204
Individual elektr yuritmada elektr motori va ish mexanizmi konstruktiv jihatdan yaxlit va ishlash
uchun qulay bo‘lgan tashqi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Individual elektr yuritmalar o‘z
navbatida oddiy va
maxsus individual yuritmalarga bo‘linadi.
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida ba’zi bir uzatma elementlari (tishli g‘ildirak, mufta,
krivoship, shatun va shu kabilar) saqlanib qolgan yuritma oddiy individual elektr yuritma deb ataladi.
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida uzatish mexanizmi bo‘lmagan va motorning ba’zi bir
qismlari ish mexanizmining uzviy organi sifatida qo‘llaniladigan yuritma maxsus individual elektr
yuritma deb ataladi.
Shu sababli maxsus individual elektr yuritmali
ish mashinalari shovqinsiz, engil, sodda
konstruktsiyali,
ishlashga qulay, yuqori foydali ish koeffitsienti va avtomatlashtirish uchun katta
imkonlarga ega bo‘ladi.
Bunday elektr yuritmalarda elektr motorning ahamiyati ish mashinasining nomida ham o‘z
ifodasini topadi, ya’ni ularga "elektr" so‘zi qo‘shib yoziladi, masalan, elektr pardozlagich, elektr shpindel,
elektr urchuq va hokazo[1,3].
Ko‘p motorli elektr yuritmalar.
Murakkab ish mashinasining ayrim ish organlariga
mexanik energiyani bir markazdan taqsimlash har tomonlama noqulaylik tug‘dirib,
undagi quvvat
isrofining katta bo‘lishiga olib keladi.
Murakkab stanoklar yoki mashinalarning har bir ish organi alohida elektr motori bilan harakatga
keltirilsa, ularni avtomatlashtirish va ishga tushirish ancha engillashadi va qulaylashadi, uzatmaning
konstruktsiyasi esa soddalashadi. Irrigatsiya va melioratsiya ishlarida qo’llaniladigan EKG-5
ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli chastotali-rostlanuvchi elektr yuritmasi bunga misol
bo’la oladi(15.2-rasm.).
15.2-rasm. EKG-5 ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli chastotali-rostlanuvchi elektr
yuritmasi.
205
Ushbu yuritma EKG-5 ekskovatorining ko’tarish(1), bosim(2), platformani aylantirish(3), zanjirli
gildirak(4) va kovsh(cho’mich)ning tagini ochish(5) yuritmalariga mo’ljallangan 5 ta o’zgarmas tok
dvigatellarini qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarga alishtirishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida EKG-
5 ekskovatorining elektr yuritmasi FIK ni 90% gacha, quvvat koeffitsientini esa 95%
gacha orttirish
imkonini yaratadi.
Elektr motorlari ish organidan alohida o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday mashina yoki mexanizm
yuritmalari oddiy ko‘p motorli elektr yuritmalar deb ataladi. Elektr motorlari murakkab mashinaning
ish organlariga bevosita o‘rnatilsa, bunday yuritmani individual ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi.
Bunday elektr yuritma maxsus stanoklarda, agregat va nusxa olish stanoklarida keng qo‘llaniladi.
Elektr motorlari sistemasiga ega bo‘lgan bir necha ish mashinalarining
kompleks ishlab chiqarishda
o‘zaro mos ishlashini ta’minlaydigan yuritmani agregatlangan ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi.
Bunday elektr yuritmalar to‘qimachilik, qog‘oz
ishlab chiqarish,
bosmaxona mashinalari va
stanoklarning avtomat liniyalarida keng qo‘llaniladi.
Boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan va berilgan
chastota, tok yoki momentni o‘zgartirmay saqlab turadigan yuritmani avtomatlashtirilgan elektr yuritma
deb ataladi.
Texnologik talablarga binoan chastotasi keng miqyosda o‘zgartiriladigan yuritma rostlanuvchi
elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanuvchi elektr yuritmada yuqoridagi uch asosiy
qismlardan tashqari o‘zgartgich deb ataladigan qism ham bo‘lishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritma bilan texnologik jarayonni takomillashtirish, uning talablarini
to‘la
qondirish, ish unumini ko‘tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning
tannarxini pasaytirish
imkonlari yaratiladi.
Funktsional sxemalarda funktsional birlik sifatida alohida qurilma olinadi va ularni ishlash tamoyili
bilan bog‘lab beriladi. Prinsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr
bog‘lanishlar bir chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutatsion
apparatlar rele va h.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi.