228
Shuni aytib o‘tish kerakki, yarim o‘tkazgich asboblarda asosiy bo‘lmagan tok tashuvchilar
o‘tkazuvchanligi katta ahamiyatga ega. Ularning hosil bo‘lishi va tugatilishi rekombinatsiya markazlari deb
atalgan joylarda sodir bo‘ladi. Bunday markazlar vazifasini donor yoki aktseptor elementlarning tugunlari-
atomlari bajaradi. Shuning uchun begona elementlarning miqdori ortishi bilan rekombinatsiya markazlari
ham ko‘payadi va asosiy tok tashuvchilarning yashash vaqti qisqaradi. Bu hol begona elementning miqdori
va turini tanlashda albatta hisobga olinishi kerak.
Shunday qilib, biz yuqorida tanishgan o‘tkazuvchanlik turlarini hosil qilish usuli va uni tushuntirish
juda yuzaki va taqribiydir. Ular asosan zonalar nazariyasi bilan tekshiriladi va miqdor o‘lchovlari kiritiladi.