhlarga bo‘linadi:
1.
Avtomatlashtirilmagan elektr yuritmalar - bunda elektr yuritma to‘la qo‘lda (dastakli)
boshqariladi. Hozirgi paytda bunday elektr yuritmalar kam uchraydi. Asosan kichik quvvatli sanoat yoki
maishiy qurilmalar yuritmalari bunga misol bo‘la oladi.
2.
Yarimavtomatlashtirilgan elektr yuritmalar - bunday elektr yuritmalarni
chiqish parametrlari
rostlanadigan bo‘lib boshqaruv operatsiyalarini bir qismini elektr yuritma, bir qismini esa inson tomonidan
hosil qilinadi. Bu elektr yuritmalarda asosan avtomatik yurgizish, avtomatik
tormozlash va tezlikni
rostlash amalga oshiriladi.
3.
Avtomatlashgan elektr yuritmalar - bu elektr yuritmalarda boshqaruv signali inson ishtirokisiz
hosil qilinadi va boshqariladi. Bunday elektr yuritmalar sanoat robotlari va manipulyatorlarda qo‘llaniladi
Avtomatlashgan elektr yuritmalar deb ishchi mashinalarning ijrochi organlarini harakatga keltirish
maqsadida elektr
dvigatel, o’zgartgich, uzatuvchi va boshqaruvchi qurilmalardan iborat elektromexanik
tizimga aytiladi (15.5-rasm.).
209
15.5-rasm. Avtomatlashgan elektr yuritmaning funktsional sxemasi.