tranzistor  deb ataladi. Tuzilishi va  ishlash usuliga qarab tranzistorlar  bipolyar




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

tranzistor 
deb ataladi. Tuzilishi va 
ishlash usuliga qarab tranzistorlar 
bipolyar
va 
unipolyar
bo‘ladi. 
Bipolyar tranzistorning ishlashi p-n o‘tish hodisasiga, unipolyar tranzistorining ishlashi esa, bir 
turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichning o‘tkazuvchanligini elektr maydoni yordamida 
boshqarishga asoslangan. 
Bipolyar tranzistor yarim o‘tkazgich monokristallida ikkita p-n o‘tish sohasini hosil qilish asosida 
yasaladi. Uni o‘tkazuvchanligi almashib keladigan 3 ta sohaga ajratish mumkin. Agar monokristallning 
elektron o‘tkazuvchanlik hajmi ikki yonidan kavak o‘tkazuvchanlik hajmi bilan chegaralangan bo‘lsa, hosil 
bo‘lgan yassi tranzistor p-n-p turdagi tranzistor deyiladi. Aksincha, kavak o‘tkazuvchanlik qismi ikkita 
elektron o‘tkazuvchanlik soha orasida bo‘lsa, n-p-n turdagit tranzistor hosil bo‘ladi. Kontakt sohasi kichik 
bo‘lsa nuqtaviy tranzistorlar hosil bo‘ladi(16.8-rasm.).
16.8-rasm. p-n-p va n-p-n turdagi tranzistorlar. 
Triodning o‘rta kontaktiga nisbatan chap yondagi kontaktiga kichik (voltning bo‘laklariga teng) 
musbat, o‘ng yondagi kontaktiga esa, katta (bir necha o‘n voltgacha) manfiy kuchlanish berilgan deb 
hisoblaylik. Soddalashtirish uchun elektr maydon faqat p-n o‘tishlar sohasidagina mavjud deb olamiz. 
Bunday ulashda chap tomondagi p-n o‘tishning potentsial to‘sig‘i kichrayib, o‘ng tomondagi p-n o‘tishniki 
ortadi.
Shuning uchun kavaklar faqat chap tomondagi p-n o‘tishdan o‘ta boshlaydi. Chap tomondagi p - 
sohadan o‘rtadagi n - sohaga o‘tgan kavaklarning bir qismi bu sohadagi elektronlar bilan rekombinatsiya 
lashadi. Qolgan qismi esa, o‘ng tomondagi p-n o‘tishga etib keladi. p-n o‘tish maydoni ularga tezlantiruvchi 
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun kavaklar katta tezlik bilan harakat qiladilar. Bunda hosil bo‘lgan tok foydali 
tok bo‘lib, uning kattaligi chap yonidagi p-sohadan n-sohaga o‘tadigan kavaklarning miqdoriga va ularning 
n-sohadagi yashash vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Agar kavaklarning n-sohani bosib o‘tish vaqti ularning yashash 
vaqtidan kichik bo‘lsa, o‘ng yonidagi p-n o‘tishga etib keladigan kavaklar soni etarlicha ko‘p bo‘ladi. Chunki 


237 
juda oz qismi n-sohadagi elektronlar bilan rekombinatsiya lashib ulguradi. (Kavaklarning uchib o‘tish 
vaqtini qisqartirish uchun n- ning qalinligi etarlicha yupqa qilib yasaladi). Shunga ko‘ra foydali tokning 
kattaligi, asosan, chap yondagi p-n o‘tishda hosil bo‘ladigan kavak tokining kattaligi bilan belgilanadi. 
Ta’kidlash kerakki, tranzistorning p-n o‘tishlarida kavak toki bilan bir qatorda elektron toklari ham 
mavjud bo‘ladi. Chap yondagi p-n o‘tishning elektron toki chap va o‘rta sohalar orqali o‘tib, o‘z yo‘lini 
yopadi. U o‘ng yondagi p-n o‘tish orqali o‘tmagani uchun hech qanday foyda keltirmaydi. O‘ng yondagi 
kuchlanish teskari ulangan (yopiq) p-n o‘tishning elektron toki esa, katta ta’sirga ega. Uni tranzistorning 
teskari toki deb ataladi. 
To‘g‘ri o‘tish asosida ishlovchi chap tomondagi p-n o‘tish 

Download 7,5 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



tranzistor  deb ataladi. Tuzilishi va  ishlash usuliga qarab tranzistorlar  bipolyar

Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish