Elektrotehnika va elektronika




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

16.3 Yarim otkazgichlar togrisida asosiy tushunchalar. 
Elektr o‘tkazuvchanligi 
10
5
-10
-10
Om
-1
·sm
-1
bo’lgan barcha materiallar yarim o‘tkazgichlar guruhiga 
kiradi. 
Yarim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanlik xususiyati metallarnikidan quyidagi sifatlari bilan farq 
qiladi: 
Oz miqdordagi aralashmaning o‘tkazuvchanlikka kuchli ta‘sir etishi; 
O‘tkazuvchanlik xarakteri va darajasining haroratga bog‘liqligi; 
O‘tkazuvchanlikning tashqi kuchlanishga kuchli bog‘liqligi. 
Yarim o‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi qiymat jihatdan metallar bilan dielektrik elektr 
o’tkazuvchanligining oralig’iga to‘g‘ri keladigan moddalar ekan. 
Yarim o‘tkazgich materiallarga kimyoviy elementlarga germaniy, kremniy, kimyoviy birikmalar – 
metall oksidlari, (
oksidlar
), oltingugurt birikmalari (
sulfidlar
), selen birikmalari (
selenidlar
) va boshqalar 
misol bo‘ladi.
Sof yarim o‘tkazgich material – germaniy (yoki kremniy) ning ayrim xususiyatlari bilan tanishamiz. 
Germaniy sirtqi elektron qobig’ida 4 ta valent eleketron bor. Bu elektronlar qo’shni atomlarning har biri 
bir-biriga 
kovalent
bog

lanish
deb ataladigan juft elektronli bog‘lanish tufayli o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
bog‘lanishni hosil bo‘lishida har bir atomdan bittadan valentlik elektroni qatnashadi. Bu elektronlar 
atomdan ajralib chiqib, kristallda mushtarak bo‘lib qoladi va o‘z harakatida ko‘proq vaqt qo‘shni atomlar 
orasidagi fazoda harakatlanadi. Ularning manfiy zaryadi germaniyning musbat ionlarini bir-biri yaqinida 
tutib turadi. 
Germaniyning juft elektronli bog‘lanishlari mustahkam bo‘lib, past haroratlarda uzilmaydi. Shuning 
uchun past haroratda germaniy elektr tokini o‘tkazmaydi. 
Faraz qilaylik, kimyoviy sof germaniy kristalli yetarli energiyaga ega bo‘lgan zarralar bilan 
bombardimon qilinayotgan bo‘lsin. Bu holda bog‘lanish energiyasidan katta energiya olgan elektronlar 
bog‘lanishni uzib, erkin elektronga aylanadi va o‘z o‘rnidan uzoqlashadi. Bunda atomning elektr jihatdan 
neytralligi buziladi va zaryadi elektronning zaryadiga teng bo‘lgan musbat zaryad ortiq bo‘lib qoladi. 
Bog‘lanishdan chiqqan elektron bir vaqtda ikki atomga tegishli bo’ladi. Shuning uchun bir vaqtda ikki 


226 
atomning qisman ionlanishi vujudga keladi. Bunda hosil bo’ladigan musbat zaryad bog‘lanishda elektron 
etishmasligini – bog‘lanish etishmovchiligi (defekti)ni ko‘rsatadi. Uni 
kavak 
deb ataladi (16.3-rasm). 
Kavak-vakant (bo’sh) o‘rin bog‘lanishdagi qo‘shni elektron yoki ozod bo‘lgan erkin elektron bilan 
toldirilishi mumkin. Agar u erkin elektron hisobiga to‘ldirilsa, atomning elektr neytralligi tiklanadi. Bu 
jarayon 

Download 7,5 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish