Elektrotehnika va elektronika




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

rekombinatsiya
deb ataladi. Agar kavak qo‘shni bog’lanishdagi elektronning siljishi hisobiga 
to‘lsa, ko’chish o‘rnida yangi kavak vujudga keladi. 
Umuman olganda bog‘lanishdagi elektronning bog‘lanish defekti o‘rniga o‘tishi uzoq vaqt ichida yuz 
beradi va tartibsiz xaotik harakatda bo‘ladi. 
16.3-rasm. Yarim o’tkazgichli diodlar. 
Agar yarim o‘tkazgich kristalli elektr maydoniga joylashtirilsa, bog‘lanishni uzib chiqgan elektronlar 
manbaning musbat qutbi tomon ko‘cha boshlaydi va elektron tokini hosil qiladi. Bu holda bog‘lanish 
defektlarining ko‘chishi ham yo‘nalganlik xarakteriga ega bo‘ladi, ya‘ni kavaklar manbaning manfiy qutbi 
tomon harakatlanadi va kavak toki vujudga keladi.
Shuni yodda tutish kerakki kavak toki elektronlar hisobiga, ya’ni bog‘langan elektronlarning bir 
o‘rnidan ikkinchi o‘rniga o’tishi hisobiga vujudga keladi. Shuning uchun kavaklarning ko‘chishi uzlukli 
bo‘ladi. Lekin qulaylik uchun kavaklar elektronlar kabi erkin tok tashuvchi deb olinib, harakati uzluksiz deb 
qaraladi. 
Kavak toki ion tokidan tubdan farq qiladi. Chunki ion toki hosil bo‘lishida elektrolitda joylashgan atom 
yoki molekula bir joydan ikkinchi joyga ko‘chadi va ma’lum miqdordagi moddani olib o‘tadi. Kavak toki hosil 
bo’lishida esa, atomlar ko‘chmay, o‘z o‘rnida qoladi. Ularda navbat bilan ionlashish vujudga keladi. 


227 
Shunday qilib, kimyoviy sof yarim o’tkazgich kristallida elektron kavak juftining hosil bo‘lishi asosida 
ikki xil o‘tkazuvchanlik – elektron va kavak o‘tkazuvchanligi mavjud bo‘lib, ularning miqdori – bir biriga 
tengdir. 
Yarim o‘tkazgichning elektron o‘tkazuvchanligi 
n-
tur o

tkazuvchanlik
(negative – manfiy so‘zdan 
olingan), 
p-
tur o

tkazuvchanlik
(positive-musbat so’zidan olingan) deb ataladi. Ular birgalikda yarim 
o‘tkazgichning 

Download 7,5 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish