• V bob. 17-mavzu. ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR.
  • Elektrotehnika va elektronika




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    239 
    V bob. 17-mavzu.
    ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR. 
    Reja:
    17.1. Kuchaytirigich va uning ta’rifi. 
    17.2. Umumiy emitterli (UE) kuchaytirish kaskadining sxemasi. 
    17.3. Differentsial kuchaytirgichlar. 
    17.4. Chastota ajratuvchi kuchaytirgichlar.
    17.5. Kuchlanish kuchaytirgich sxemasi. 
     
    17.1. Kuchaytirigich va uning ta’rifi. 
    Avtomatik boshqarish tizimlari, radiotexnika, radiolokatsiya va boshqa tizimlarda kichik quvvatli 
    signallarni kuchaytirish uchun kuchaytirgichlardan foydalaniladi. 
    Kichik quvvatli o‘zgaruvchan 
    signalning parametrlarini buzmasdan doimiy kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib 
    beruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi. 
    Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi element, rezistor, kondensator, chiqish zanjiridagi doimiy 
    kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat. Bitta kuchaytiruvchi elementi bo‘lgan zanjir 
    kaskad
     
    deb 
    ataladi.
    Kuchaytiruvchi element sifatida qanday element ishlatishiga qarab kuchaytirgichlar elektron, 
    magnitli va boshqa xillarga bo‘linadi. Ish rejimiga ko‘ra ular 
    chiziqli
    va 
    nochiziqli
    kuchaytirgichlarga 
    bo‘linadi.
    Chiziqli ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlar kirish signalining uning shaklini o‘zgartirmasdan 
    kuchaytirib beradi. Chiziqli bo‘lmagan ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlarda esa kirish signali ma’lum 
    qiymatga erishganidan so‘ng chiqishdagi signal o‘zgarmaydi. 
    Chiziqli rejimda ishlaydigan kuchaytirgichlarning asosiy tavsifnomasi amplituda chastota 
    tavsifnomasi (AChT) dir. Ushbu tavsifnoma kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientining moduli 
    chastotaga qanday bog‘liqligini ko‘rsatadi.
    AChT siga ko‘ra chiziqli kuchaytirgichlar quyidagilarga bo‘linadi: 
    tovush chastota kuchaytirgichi (TChK),
    quyi chastota kuchaytirgichi (QCHK),
    yuqori chastotalar kuchaytirgichi (YuChK),
    sekin o‘zgaruvchan signal kuchaytirgichi yoki o‘zgarmas tok kuchaytirgichi (O‘TK). 


    240 
    Hozirda ko’plab texnologiyalar zamonaviy elektron kuchaytirgichlarni qo’llab ishlab 
    chiqarilmoqda(17.1-rasm.).
    17.1 – rasm. Zamonaviy elektron kuchaytirgichlar. 
    Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlar kuchaytiruvchi element sifatida 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish