Elektrotehnika va elektronika




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

16.5 Yarim otkazgichli triod. bipolyar tranzistorlar. 
Ikki elektrodlielektron va yarim o‘tkazgichli asboblar boshqarilmaydigan asboblardandir. Ulardan 
o‘tayotgan to‘g’ri tok berilgan kuchlanishga va asbob bilan ketma-ket ulangan qarshilikni qiymatiga bog‘liq.
Lekin elektrovakuum va yarim o‘tkazgichli asboblarga konstruktiv o‘zgartirishlar kiritib, ularning tokini 
berilgan kuchlanishga va yuklama qarshiligiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun 
qo‘shimcha uchinchi elektrod kiritiladi. Anod va katod oralig‘iga boshqaruvchi to‘r deb ataluvchi 
qo‘shimcha elektrod joylashgan elektrovakuum lampa triod deyiladi. 
To‘r elektronlar oqimi chiqaruvchi silindrsimon katodni ma’lum masofada qurshab olgan spiral 
shaklida yasaladi va uning diametri to‘r spiralining diametridan ancha katta bo‘ladi. 
Katodga yaqin joylashgan to‘r uning atrofida musbat yoki manfiy elektr maydoni hosil qiladi va 
katoddan chiqayotgan elektronlar oqimini yo kuchaytiradi yo kuchsizlantiradi. Anodga etib borgan 
elektronlar anod tokining miqdorini aniqlaydi. Shuning uchun to‘r potentsiali U
t
asosiy anod kuchlanishi U
A
bilan birga anod tokining qiymatini boshqaruvchi qo‘shimcha kuchdir. Agar to‘r kuchlanishi U
T
>0 bo‘lsa, 
katod atrofidagi elektr maydonning kuchlanganligi ortib, katoddan uchub chiquvchi elektronlar oqimi 
ko‘payadi. Anod kuchlanishi U
a
ortmagan holda anod toki qiymati ma’lum miqdorgacha ortadi. Agar to‘rga 
manfiy kuchlanish berilsa elektronlar oqimi sezilarli darajada kamayadi, bunda anod toki ham ma’lum 
miqdorgacha kamayadi. To‘r kuchlanishi ma’lum qiymatga erishganida, anod kuchlanishining har qanday 
qiymatida anod toki nolga teng bo‘lib qoladi. Bunda to‘rning elektr maydoni elektronlarning oqimi anodga 
yetmay, katodga qaytadi. 
Anod toki uzluksiz va katta tezlikda boshqarilishi mumkin. Lampadagi elektronlar harakatining 
inertsiyasi bo‘lmaydi. Shu sababli triodlar aloqa texnikasida, radiotexnikada va televideniyada quvvatli, 
yuqori chastotali signallarni kuchaytirish uchun keng qo‘llaniladi. 
Hozirgi vaqtda vakuum elektronikasining o‘rnini unversalroq va kichik hajmliroq bo‘lgan yarim 
o‘tkazgich texnikasi egallamoqda. 


236 
Yarim o‘tkazgichli triod elektron asboblarning bir turi bo‘lib, 

Download 7,5 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish